Bolaning ichi yashil kelsa, nima qilish kerakNajasning eng tashvishli o’zgarishlaridan biri bu — uning odatdagidan boshqacha ko’rinishda bo’lishi sanaladi. Chaqaloq yoki bolaning ichi yashil kelsa, bu ko’pchilik yosh onalarni tashvishga solib qo’yadi. Yashil najas axlat o’zgarishlarining eng keng tarqalgan ko’rinishidir. Bu holat bolalar o’rtasida juda keng tarqalgan va najas rangining normal o’zgarishidir.Najas odatda jigarrangdir, lekin har kuni uning rangi o’zgarishi mumkin. Bu odatda tashvishga sabab bo’lmaydi. Bolalardagi yashil axlatning sabablari ularning yoshiga qarab har xil bo’lishi mumkin.Yashil najas ba’zida biror kasallik borligini ko’rsatishi mumkin bo’lsa-da, bu holat jiddiy, tashvishlanarli sabab bo’la olmaydi. Keling yaxshisi, ushbu maqolada agar bolaning ichi yashil kelsa bu nimani anglatishini, yashil najasga nima sabab bo’lishini va agar bolangizning axlati yashil ekanligini sezsangiz nima qilish kerakligini muhokama qilaylik.Yashil najas nima?Yashil najas ko’pincha, farzandingiz iste’mol qilgan narsa, u qabul qilgan vitamin yoki doriga bog’liq bo’lib, u bolada diareya, qorin og’rig’i kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.Yashil najas, ayniqsa, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda keng tarqalgan bo’lsa-da, ba’zan yosh bolalarda yoki yoshi katta bolalarda ham paydo bo’lishi mumkin.AlomatlarYashil najas o’z-o’zidan paydo bo’lishi yoki oshqozon buzilishi bilan kechadigan ba’zi alomatlar bilan birgalikda yuzaga kelishi mumkin: Odatda, shakllangan najas vaqti-vaqti bilan yashil tusni olishi mumkin; bu najasning normal rang o’zgarishiBa’zida ko’rinishidan qora bo’lib ko’ringan najas aslida to’q yashil ko’rinishda bo’lishi mumkinYashil najas diareya paytida suyuq ko’rinishdagi najas shaklida bo’lishi mumkin.Bolaning ichi yashil kelishi sabablari?Chaqaloqlar va yosh bolalarda axlatning yashil rangda bo’lishiga ko’plab omillar sabab bo’ladi va bu kamdan-kam hollarda jiddiy tibbiy muammolar borligini ko’rsatadi.Barcha yoshdagi bolalarda bir vaqtning o’zida yashil najas bo’lishi mumkin, ammo buning sabablari va chastotasi bolaning yoshiga qarab turlicha bo’ladi.Chaqaloqlarda yashil najasGo’dak yoshdagi bolalarda va ayniqsa, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda najasning yashil rangda bo’lishi ko’plab kuzatiladi. Buning sabablari quyidagilar:Yangi tug’ilgan chaqaloqning birinchi axlati mekoniy qora-qatron ko’rinishda bo’ladi, lekin bu ba’zan yashil rangga ega bo’lishi ham mumkin.Haddan tashqari ko’p safro ajralishi ham axlat yashil tusda bo’lishiga olib kelishi mumkin.Ko’krak suti bilan oziqlanadigan bolaning axlati mekoniydan keyin birdaniga yashil tusga ega bo’lishi mumkin.Yashil najas onaning ratsionidagi oziq-ovqatga nisbatan kelishmovchilikni ko’rsatishi mumkin, bunday holatda chaqaloqda birmuncha noqulayliklar, ich dam bo’lishi kabi holatlar kelib chiqqanligini ko’ramiz.Virusli yoki bakterial infeksiyalar axlatning suyuq, yashil rangga kelib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.Farzandingiz ratsioniga qattiq mahsulotlarni, ayniqsa, yashil sabzavotlarni kiritganingizda ham uning axlati yashil rangga aylanishi mumkin.Yangi tug’ilgan chaqaloqda birinchi besh kundan keyin ham quyuq yashil najas ajralishi davom etsa, bola ona tomonidan to’g’ri ovqatlantirilayotganligi va yetarlicha vazn yig’ayotganligini tekshirish zarur. Agar yosh ona to’g’ri emizish qoidalariga rioya qilmasa yoki bu borada bilim va ko’nikmalari kam bo’lsa, bola parvarishlash, jumladan to’g’ri emizish bo’yicha mutaxassislar yordamini olishi lozim.Kichkintoylarda yashil najas sababiYashil rangga ega, bo’sh va suvli axlatni keltirib chiqaradigan kasallik diareya. Parazitlar ham diareyaga olib kelishi mumkin. Bolalar qo’llarini yuvishga odatlanmaganligi va to’g’ri bajara olmaganligi sababli, bolalar parazitlarga ko’proq moyil bo’lishadi.Agar farzandingiz qo’shimcha ovqat iste’mol qilsa, bu ham uning axlatini yashil rangga aylantirishi mumkin.Vitaminlar, ayniqsa, temir moddasini o’z ichiga olgan dori moddalari bolaning najasi yashil rangda bo’lishiga olib kelishi mumkin.Katta yoshdagi bolalardaYashil mahsulotlarni iste’mol qilish.Turli dori-darmonlarni yoki vitaminlarni qabul qilish.Diareya bo’lishi yoki oshqon buzilishi axlatning yashil tusda bo’lishiga olib kelishi mumkin.AAP ma’lumotlariga ko’ra, yashil najas jiddiy tashvishlanishga sabab bo’la olmaydi. Biroq, najas yashil, ma’lum bir shaklga ega bo’lmay, suyuq bo’lsa va tez-tez ajralsa, bunday holat ko’pincha, bolada diareya bo’layotganligidan dalolat beradi, bunda barcha yoshdagi bolalarga e’tibor va g’amxo’rlik talab qilinadi. Chunki diareya bolalarda suvsizlanish hamda bola axlatida qon bo’lishi singari tashvishli va hayot uchun xavfli bo’lgan holatlarga sabab bo’lishi mumkin.Chaqaloqlarda yashil najas bevosita tashvishlanadigan holat bo’lmasa-da, diareya bilan birga keladigan yashil axlat xavflidir. Ma’lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab diareya 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi sabablari ichida yetakchi kasallik hisoblanadi.Qachon shifokorga ko’rish kerak?Shu bilan bir qatorda, ona yoki bola parvarishlovchi uchun tashvishlanadigan holatga sabab bo’la oladigan najas ko’rinishlari ham mavjud.Agar farzandingizning axlati oq, qizil (ayniqsa, yorqin qizil) yoki qora tusda bo’lsa, darhol pediatringizga murojaat qilishingiz kerak. Axlatning bunday ranglarda bo’lishi jiddiy muammo borligini ko’rsatmasligi mumkin, ammo, bunday holat shifokoringizga murojaat qilishni va uning tekshiruvini talab qiladi.Ogohlantirish belgilari Agar chaqaloq yoki bolada diareya va quyidagi alomatlardan biri bo’lsa, shifokorga murojaat qiling: suvsizlanish belgilari;bir kundan ortiq qusish;isitma 38,0 ºC dan yuqori;ovqatlanishga qiziqishning yo’qligi.
Homiladorlikda gemorroyAlbatta, gemorroy haqida gapirish barchamiz uchun yoqimsizdir, ammo homiladorlikda gemorroy uchrashi ham hayot haqiqatidir.Gemorroy – anal teshigi venalari kasalligi bo’lib, gemorroidal tugunlar kattalashishi, pastga siljishi yoki tashqariga chiqib qolishi bilan kechadi. Insonning to‘g‘ri ichagi mushak va biriktiruvchi to‘qimalardan tashkil topgan. Ichki shilliq qavat bo‘g‘imchalar – yaʼni gemorroidal tugunlar bilan qoplangan.Gemorroidal tugunlar inson qattiq kuchanganida shilliq qavat bilan birga pastga surilishi mumkin. Buning natijasida qon aylanish buzilib, gemorroidal tugunlar o‘lchami kattalashadi va tashqariga chiqib qoladi.Gemorroy homiladorlik davrining uchinchi trimestrda tez rivojlanadi. Homiladorlik davridan tashqari holatlarda ham yuzaga keladi. Gemorroyning ikki turi mavjud: ichki va tashqi. Ichki va tashqi gemorroy bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi.Ichki gemorroy tananing ichki qismida to‘g‘ri ichakda hosil bo‘ladi. Ular to‘g‘ri ichakda yuzaga kelganligi sababli, tashxis qo‘yish qiyin. Baʼzi ichki gemorroylar prolapsali bo‘lishi mumkin, yaʼni ular anal teshikdan tashqariga chiqib turadi.Tashqi gemorroy tana tashqarisida paydo bo‘ladi. Ular anus yaqinida joylashgan va teri bilan qoplangan. Bunda teri o‘ta sezgir va yallig‘lanish ehtimoli yuqori bo’ladi.Tashqi gemorroy shishib qolsa yoki qon ivishi kuzatilsa, ichaklarga zarar yetkazishi mumkin. Agar gemorroyda qon ivishi natijasida massa hosil bo‘lsa, to‘satdan kuchli og‘riqlarga olib kelishi mumkin. Og‘riq dastlabki 48 soat ichida juda kuchayadiGemorroyning qanday belgilari bor? Gemorroy belgilari Sizda mavjud bo‘lgan gemorroy turiga qarab farq qilishi mumkin. qon ketishi (bo‘shanish paytida ichki kiyim, tualet qog‘oz yoki unitazda qon bo’lishi);og’riqli ich kelishi;anus atrofidagi terida qavarish;qichishish;qizib ketish;shishishHomiladorlikda gemorroy yuzaga kelishiga nima sabab bo‘ladi?qon hajmining ortishi;bachadondan anus yaqinidagi venalarga bosim oshishi;gormonal o‘zgarishlar;ich qotishi.Homilador ayollar gemorroyga ko‘p chalinadilar. Tadqiqotlarga ko‘ra 50% homilador ayollarda gemorroy rivojlanadi. Homiladorlik davrida gemorroyning yuzaga kelishi sabablari:Homiladorlikdan keyin gemorroy yo‘qoladimi?Tug‘ruqdan keyin gormonlar darajasi, qon hajmi va qorin bo‘shlig‘i bosimining pasayishi tufayli gemorroy butunlay yo‘qolishi mumkin. Homiladorlik davrida eng ko‘p gemorroy uchinchi trimestrda, tug‘ruq jarayonida paydo bo‘ladi.Davolash usullari qanday?Gemorroyni uy sharoitida oldini olish, davolash mumkin. Biroq, uy sharoitidagi davolashni o‘zi yetarli emas. Davolanmagan gemorroy vaqt o‘tishi bilan yomonlashishi va og‘riqning kuchayishi yoki qon ketishi tufayli anemiya kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.Gemorroyga tashxis qo‘yish uchun shifokorlarga murojaat qilish kerak. Gemorroy anus yaqinida qon ketishining yagona sababi emas, orqa teshikni artganda yoki najasdan qon ketishini sezganingizda tezda shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.Gemorroyni uy sharoitida davolash usullariGemorroydan xolos bo‘lish va oldini olish uchun uyda bajarish mumkin bo‘lgan kundalik harakatlar:Chakanda moyi mavjud bo‘lgan salfetkalar yoki prokladkalardan foydalaning;Defekatsiya paytida yumshoq va yuviladigan salfetkalardan foydalaning;O‘tiradigan vannadan foydalaning va kuniga bir necha marta 10 daqiqa davomida toza iliq suvda vanna qiling;O‘rtacha haroratda epsom tuzi qo’shilgan vanna qabul qiling;Anusga ortiqcha bosim o‘tkazmaslik uchun hojatda uzoq vaqt o‘tirmang, jismoniy mashqlar bajaring;Ich yumshoq kelishi uchun ko‘p suv iching va klechatkaga boy mahsulotlar iste’mol qiling;Mushaklarni mustahkamlash uchun Kegel mashqlari doimiy mashg‘ulotingiz bo‘lsin.
Homiladorlik belgilari: ilk va ikkilamchi alomatlariInson tuzilishi turlicha boʻlgani kabi unda kechadigan jarayonlar, shu jumladan homiladorlik belgilari ham har bir ayolda turlicha boʻladi. Homiladorlikni orzu qilib yashayotgan ayol bu alomatlarni bilib, oʻzida tezroq his etishni istaydi. Axir homiladorlik bu juda ajoyib va oʻzgacha, takrorlanmas bir davr-ku? Shunday emasmi?Homiladorlik belgilari, alomatlari — uning qanday namoyon boʻlishi hamma ayollarda biroz yoki tubdan farq qilishi mumkin. Baʼzi ayollarda homiladorlikni koʻrsatadigan dastlabki belgilar mavjud boʻlsa, boshqalari oʻzlarining sogʻligʻida oʻzgarish sezmaydilar.Quyida homiladorlikning dastlabki belgilari haqida maʼlumot berib oʻtamiz. Agar ushbu belgilarni oʻzingizda sezsangiz, hududiy shifoxonangizda tekshiruvdan oʻtib, homiladorlik tasdiqlansa, homilador sifatida roʻyxatga yoziling.Homiladorlikning ilk alomatlariTuxum hujayra urugʻlangandan keyin ayol organizmida qator gormonal oʻzgarishlar kuzatiladi. Quyida organizmdagi gormonal oʻzgarishlar fonida yuzaga kelayotgan tanangizdagi oʻziga xosliklar haqida suhbatlashamiz. Albatta homiladorlikni tasdiqlash uchun qonda XGCH miqdorini aniqlash, ultratovush tekshiruvi (UTT) kabi tekshiruvlardan oʻtish kerak boʻladi.Homiladorlik belgilari:organizmdagi gormonal o'zgarishlar fonida yuzaga keladigan tanangizdagi o'ziga xosliklaruyquchanlikbesabab charchov, tez holdan toyish ham homiladorlikning ilk alomatlaridandir. ba'zilar yig'loqi bo'lib qolishi ham ko'p uchraydigan holat. bu belgi ko'pincha birinchi homiladorlikda yuzaga keladi.HusunbuzarlarAgar ayol ilgari teri bilan bog'liq muammolarni boshdan kechirmagan bo'lsa, homiladorlik paytida yuz sohasida akne (ugri) paydo bo'lishi mumkin.Qonli ajralmalarAyol tuxumdoni urug'langandan so'ng bachadonga joylashishni boshlaydi. bu jarayon implantatsiya deb ataladi.aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) qindan oz miqdorda qon ajralmalari kuzatish mumkin.Ko'krak og'rishiSut bezlari gormonal o'zgarishlarga juda sezuvchan bo'ladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan, so'rg'ichlar og'riqli bo'ladi.AsabiylashishKo'pgina homilador ayollar emotsional beqarorlik va to'satdan yuzberadigan ruhiy tushkunlikdan shikoyat qilishadi.Hayz boʻlmasligi va oz miqdorda qonli ajralmalarAyol tuxumdoni urugʻlangandan soʻng bachadonga joylashishni boshlaydi. Bu jarayon implantatsiya deb ataladi. Aynan shu davrda (odatda 1-2 kun) qindan oz miqdorda qonli ajralma kuzatilishi mumkin. Ular hayz davomidagi ajralmalardan rangi, davomiyligi va miqdori bilan tubdan farq qiladi. Rangi ochroq, davomiyligi qisqaroq va miqdori juda oz boʻladi. Bu vaqtda hayz kelishi kuzatilmaydi.Biroq hayzning kechikishiga ishonchli belgi sifatida qaralmasligi kerak, chunki hayz koʻrishning yoʻqligi koʻpincha reproduktiv tizim kasalliklari, stress va gormonal patologik oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.Homiladorlik belgilari: Sut bezlarining kattalashishi va ogʻriqli boʻlishiHomiladorlik yuzaga kelganda ayol organizmida juda koʻp gormonal oʻzgarishlar yuzaga keladi. Sut bezlari esa, gormonal oʻzgarishlarga juda sezuvchan boʻladi. Homiladorlikning ilk kunlarida bezlar kattalashgan, soʻrgʻichlar ogʻriqli boʻladi. Lekin koʻkrakning kattalashishi homiladorlikka qarshi ichiladigan gormonal dori vositalari tufayli ham vujudga kelishi mumkinligini ham yoddan chiqarmaslik darkor.Shuningdek, homilador ayolning ko’krak bezlarida butun homiladorlik davri davomida o’ziga xos o’zgarishlar bo’ladi. O’zgarishlar homiladorlikning ilk belgilari sifatida namoyon bo’lishdan boshlab, toki tug’ruqqa qadar yangi tug’ilajak chaqaloqni to’laqonli ozuqa bilan ta’minlash darajasiga yetgunga qadar davom etadi.Homiladorlik belgilari: Charchoq va uyquchanlikBesabab charchov, tez holdan toyish ham homiladorlikning ilk alomatlaridandir. Baʼzilar yigʻloqi boʻlib qolishi ham koʻp uchraydigan holat. Bu belgi koʻpincha birinchi homiladorlikda yuzaga keladi.Organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarining kuchayishi va tezlashishi charchoq hissi, uyquchanlik hamda hordiq olish istagi paydo boʻlishiga olib keladi. Qizig’i shundaki, birinchi trimestrdagi uyquchanlik bora-bora, ko’pincha ikkinchi va uchinchi trimestrlarda uyqusizlik bilan almashadi.Ko'ngil aynishiKoʻngil aynishi yoki ertalabki toksikoz paydo boʻlishi koʻpincha homilaning 5-6 haftaligidan boshlanadi, baʼzi ayollarda esa ushbu simptom urugʻlangan soʻng, yaʼni 2-3 haftalarda ham kuzatilishi mumkin. Shuni yodda saqlash zarurki, koʻngil aynishiga oshqozon ichak trakti, yurak-qon tomir va markaziy asab tizimi kasalliklari ham sabab boʻlishi mumkin.Peshob ajratishning ko'payishiHomiladorlikning dastlabki belgisi sifatida ayolda odatdagidan ko’ra tez-tez kichik hojatga ehtiyoj yuzaga kelishini kuzatish mumkin. Homiladorlik paytida tanadagi qon miqdori ortib boradi, bu homilador ayolning buyraklariga tushadigan qo’shimcha suyuqlikni qayta ishlashga olib keladi. Bu esa, o’z-o’zidan peshob ajralishining oshishishiga sabab bo’ladi.*Peshob ajrtatishning ko’payishiga ham ba’zida boshqa muammolar, jumladan siydik yo’llari infeksiyasi, qandli diabet, diuretiklar qabul qilish sabab bo’lishini yodda saqlash lozim.Homiladorlik belgilari — ikkilamchi alomatlarHomiladorlik belgilari sifatida bazal temperaturaning oshishi;Progesteron gormoning ko‘plab ishlab chiqarilishi natijasida tana harorati 37 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin;Chanoq sohasida og‘irlik hissini sezish – ushbu sohada qon aylanishi ko‘payadi, ayol bosim va og‘irlikni seza boshlaydi.Uyqusizlik – charchash hissi ko‘pincha asab qo‘zg‘aluvchanligiga olib kelishi natijasida uyqusizlik kuzatilishi mumkin.Belda og‘riq sezish – bel sohasida simmilovchi og‘riqlarni sezish mumkin. Ammo buyrak kasalliklarida ham og‘riq kuzatilishi mumkin.Bosh og‘rig‘i – gormonal o‘zgarishlar asab tizimiga ta’sir qilganligi sababli bosh og‘rish kuzatilishi mumkin.Bosh aylanishi va hushidan ketish. Bu qon tomirlarining kengayishi, qon bosimining pasayishi va qonda qand miqdorining pasayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.Ishtahaning ochilishi – moddalar almashinuvi tezlashuvi fonida ishtaha ochiladi.Hid bilish va ta’m bilishning kuchayishi – agar oldinlari ayol ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo‘lsa, homiladorlikda hidlarga sezuvchanligi ortadi.Qo‘zg‘aluvchanlik va kayfiyatning o‘zgarishi – ko‘pchilik ayollar jaxldor va kayfiyati tez-tez o‘zgarib turuvchi bo‘lib qolishadi.Tana vaznining o‘zgarishi – ayol organizmi homilani ozuqa bilan ta’minlab berishi uchun tana vazni ortishi kuzatiladi.Yuz, qo‘l va oyoqlarning shishi – homiladorlikda organizm ko‘proq suyuqlik ushlab qolishga harakat qiladi. Su sababdan ham yuz, qo‘l, oyoqlarda turli darajadagi shishlar kuzatiladi.Yuzdagi har xil toshmalar – ayol oldinlari terisi bilan hech qanday muammolar bo‘lmagan bo‘lsada, homiladorlikda yuzda husnbuzarlar (ugri) toshadi. Bu gormonal disbalans bilan tushuntiriladi.Qorin dam bo‘lishi va/yoki qabziyat – gormonlarning ichakka ta’siri natijasida ichaklarda meteorizm kuzatiladi.Ko‘krak sohasida venoz qon tomirlar surati kuchayishi – homiladorlik boshlangandan so‘ng organizm uni oziqlantirish uchun ham tayyorlanib boradi, vezon qon tomirlar surati laktatsiya jarayoni boshlanayotganligidan dalolatdir. Ko‘krak so‘rg‘ichi rangi ham to‘qlashadi.Yuz terisining rangi qizarishi – gormonlarning kapillyarlarga ta’siri natijasida qon tomirlar kengayadigan bo‘lib qoladi.Qorinning oq chizig‘ida pigmentatsiyaning buzilishi – homilador ayollar uchun xarakterli bo‘lgan simptom kindikdan qov simfizigacha hosil bo‘lgan “yo‘lakcha” paydo bo‘ladi.Agar sizda homiladorlikning dastlabki alomatlari sezilib, lekin homiladorlik testi manfiy natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, siz biroz shoshilgan bo‘lishingiz mumkin. Bir necha kundan so‘ng testni qayta qilib ko‘ring. Ikki-uch haftadan so‘ng ham test manfiy chiqsa, hayz kelmayotganligi sababini shifokorga uchrab aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Egizak homiladorlikning ehtimolligi nimalarga bog'liq?Qanday qilib egizak farzandli bo’lish ehtimolini oshirish haqida ko’plab afsonalar mavjud. Ayolda egizak homiladorlik bo’lishi ehtimolligini oshirishning isbotlangan usullari mavjud bo’lmasa-da, bunday homilador bo’lish foizini oshiruvchi ma’lum omillar mavjud.Ba’zi omillar egizaklar tug’ilish foizlarini oshirishi mumkin, bular quyidagilarni o’z ichiga oladi: Ayolning yoshi;Oilada egizaklar borligi;Bepushtlikni davolash;Homiladorlikda embrion hosil bo’lishi uchun sperma tuxumni urug’lantirishi kerak. Agar bachadonda ikkita tuxum hujayra bo’lib, ular urug’lantirilsa yoki urug’langan tuxum ikkita alohida embrionga bo’linsa, ayolda egizak homila paydo bo’lishi mumkin.Ikki xil turdagi egizaklar mavjud:Aynan o’xshash bo’lgan egizaklar: homiladorlikning ushbu turi urug’langan tuxum ikkita alohida embrionga bo’linganida sodir bo’ladi. Bu embrionlar monozigotdir, ya’ni ular aynan bir xil genga ega bo’ladilar. Aynan o’xshash bo’lgan egizaklar bir xil jinsli va bir-biriga juda o’xshash bo’lishadi.O’xshash bo’lmagan egizaklar: homiladorlikning bunday turi urug’lanish paytida bachadonda ikkita tuxum mavjud bo’lganda va sperma ikkalasini ham baravar urug’lantirganda sodir bo’ladi. Bu embrionlar dizigotikdir, ya’ni ular bir-xil genlarga ega emas va bir jinsli bo’lmasligi mumkin.Nima egizaklar ehtimolini oshiradi?Bir necha omillar ayolda egizak homila bo’lish ehtomilligini oshirishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:Oila tarixiAgar oilada egizaklar bo’lgan bo’lsa, ayolda egizak farzand ko’rish ehtimolligi biroz yuqoriroq bo’ladi. Ota tomondan oila tarixida egizaklar borligiga qaraganda, ona tomondan oila tarixida egizaklar borligi egizak homiladorlik ehtimolini oshishiga olib keladi. Biroq bu faraz faqat bepushtlikni davolash usullaridan foydalanilmagan holatlarda «ishlashi» mumkin.Bepushtlikni davolashASRM ta’kidlashicha, egizaklar bo’lish imkoniyatini oshiradigan asosiy omil bu bepushtlikni davolash usullaridan foydalanishdir. Har-xil turdagi bepushtlikni davolash usullari mavjud bo’lib, ular egizak bo’lishi ehtimolligini turli yo’llar bilan oshiradi.Ba’zi tug’ilish dorilari ayol tuxumdonlarini rag’batlantiradi, bu uning bir nechta tuxumlarni chiqishiga olib keladi. Agar sperma ikkala tuxumni ham baravar urug’lantirsa, natijada egizaklar paydo bo’lishi mumkin. In vitro (sun’iy) urug’lantirish ham egizak homila paydo bo’lish imkoniyatini oshirishi mumkin.YoshAmerika ayollar salomatligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 30 va undan katta yoshdagi ayollarda egizak homilador bo’lish ehtimolligi yuqoriroq hisoblanadi. Buning sababi shundaki, bu yoshdagi ayollar reproduktiv sikl davomida yosh ayollarga nisbatan ko’proq tuxum chiqaradilar. Agar sperma ikkita alohida tuxumni urug’lantirsa, homila egizak bo’lishi mumkin.Bo’y uzunligi va vaznASRM hisobotiga ko’ra, bir-xil bo’lmagan egizaklar bo’yi past ayollarga qaraganda, bo’yi uzunroq va nisbatan og’ir vaznga ega bo’lgan ayollarda ko’proq uchraydi. Buning sabablari aniq emas, lekin bu yaxshi ovqatlanish holati bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tana vazni yuqori bo’lgan ayollarda homila rivojlanishi uchun ko’proq zaxiralar bo’lishi mumkin.Irqiy kelib chiqishMa’lumotlarga ko’ra, AQSHda ispaniyalik ayollarning ispaniyalik bo’lmagan oq va qora tanli ayollarga qaraganda egizak farzand ko’rish ko’rsatkichlari kamroq ekan.Egizak farzandli bo'lish ehtimolini oshirishEgizaklarning homilador bo’lish ehtimolini qanday oshirish haqida ko’plab isbotlanmagan da’volar mavjud. Ba’zi odamlar maxsus parhezlarga rioya qilishni yoki muayyan muqobil davolash usullarini qo’llashni maslahat berishadi, ammo bu usullarni qo’llab-quvvatlaydigan ilmiy dalillar yo’q.
Homiladorlik davrida qanday yotish kerak?Ko‘pchilik ayollarni homiladorlik davida «homiladorlikda qanday yotish kerak, qanday uxlash kerak» kabi savollar ko’p o‘ylantiradi. Bu davrda uyqu bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchraydi, ayniqsa uchinchi uch oylik davomida qulay uyqu holatini topish qiyin kechadi. Ba’zi homilador ayollar tananing ba’zi holatlari o’zining va homilaning sog‘ligiga ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirlanishlari mumkin.Ko‘pgina homilador ayollar bu davrda ayniqsa birinchi va uchinchi uch oyliklarda charchoqdan shikoyat qilishadi. Progesteron darajasini ortishi va ortiqcha og‘irliklarni ko‘tarishi ham charchoqni kuchaytirishi mumkin, bu esa uyqusizlikni kuchaytirishi mumkin.Homiladorlikda eng yaxshi uyqu holatiBirinchi trimestrda ayol o‘zi qulay his qilgan har qanday holatda, orqa tomonida yoki qorin tomoni bilan ham uxlashi xavfsizdir. Yuqoridagi holatlarni barchasi normal holatlar hisoblanadi.Bu davrda bachadon uyquga xalaqit beradigan darajada kattalashmaydi. Ammo gormonal o‘zgarishlar, tungi ochlik hissi, och qolish, ko‘ngil aynishi va boshqa homiladorlik belgilari uxlashni qiyinlashtirishi mumkin.Ayol 2 va 3 trimestrga yetib kelganida chap tomonida uxlash ma’qul. Bu holatda uxlash jigarga bosim o‘tkazmasdan bachadonga qon oqimini yetarli darajada yetkazib beradi.Homiladorlik paytida bel og‘rig‘i holatini boshidan o‘tkazayotgan, uyqu holatida noqulayliklar sezayotgan ayollar uyqu paytida tizzalari orasiga homiladorlar uchun mo’ljallangan maxsus yosqichalar qo‘yishlari mumkin. Bu esa, og‘riqni va noqulayliklarni yengillashtirishga yordam beradi.O‘ng tomonida uxlashni afzal ko‘rgan homilador ayol chap taraf o‘rniga o‘ng tarafda uxlashga moslashgan, va shu holda uxlashi mumkin. Hozircha buning xavfli ekanligini asoslaydigan hech qanday ilmiy tadqiqotlar yo‘q.Homiladorlikda uyqu bilan bog’liq mumiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan boshqa uxlash usullari quyidagilardir:jig'ildon qaynashini kamaytirish uchuntanani yuqori qismini bir nechta yostiq bilan ko'tarish lozim;shishish va oyoq og'rig'inibiroz yengillashtirish uchun oyoqlarni yostiq bilan ko'tarish;yostiq yoki homiladorlik yostig'idan foydalanish lozim.Ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan uxlash holatlari bormi?Mutaxassislar ba’zi uyqu pozitsiyalarini (qorin va orqa bilan yotish) ko’p ham tavsiya etishmaydi. Chunki ular ona va bo’lajak farzand salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin.Homiladorlikda qorin bilan uxlashKo‘pgina homilador ayollar qorin bilan uxlash rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishidan xavotirlanishadi. Ammo bachadon homilani yaxshi himoya qiladi va birinchi uch oylikda qorin bilan uxlashlikdan ehtiyot bo‘lishga hech qanday sabab yo‘q.Homila o‘sgan sari ko‘pchilik ayollar qorin bilan uxlash qiyin yoki ilojsiz deb hisoblashadi. Qorin tarafda uxlashni afzal ko‘radigan yoki tez-tez uyg‘onadigan ayollar uchun xavotirlanishga hojat yo‘q. Bu holat chaqaloqqa zarar yetkazmaydi. Ba’zi homilador ayollar bir nechta yostiqlardan foydalanish orqali qorin taraf bilan uxlashlariga imkon yaratib olishadi. Bu kabi usullardan foydalanish yaxshi va qorin bilan yotgan holda uyg‘onish mutlaqo xavfsiz.Orqa taraf bilan uxlashBirinchi trimestrda orqa tomonda uxlash odatda xavfsiz hisoblanadi. Uchinchi trimestrda homiladorlikning 28-haftasidan boshlab, orqa tomon bilan uxlash bachadonga qon yetkazib beradigan asosiy tomirlarga bosim o‘tkazadi. Salbiy ta’sir homilaga kislorod yetkazib berishini kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, homilador ayolda bosh aylanishi va jig‘ildon qaynashi kabi noxush alomatlarni kuchaytirishi mumkin.Tez-tez orqa tomonida uyg’onayotganidan xavotirda bo’lgan ayol yon tomon bilan uxlashini qo’llab-quvvatlovchi maxsus homiladorlik yostiqlaridan foydalanishi lozim.Agar homiladorlik paytida yuztuban yoki chalqancha uxlab uyg’onsangiz nima bo’ladi?Tun davomida juda kam odam bir holatda qoladi. Agar siz homiladorlik paytida chalqancha yoki qorningizda uxlayotgan holda uyg’onsangiz, tashvishlanmang. Hech qanday zarari yo’q. Agar bu holatlar sizni qayta bezovta qilishini istamasangiz homilador ayollar uchun mo’ljallangan yostiqchalar xarid qiling.Homiladorlikda uxlashga yordam beruvchi vositalarHomilador ayollarga yaxshiroq uxlashlariga yordam beradigan turli xil usullar bor. Homiladorlikda uyqusizlik holatidan aziyat chekayotgan yoki uxlashga qiynalayotgan ayollar quyidagilarni sinab ko‘rishi mumkin:vitamin yetishmasligi holatini tekshirtirish — foliy kislota yoki temir moddasi ba’zida bezovta oyoqlar sindromi holati yuz berishida muhim rol o’ynaydi.Har qanday kasallikni davolash uchun qo‘shimcha vositalarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.jig‘ildon qaynashini kamaytirish uchun gavda va boshni ko‘tarish lozim. Ba’zi bir homilador ayollar yarim o‘tirgan holatda uxlash orqali jig’ildon qaynashi holatini yengillashtiradilar.homiladorlik yostiqchalarini sinab ko‘rish. yotishdan oldin ozgina ovqatlaning. Ayniqsa birinchi uch oylikda, ba’zi ayollar juda och holat bilan uyg‘onadilar. Proteinga boy oziq-ovqatlar (yong‘oq, baliq, yeryong‘oq va go‘sht) ishtahani kamaytirishi mumkin.jig‘ildon qaynashini kamaytirish uchun ozroq hamda kam yog‘li ovqatlarni iste’mol qiling.agar homiladorlikda sizni xurrak otish bezovta qilsa, bu haqida shifokor bilan maslahatlashing. Kuchli xurrak otish homiladorlik paytida nafas olishni qiyinlashtiradi.Homiladorlik davrida yetarlicha, uyquga to’ymagan ayollar jismoniy va hissiy charchoqni boshidan kechirishi mumkin. Bu charchoq ishlash, maktabga borish yoki kundalik yumushlarni bajarishni qiyinlashtirishi mumkin. Ayol homiladorlik davri davomida uyqu bilan bog‘liq doimiy qiyinchiliklarga duch kelsa, uyquni yaxshilash uchun albatta shifokorga murojaat qilishi kerak.Ushbu maqolamiz orqali ayollar tomonidan ko’p so’raladigan «Homiladorlikda qanday yotish kerak?» mazmunidagi savollarga imkon qadar javob berdik, deb o’ylaymiz.
Homiladorlikda siydikda qon bo’lishiHomiladorlik shunday davrki, unda ko’plab o’zgarishlar kuzatiladi. Bu o’zgarishlarni me’yor hamda patologiyadan ajratib olish homilador ayoldan ma’suliyat, shifokordan esa, bilim va malaka talab qiladi. Shunday muammolardan biri bu homiladorlikda siydikda qon bo’lishidir.Siz homilador bo‘lsangiz va siydigingizda qonni ko‘rsangiz yoki shifokoringiz peshob tahlilida unda qon mavjudligini aniqlasa, bu siydik yo‘lining yallig’lanish kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Siydik yo‘li yallig’lanishi siydik yo‘llarida, odatda, bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksion holat natijasi hisoblanadi.Homiladorlikda bu holat tez-tez uchraydi, chunki o‘sayotgan homila qovuq va siydik yo‘llariga bosim o‘tkazishi mumkin. Bu esa bakteriyalarni ushlab turilishiga yoki siydik oqishiga olib keladi.Siydik yo’li yallig’lanishining belgilari qanday? Siydik yo‘llari yallig’lanish kasalligining belgilari quyidagilardir: davomli siyishga moyillik; tez-tez, biroq oz miqdorda siydik chiqarish; siydik chiqarishda achishish; istma;tos suyagidagi noqulaylik;bel og'rig'i;yoqimsiz hidli siydik;qon aralash siydik kelishi; (gematuriya);Homiladorlikda siydik yo’llari yallig’lanishiga nima sabab bo’ladi?loyqa siydik ajralishi .Homiladorlikda bu kasallikning 3 ta asosiy turi mavjud, ularning har birining turli xil sabablari bor:Simptomsiz bakteriuriyaSimptomsiz bakteriuriya ko‘pincha homiladorlikdan oldin ayol tanasida mavjud bo‘lgan bakteriyalar sababli yuzaga keladi. Siydik yo‘li shikastlanishining bu turi sezilarli alomatlarni keltirib chiqarmaydi. Agar davolanmasa, simptomsiz bakteriyauriya buyrak infeksiyasiga yoki o‘tkir qovuq infeksiyasiga sabab bo‘ladi. Ushbu infeksiya homilador ayollarning taxminan 1.9-9.5% da uchraydi.Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko’ra, davolanmagan asimptomatik bakteriuriya bo’lgan homilador ayollarning 45 foizigacha qismida pielonefrit rivojlanadi.*o'tkir uretrit yoki sistit Uretrit – bu siydik yo‘lining yallig‘lanishi, sistit — qovuq yallig‘lanishi. Bu 2 ta holatni ham bakterial infeksiya (ko’pincha E. coli) keltirib chiqaradi.PiyelonefritPiyelonefrit – buyrak infeksiyasi. Bu qon aylanishi yoki siydik yo‘llarning boshqa joylaridan buyraklaringizga kiradigan bakteriyalar sababli sodir bo‘lishi mumkin. Bunda homilador ayolda peshobida qon bilan bir qatorda, isitma, siydik chiqarishda og‘riq va orqa, yon, qorin ostida yoki qorinda og‘riqlar kabi simptomlar kuzatilishi mumkin.Homiladorlikda siydik yo’li infeksiyasini davolashHomiladorlikda bu kasallikni davolash uchun shifokorlar odatda antibiotiklardan foydalanadilar. Shifokor homiladorlikda foydalanish uchun xavfsiz bo‘lgan antibiotiklarni buyuradi, albatta bu antibiotiklar tanangizdagi bakteriyani o‘ldirishda samarali bo‘loladi.Homiladorlikda siydikda qon bo’lishiga yana nimalar sabab bo’lishi mumkin?Homilador bo‘lishingizdan qatʼiy nazar peshobda qon bo‘lishi bir nechta holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:qovuqda yoki buyrakda tosh bo'lishi;glomerulonefrit, buyrakning tozalash tizimining yallig'lanishi;siydik yoki qovuq saratoni;buyrak shikastlanishi, masalan yiqilish yoki avtohalokat natijasida;o'roqsimon anemiya yoki alport sindromi.Bu kabi gematuriyaga (qon aralash siydik kelishi) sabab bo’luvchi omillarni aniqlash ba’zida shifokorga ham qiyinchilik tug’diradi.Gematuriya odatda zararsiz bo‘lsada, bu jiddiy kasallikning ilk belgilaridan biri ham bo’lishi mumkin.Agar siz homilador bo‘lsangiz va qon aralash siydik kelishi holati bo‘lsa, shifokoringiz bilan bog‘laning. Siydik yo‘li shikastlanishlari muntazam tekshirtirish homiladorlik ayol parvarishining bir qismi bo‘lishi kerak.Siydik tahlili va tekshiruvlarini o’tkazish uchun shifokoringiz yoki ginekologingiz bilan maslahatlashing.
Homiladorlik kalendari va taqvimiy hissoblashHar bir ayol orziqib kutgan ajoyib davr hech bir shubhasiz homiladorlikdir. Bu davrdagi ruhiyatni, ichki his tuygʻularni umr davomida kamdan-kam hollardagina tuyish imkoni mavjud. Shunday ekan, bu lahzalarni unutilmas va esda qolarlik qilib oʻtqazish muhimdir. Homiladorlik davri davomida bu kabi tuyg'ularni his qilishingizda homiladorlik taqvimi sizga yordam beradi. Homiladorlik kalendari (taqvimi) sizga homiladorlikning butun muddati davomida o'z tanagizda bo'lyotgan ajib o'zgarishlar haqida o'qib, his qilib borish imkoniyatini beradi. Homiladorlik kalendari — hisob kalkulyatori Homiladorlik kalendari hisoblash kalkulyatori orqali hozirgi homiladorlik muddatingizni, ayollar konsultatsiyasiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini, tug‘ruq kunini, shirin farzandchangizning birinchi yurak urush vaqtini bilib olasiz!Ushbu homiladorlik kalkulyatori orqali qiziqarli maʼlumotlarni olish uchun uchta asosiy maʼlumotga tayanamiz, bu oxirgi hayz kelgan kun, urug‘lantirish sodir bo‘lgan kun yoki taxmin qilinayotgan tug‘ruq kuni bo‘lishi mumkin.Homiladorlik-kalendari-birinchi-trimestr1-haftaOrganizmingiz homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda. Akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblansa, homiladorlikning birinchi haftasi oxirgi hayz koʻrilgan kundan boshlanadi.2-haftaHomiladorlikning 2-haftasida ayol organizmida ovulatsiya jarayoni roʻy berib, organizm urugʻlanishga tayyor boʻladi, yaʼni tuxumdondan tuxum hujayra yetilib chiqadi. Ko‘pincha ayollar hayz siklining o‘rtasida, ya’ni 14-kunida homilador bo‘lishadi.Agar tuxumdonlardan ikkita yetilgan tuxum hujayra ajralsa va ikkalasi ham urug’lansa, dizigota egizak homiladorlik yuz beradi.3-haftaHomiladorlik testi salbiy natijani koʻrsatadi Ammo, baʼzi ayollar oʻzlarida tez charchash, yengil koʻngil aynishi, koʻkrak bezlarining sezuvchan boʻlib qolishi, qonli ajralmalar yuzaga kelishi, peshob ajralishining ko'payishi kabi homiladorlik alomatlari sezilishi mumkun.4-haftaHomilaning kattaligi lolaqizgʻaldoq doni kabi boʻladi va u intensiv ravishda oʻsadi. 10-haftagacha homilaning barcha muhim organlari shakllanadi va baʼzilari ishlay boshlaydi. Mana shu davr ichida jadal oʻsayotgan embrion nozik boʻladi. Tashqi salbiy taʼsirlar uning oʻlimiga yoki tugʻilishdagi anomaliyalarga sabab boʻladi.5-haftaHomilador ayolning nerv tizimi va endokrin tizimidagi oʻzgarishlar va xorion (homilaning bir qavati)dan ishlab chiqariladigan xorionik gonadotropin (XG) sintezi hisobiga, koʻpchilik ayollarda birinchi uch oylikda toksikoz holati kelib chiqadi. Taksikoz belgilari-ko'p so'lak ajralishi va qusishdir6-haftaHomilangizning uzunligi 0,51-0,64 sm.ga yetadi. Uning yuzi sekin-asta shakllanishni boshlaydi. Ikki nuqta paydo boʻladi va ulardan keyinchalik koʻz shakllanadi, yana ikki nuqtadan esa burun teshiklari shakllanadi. Bundan tashqari jagʻlar, ichki quloq, til va ovoz boylamlari hamda boʻyin va iyak farqlana boshlaydi. 6-haftalik embrionning boshi katta, tanasi esa “C” harfini eslatadi.7-haftaHomiladorlik – moslashish qiyin boʻlgan fiziologik jarayondir. Shu sababli ham 7-hafta ketayotgan boʻlsada, ayol kishida kayfiyat oʻzgaruvchanligi saqlanib qolgan boʻladi.7-haftada kichik chanoq bo'shlig'iga qon oqimi ko'payadi, buning natijasida peshob ajralishi oshadi, qorinda spazmalar yuzaga keladi8-haftaTugʻilajak bola organizmi jadal oʻsadi, homila uchun koʻp energiya qurilish materiallari kerak boʻladi. Shu sababli embrion yuragi koʻp marotaba qisqaradi, bir daqiqada 150-170 marotaba qisqaradi. Bosh miyada neyronlar shoxlanadi va yangi bogʻlamlar paydo boʻladi.9-haftaHomiladorlik kalendari ning 9-haftasiga kelib ayol organizmida yogʻ toʻqimalari toʻplana boshlaydi – shu yoʻl bilan ayol organizmi sut orqali oziqlantirishga tayyorlanadi.Koʻpchilik ayollarda relaksin gormonni taʼsirida – chanoq boylamlari boʻshashadi. Keyinchalik tugʻish jarayoni osonlashadi. Shu sababli ayol kishi chanoq sohasidagi ogʻriqlar va yurishdagi oʻzgarishlarni his etishi mumkin.10-haftaBolakayingizning uzunligi 3-4 sm.dan koʻproq, tana vazni esa 4 gr.ni tashkil etadi. Yaqin haftalar ichida homila uch barobar kattalashadi, uning peshonasi boʻrtib chiqadi, chunki bosh miya ham kattalashadi. Homiladorlik vaqtida eng kerakli boʻlgan mikroelementlardan biri – ruhdir. Ruh koʻplab fermentlar tarkibiga kiradi va ular organizmdagi biokimyoviy jarayonlarda jadal qatnashadi. Ruh ishtirokida 300 dan ortiq turdagi oqsillar sintezlanadi.11-haftaHomilador ayolning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Endi gormonal “dovul” pasayadi va ayolni koʻpda bezovta qilavermaydi. Avallari bezovta qilgan toksikoz belgilari endi homilador ayolni bezovta qilmaydi.Shunday boʻlsa ham homiladorlik barcha ayollarda turlicha kechadi, baʼzilarda 11-12 haftaga kelib, barcha belgilar namoyon boʻlishi “choʻqqiga chiqishi” mumkin.12-haftaHomiladorlik davrining 12-haftasiga kelib homilaning rivojlanishida eng muhim jarayonlardan biri – reflekslar shakllanadi. Uning barmoqlari va kafti bukiladi hamda yoziladi, mushaklar qisqara boshlaydi, ogʻiz, koʻz atrofidagi mushaklar ham harakatlana boshlaydi, soʻrish refleksi paydo boʻladi. Endi homila ona qorniga qoʻl bilan paypaslanganini sezadi va unga javoban harakatlar qiladi. Ammo, ona bu kabi harakatlarni hali sezmaydi.13-haftaBu haftaga kelib, UTT (UZI) yordamida boʻlajak farzandingizning jinsini aniqlasa boʻladi. Shunday boʻlsada, toʻliq ishonch bilan aytish qiyin. Bolakayning harakatlanishi aktivlashadi: endi u bemalol qoʻl va oyoqlarini harakatlantira oladi, yutinadi, esnaydi va hiqichoq tutadi.Tabriklaymiz!Siz homiladorlikning eng nozik pallasini ortda qoldirdingiz. Endi yengil tortsangiz ham boʻlaveradi. 14-haftaHomilaning uzunligi 9 sm.ni, tana vazni esa 35-45 gr.ni tashkil qiladi. Homilaning tanasi boshiga nisbatan tezroq o’sadi, bo’yin aniq ko’rina boshlaydi. Bolakay nafas harakatlarini bajaradi, shu yoʻl bilan nafas mushaklari rivojlanishi tezlashadi. 15-hafta Homilador ayol tashqi koʻrinishi turlicha boʻlishi mumkin. Bu davrda ayol bachadoni kichik chanoqqa sigʻmay qoladi va qorin sezilarli darajada katta boʻladi.Gormonal oʻzgarish taʼsiri ostida qon hajmi koʻpayadi va burun shilliq qavatida toʻplanishi hisobiga burun bitishi va qonashi mumkin.16-haftaBolakayda ichki quloq shakllangan, eshituv suyaklari bor. Endi u sizni eshita oladi va ovozingizni esda saqlab qoladi. Tugʻilgandan keyin ham sizning ovozingizni farqlay oladi. Ilmiy izlanishlar natijasiga koʻra, chaqaloq ona qornidaligida eshitgan musiqalarni eslay oladi.17-haftaQorin kattalashishi natijasida tana muvozanati buziladi va shu sababli ayol “oyogʻida turishi qiyinlashadi”. 17-haftaga kelib barcha ayollar bolakaylarining harakatlarini his etishadi.Koʻpchilik ayollar homiladorlikning ikkinchi uch oyligida noodatiy tushlar koʻrishadi.18-haftaBoʻlajak farzandingizning sezgi aʼzolari funksiyasi ortadi: eshituv, koʻruv va taʼm bilish. Bolakay ona organizmidagi jarayonlarni eshitadi, agar ona yonida baland tovush eshitilsa u “choʻchib tushadi”.19-haftaBu davrga kelib, ayrim homilador ayollar chanoq, qorin va qov sohasidagi oʻtkir ogʻriqlarga shikoyat qiladilar. Odatda, bu kabi ogʻriqlar keskin harakat qilganda namoyon boʻladi va bir necha daqiqalardan keyin oʻtib ketadi. Bu holatga yumaloq boylamning choʻzilishi sabab sifatida koʻrsatiladi.20-haftaHomilaning uzunligi 25,4 sm, tana vazni esa 300 gr boʻladi. Homiladorlikning 20-haftasigacha boʻlgan davrda homila oyoqlari yigʻilgan boʻlganligi sababli uning butunlay boʻy uzunligini oʻlchashning imkoni boʻlmaydi, shu sababli chanoqdan to boshgacha taxminan oʻlchanadi. 20-haftaga kelib esa uning boʻy uzunligini tovondan to boshgacha oʻlchash mumkin.21-haftaBelda va kichik chanoq sohasida tortishish hissi paydo boʻlishi mumkin. Bu holat ogʻriqsiz namoyon boʻladi, 1 daqiqa davom etib soʻng oʻtib ketadi va har 4-5 soatda takrorlanib turishi mumkin. Bular yolgʻon toʻlgʻoq (dard) hisoblanadi. Uning sababi toʻliq oʻrganilmagan, ammo bu kabi toʻlgʻoqlar xavfsiz va normal holat sifatida baholanadi.Homiladorlikda bel og‘rig‘ini yengillatish borasidagi tavsiyalarni mana bu maqola orqali o‘qib olishingiz mumkin: 22-hafta22-haftadan boshlab bolakayning shaxsiy “kun tartibi” boʻladi, yaʼni u bir vaqtda uxlaydi (12-14 soat davomida) maʼlum bir vaqtda uygʻoq boʻladi. Sizning qorningiz kattalashgan va gormonlar taʼsirida koʻkrak sut bezlari hajmi ham ortadi.23-haftaBolakayning koʻp harakatlanishi tufayli sizda baʼzida bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Bunday paytda koʻproq sayr qiling, bolangiz bilan suhbatlashing, unga eʼtiborni qarating. Agar farzandingizga haligacha, ism tanlamagan boʻlsangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasidan foydalanib, jajji shirintoyingizga ism tanlashingiz mumkin.24-haftaHomiladorlik kalendari 24-haftasiga kelib, boʻlajak farzandingizning kattaligi yumaloq qovun kabi boʻladi. Endi uning teri qoplamasi shaffof emas, chunki pigmentlar va teri osti yogʻ qavati shakllanadi. Mayda kapillyarlar koʻpayganligi sababli teri rangi pushtiga oʻzgarib boradi.25-haftaHomiladorlikning bu vaqtga kelib, odatda homilador ayollar oʻzida biroz semirishni his qilishi mumkin. Agar siz ham oʻzingizda semirishni sezsangiz, bundan xavotirlanishingiz shart emas. Chunki organizmda suyuqlik ushlanib qolishi koʻpayishi natijasida ushbu holat kuzatiladi. Homiladorlik davri davomida vazningizni oʻlchab, mobil ilovamizning “Vazn nazorati” boʻlimida qayd qilib borishni unutmang.26-hafta26-haftaga kelib, bachadon tubi kindikdan 6 sm yuqorida joylashadi. Homila kattalashishi hisobiga uyqu vaqtida noqulayliklar kelib chiqadi. Birinchidan yotishning noqulayligi sababidan sizni homiladorlikda qanday yotish kerak, degansavol qiynay boshlaydi, ikkinchidan tug'ilajak bola haqida ko'p o'ylash sabab bo'ladi. ba'zida esa, bu holat homiladorlikda uyqusizlik darajasigacha borishi mumkin. Shuning uchun uyqu gigiyenasiga qat’iy amal qiling. Bu kabi holatlarni bartaraf qilish hamda yengillatish uchun homiladorlik yostiqchalaridan foydalanishingiz mumkin.Tabriklaymiz!Siz va farzandingiz uzoq yoʻlni bosib, ikkinchi trimestrni ortda qoldirib, homiladorlikning uchinchi trimestri sari qadam qoʻyapsiz. 27-haftaKichkintoyingizning uzunligi 36-37 sm.ni tashkil qiladi. Bolakay uchun bachadon endi torlik qila boshlaydi, shu sababli uning harakatlari kuchli namoyon boʻlayotgandek tuyuladi.Uning bosh miyasi murakkablashib boradi, reflekslar ham toʻliq shakllanadi. Bola barmogʻini soʻradi, koʻzlari yopiq holda, uxlaydi va uygʻonadi.28-haftaFarzand haqida koʻp oʻylash va gormonal oʻzgarishlar taʼsiri ostida uyqu muammolari kuzatiladi. Uxlash uchun yotganingizda siz uxlagingiz kelmay qandaydir yumushlar bilan shugʻullanishni istab qolasiz.29-haftaBolakay tanasi tugʻiladigan chaqaloqlar kabi holatga keladi, uning boshi ham tanasiga nisbatan juda katta emas. Homila teri osti yogʻ qavati oʻsishi hisobiga “semiradi”. Bu vaqtga kelib, uning shaxsiy immun tizimi shakllanadi, ammo antitelolarni ona organizmidan qon orqali olib turadi.30-hafta Baʼzi ayollarda aksa urganda, yoʻtalganda, kulganda siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Oyoqlarda shish paydo boʻlib turadi. Bu kabi belgilar tugʻruqdan keyin yoʻqolib ketadi.Uyqu bilan bogʻliq noodatiy holatlar kuzatiladi: uchinchi uch oylikda homilador ayollar uyqusida tez-tez bezovta boʻlib turishadi, har xil tushlar koʻradi. Bunga sabab gormonlar taʼsiri va tugʻilajak farzand haqida koʻp oʻylashdir.31-haftaBu vaqtga kelib homilaning tana vazni boʻyining uzunligiga nisbatan koʻproq ortadi. Uning tana uzunligi 41 sm, tana vazni esa 1,5 kg ni tashkil etadi. 31-haftada ayrim bolakaylarning boshida sochlar juda koʻp boʻlsa, ayrim bolakaylar sochi umuman boʻlmasligi mumkin.32-haftaJajji bolakayingiz tugʻilishini “kutib yotish” vaqtida – hayoti uchun muhim boʻlgan harakatlar, soʻrish, yutinish, nafas olish, boshini burish, oyoqchalari va qoʻlchalarini harakatlantiradi. U charchagan paytlarida uxlaydi, hatto tush ham koʻradi.33-hafta Yolgʻon toʻlgʻoqlar yana-da koʻproq bezovta qiladi. Shu yoʻl bilan organizm tugʻruq jarayoniga tayyorlanib boradi. Chin toʻlgʻoq bilan yolgʻon toʻlgʻoqlarning farqi, yolgʻon toʻlgʻoqlar qisqa muddat ichida oʻtib ketadi.34-hafta Ushbu davrga kelib siz qorningizning biroz kichrayganligini sezishingiz mumkin. Buning ikki sababi bor. Birinchisi, homila biroz pastroqqa tushadi. Baʼzi hollarda bu holat ertaroq sodir boʻlsa, baʼzida esa tugʻruq jarayoniga bir necha soat qolganda roʻy beradi. Ikkinchisi esa, bachadonda amniotik suyuqlik kamayishi bunga o'sayotgan homila uchun ko'proq joy ajratish lozimligi yoki organizimning kuchli suvsizlanishi sabab bo'lishi mumkin.35-haftaHomiladorlik kalendari 35-haftasiga kelib, bolakayingizning uzunligi 46 sm, tana vazni esa 2,4 kg.ni tashkil qiladi. Uning tana vazni teri osti yogʻ qavati qalinlashishi hisobiga ortadi. Kichkintoyingizning rivojlanishi deyarli toʻliq tugaydi.36-haftaHomiladorlikning 36-haftasida va keyingi haftalarda homila biroz pastroqqa tushadi. Natijada jigʻildon qaynashi va hansirash yoʻqoladi, ammo siydik qopi ezilishi hisobiga peshob ajralishi kuchayadi, chanoq sohasida diskomfort namoyon boʻladi.37-haftaBolakayning harakatlanishi kamayadi, agar harakat qilsa ham kuchli seziladi, chunki bachadon u uchun torlik qiladi. Homila tugʻilgandan keyin hayot uchun muhim boʻlgan barcha reflekslarni bajara oladi: nafas olish va chiqarish, yutish, soʻrish, koʻzlarini ochib yumish. U doim bu kabi harakatlarni takrorlab turadi. Ma’lumot o’rnida, homiladorlikning 37-haftasi boshlanishidan oldin yuz bergan tug’ruq erta tug'ruq hissoblanadi.38-haftaHomilangizni – endi chaqaloq deb atasak ham boʻladi. Uning barcha aʼzolari toʻliq rivojlangan. U mustaqil ravishda yashashga toʻliq tayyor. Homila chanoq sohasiga tushadi va ayrim nerv tomirlarini ezib qoʻyishi mumkin.39-haftaShoshilinch tugʻruq 38 va 42 haftalar oraligʻida roʻy beradi. Ilk bor farzand koʻrayotganlar odatda 41-haftada farzandlarini dunyoga keltiradilar. 39-haftada yolgʻon toʻlgʻoqlar bezovta qilib turadi. Agar chin toʻlgʻoq kuzatilsa, tug'ruq alomatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lsangiz, siz uni yolgʻon toʻlgʻoqdan qiyinchiliklarsiz farqlab olasiz: chin toʻlgʻoq ogʻriq bilan, belgilari kuchayib boruvchi xarakterli, uzoq muddat davom etadigan koʻrinishda namoyon boʻladi.40-haftaTug‘ruq jarayonini kutib, o‘zingizni xotirjam tuting. Agar quyidagi belgilar yuzaga kelsa, darhol tugʻruqxonaga borish kerak: — Homila oldi suyuqligi kelsa. Siz oddiy qindan keladigan suyuqlikni homila oldi suyuqligidan bemalol farqlab olasiz, koʻpchilik ayollar peshob ajraldi deb oʻylashlari ham mumkin.— Chin toʻlgʻoq boshlansa. Ular yolgʻon toʻlgʻoqlardan farqli ravishda ogʻriqli, davom etuvchi xarakterda va koʻproq diskomfort chaqiradi.41-haftaHomila uzunligi 50-56 sm, tana vazni esa 3,2-4,1 kg.ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlar naslga va boshqa omillarga bogʻliq boʻladi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtacha qilib olingan. 41-haftaga kelib homila organizmida aytarli oʻzgarishlar roʻy bermaydi. Barcha aʼzolar yetilgan, bola dunyoga kelishga tayyor. Tug’ruq akusher-ginekolog tomonidan tabiiy tug’ruq yoki kesarcha kesish usulida amalga oshiriladi.42-haftaTugʻruq har qanday vaqtda roʻy berishi mumkin va siz yaqin vaqtlar ichida farzandingizni qoʻlingizda tutishingiz, uni emizishingiz, belanchakka belashingiz va shu kabi yoqimli mashgʻulotlar bilan band boʻlasiz. 42-haftada ham roʻy bermagan tugʻruq jarayoni ayol va homila hayotiga xavf tugʻdiradi. Shu sababli shifokorlar tomonidan sunʼiy ravishda tugʻruq chaqiriladi.Chaqaloq muborak boʻlsin!Siz har bir ayol orziqib kutgan baxtga musharraf boʻldingiz, tabriklaymiz! Bunday baxtli onlaringizda sizga sherik boʻlganimizdan mamnunmiz!Sizga esa chaqaloq parvarishi va tarbiyasida omad tilagan holda, bu kabi muhim vazifaga xuddi homiladorlik davringizdagi kabi masʼuliyat bilan yondashishingizni soʻrab qolamiz.
Chaqaloq yig’lashi sababchisi KOLIKAKolika — bu sogʻlom bola juda uzoq vaqt, hech qanday sababsiz yigʻlashi. Bu chaqaloq hayotining dastlabki 6 haftaligida eng koʻp kuzatiladi. Odatda 3-4 oylik vaqtida oʻz-oʻzidan yoʻqoladi. Umumiy jihatdan olib qaralganda, kolika chaqaloqlarda ovqat hazm qilish traktining yoshga doir funksional buzilishlari bilan bogʻliq boʻlgan va sanchiqli qorin ogʻrigʻi bilan kechadigan holatdir. Ichak kolikasi chaqaloq yigʻlashi, tinimsiz chinqirishi, bezovtalanish, kuchanishi, yuzining qizarishi, qornining dam bo'lishi kabi belgilar bilan namoyon bo'ladiHayotning birinchi yarmida bolalarda koʻpincha oshqozon-ichak traktining turli xil funksional buzilishlari ( regurgitatsiya, ichak kolikasi, funktsional diareya va ich qotishi) kuzatiladi. Ichak sanchigʻi, yoki kolika turli xil tadqiqotlar natijalariga koʻra, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 55-75 foizida uchraydi.Ichak sanchigʻi yangi tugʻilgan chaqaloqning ovqatlanish rejimini va uxlash tartibini buzishi, shuningdek yosh ota-onalarda hissiy stress va asabiylikni keltirib chiqarishi mumkin.Bola hayotning birinchi oylarida yangi tugʻilgan chaqaloqlarda va bolalarda ichak kolikasi muammosini kompleks hal qilish bilan pediatr, bolalar gastroenterologi va nevrolopatologlar shugʻullanishadi.Kolika sabablariYangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasini rivojlanish mexanizmi ovqat hazm qilish traktining motor funksiyasini buzilishi va ichakdagi gaz hosil boʻlishining koʻpayishi, oʻtkir lokal spazmlar va ichak devorlarining kengayishini keltirib chiqaradi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasining asosiy etiologik omillari bevosita bolaning oʻzi yoki uning onasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.Yangi tugʻilgan chaqaloq tomonidan oshqozon-ichak traktining morfologik va funksional yetilmaganligi, ovqat hazm qilish traktining fermentativ faolligining pasayishi, xlorid kislota yetishmovchiligi , laktaza yetishmovchiligi, ichak mikrobiosenozining buzilishi, neyroendokrin regulyatsiyaning buzilishi ichak kolikasi paydo boʻlishiga sabab boʻladi.Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi ichak tuzilishining anatomik xususiyatlari va asab tizimining rivojlanishiga bogʻliq holda yuzaga keladi, bu holat odatda 12-18 oygacha davom etadi.Bolani ovqatlantirish texnikasi buzilgan taqdirda, boʻsh koʻkrak yoki bolani sut yetmagan holatda oz miqdordagi sut bilan emizish, shuningdek, erta tugʻilgan chaqaloqlarda havoni haddan tashqari ko’p yutish (aerofagiya) kuzatilib, ichak kolikasi paydo boʻlishiga olib keladiYangi tugʻilgan chaqaloqlarda fermentativ tizimlar va ichak disbiozining yoshga bogʻliq va individual rivojlanmaganligi yogʻlar hamda uglevodlarning me’yorda parchalanmasligiga olib keladi, bu esa gaz ishlab chiqarishni koʻpayishiga sabab boʻladi.Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasining rivojlanishi oshqozon-ichak traktining motor va sekretor funktsiyalarini tartibga soluvchi baʼzi moddalar yetishmasligi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Ichak kolikasining sababi tugʻruqdan oldin yoki tugʻruq paytida bola tomonidan oʻtkazilgan gipoksiya va asfiksiya sababli ham boʻladi.yangi tug'ilgan chaqaloqning homiladorlik davri va tana vazni qancha past boʻlsa (yaʼni, muddatidan oldin tugʻilish darajasi qanchalik katta boʻlsa), ichak kolikasini rivojlanish xavfi shunchalik yuqori ekanligi aniqlangan. Erta tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi odatda klinik jihatdan aniqroq va uzoqroq davom etadi.Allergik reaksiyalar (tabiiy oziqlantirishdan sunʼiy oziqlantirishga oʻtishda oziq-ovqat allergiyasining oshqozon-ichak shakli, aralashmalarda oziq-ovqat qoʻshimchalarining mavjudligi va boshqalar) yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ham ichak kolikasini keltirib chiqarishi mumkin. Tugʻma anomaliyalar (quyon lab, boʻri tanglay) ham baʼzida chaqaloqlarda ichak sanchigʻi kelib chiqishiga sababchi boʻladi.Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi rivojlanishini qoʻzgʻatadigan onalik omillari orasida ogʻirlashgan akusherlik-ginekologik anamnez (gestoz), notoʻgʻri emizish, emizuvchi onaning yomon odatlari, qoʻshimcha oziqlanishtirishdagi xatolar (erta davrda sigir suti, juda yogʻli ovqatlar, meteorizmni koʻpaytiradigan ovqatlar berish), ovqatlanish usullari (ortiqcha ovqatlanish, aralashmalarni notoʻgʻri tayyorlash); oiladagi hissiy beqarorlik va stress kabilar asosiy o'rinda turadi.Kolika belgilariKolika bola hayotning dastlabki 3-4 haftaligida paydo boʻladi va 4-6 oylikgacha, baʼzida hattoki 3 yoshgacha davom etadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi xurujlari odatda kutilmaganda, hech bir sababsiz, kunning bir vaqtida, asosan ovqatlanish paytida yoki undan keyin tasodifan boshlanadi.Ichak kolikasi belgilari kuniga 3 soat yoki koʻproq davom etadi, haftada kamida uch kun takrorlanadi va ketma-ket uch hafta davom etadi.Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi baland qichqiriq, chinqirib yigʻlashi, bolaning tashvishlanishi bilan birga keladi, bola oyoqlarini burab, qorniga tortadi. Shu bilan birga, yuz terisining giperemiyasi (qizatishi), qorin old devorining shishishi va tarangligi kuzatiladi. Ichak kolikasining bitta xuruji 30 daqiqadan 3 soatgacha davom etishi mumkin.Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda kuchli ichak kolikasi natijasida bolaning ishtahasi yomonlashadi va ovqat hazm qilish tizimi buzilishi, qorin boʻshligʻida taranglik, qusish, asabiylashish va uyquning buzilishi yuzaga keladi. Ichak kolikasidan xalos boʻlish gaz chiqishi yoki defekatsiyadan keyin sodir boʻladi. Ichak kolikasi xurujlari orasida yangi tugʻilgan chaqaloqning umumiy holati buzilmaydi, qorinni paypaslashda ogʻriq sezilmaydi, yaxshi ishtaha saqlanib qoladi, vazn ortishi yoshiga mos keladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda ichak kolikasi ich qotishi, dispepsiya, gastroezofagial reflyuksiya kabi holatlar bilan birga kechishi mumkin.DavolashDavolash pediatr va bolalar gastroenterologi tomonidan amalga oshiriladi. Har bir organizm tabiatan individualdir va shu sababli ham davolash aynan boladagi ushbu holatning asosiy sababini bartaraf etishga, oshqozon-ichak traktining motor va funksional buzilishlarini tuzatishga qaratiladi.Ichak kolikasining ayrim holatlarini emizikli onaning parhez rioya qilish orqali oldini olish mumkin. Uning taomnomasi tarkibidan sigir suti va mol goʻshti boʻlgan mahsulotlar chiqarib tashlanadi, yogʻlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek gaz ishlab chiqarilishini koʻpayishiga olib keluvchi (xom va tuzlangan sabzavotlar, mevalar, dukkakli mahsulotlar; yangi non va kvas), shokolad, shirinliklar va xamir ovqatlar isteʼmoli cheklanadi.Har bir ovqatlanishdan oldin bolani 5-10 minut qorniga yotqizib, soʻngra ichak harakatini va gaz chiqarilishini yaxshilash uchun soat strelkasi boʻyicha qorinni ozgina silab turiladi. Ichak kolikasi yuzaga kelganda bolani tinchlantirish uchun yangi tugʻilgan chaqaloqning qornini iliq kiyimcha bilan isitishingiz yoki bolani qoʻlingiz bilan koʻtarishingiz mumkin hamda qorin old devorini onaning qorniga bosib turish ham foyda beradi.Aerofagiyaning oldini olish uchun ovqatlantirish texnikasini kuzatish, toʻgʻri holatda emizishga harakat qilish, soʻrgʻichlarni emishini cheklash, ovqatlangandan keyin 10-15 minut davomida bolani vertikal holatda ushlab turish, aralashma bilan boqilganda esa, mos keluvchi aralashmani toʻgʻi tanlash muhim ahamiyatga ega. Agar bolada oziq-ovqat allergiyasining oshqozon-ichak shakli kuzatilsa, oqsil gidrolizat (kazein yoki zardob) asosidagi aralashmalarga, laktaza yetishmovchiligi kuzatilganda esa, past laktoza yoki laktozasiz aralashmalarga oʻtadilar.Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda, ayniqsa erta tugʻilgan chaqaloqlarda ichak shilliq qavatining zaifligi tufayli koʻrsatmalarsiz shamchalar va klizmalardan tez-tez foydalanish maqsadga muvofiq emas.Sezilarli daraja aniqlangan kolika holatida gaz chiqaruvchi va boʻshashtiruvchi fototerapevtik mahsulotlar (arpabodiyon, romashka, yalpiz, shivit) tavsiya etilishi hamda shifokor tomonidan simetikon tarkibli preparatlar, spazmolitiklar, sorbentlar buyurilishi mumkin. Disbakteriozni tuzatish maqsadida probiotiklar ishlatiladi. https://shifomed.uz - a'zosiga aylaning. salomatlik ratsional ovqatlanish va shunga oxshash ko'plab foydali ma'lumotlardan boxabar bo'ling salomatligingiz o'z qo'lingizda
Homiladorlikda qon bosimi oshishi turlariHomiladorlikning istalgan davrida yuqori qon bosimi yoki gipertenziya bo’lishi mumkin. Homiladorlikda qon bosimi oshishi ayolga ko’proq ta’sir etadi. Agar u davolanmasa, kasallik o’zining va bo’lajak farzandining sog’ligi bilan bog’liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.Homiladorlikda gipertenziya turlariQon bosimi 140/90 millimetr simob ustunidan yuqori yoki shunga teng bo’lsa, qon bosimi yuqoriligini bildiradi. Homilador ayollar yuqori qon bosimini 3 turidan birini boshdan kechirishlari mumkin, bular: surunkali gipertenziya, homiladorlik gipertenziyasi va preeklampsiya.Surunkali gipertenziyaSurunkali gipertenziya bilan og’rigan ayollar homilador bo’lishdan oldin yuqori qon bosimi bo’lgan yoki homiladorlikning birinchi yarmida yoki 20-haftasida ularda yuqori bosim paydo bo’lgan bo’lishi mumkin. Ayoldagi surunkali gipertenziya deb nomlangan bu kasallik prreklambsiya bilan birgalikda kelishi mumkin. Surunkali gipertenziyaga ega bo’lgan ayollarda siydikda normal miqdorda bo’lmagan protein bo’lishi ya’ni protenuriya bo’lishi mumkin.Siydikda protein bo’lishi buyraklar bilan bog’liq muammolarni ko’rsatadi. Ayollarda shuningdek, jigar bilan bo’liq muammolar ham bo’lishi mumkin.Homiladorlik bilan bog’liq gipertenziyaHomiladorlikdagi gipertenziya faqat homiladorlik davrida bo’lib, bunda siydikda oqsil bo’lmaydi va jigarda o’zgarish kuzatilmaydi. Ayollarda bu holat odatda, homiladorlikning ikkinchi yarmida yoki 20-haftadan keyin rivojlanadi. Yuqori qon bosimining bu ko’rinishi odatda, vaqtinchalik bo’lib, tug’ruqdan keyin o’tib ketadi. Biroq bu ayolning keyingi hayotida qon bosimi yuqori bo’lishi xavfini rivojlantirishi mumkin. Ba’zi hollarda homiladorlikdan keyin qon bosimi ko’tarilib, bu surunkali gipertenziyaga olib keladi.PreeklampsiyaPreeklampsiya bu — ayollarda homiladorlik davrida yoki tug’ruqdan so’ng rivojlanishi mumkin bo’lgan yuqori qon bosimi kasalligi. Bu og’ir oqibatlarga olib keladigan jiddiy kasallik. Bu odatda, uchinchi uch oylikda sodir bo’ladi. Tug’ruqdan so’ng kamdan-kam hollarda paydo bo’ladi, ammo yuzaga kelishi mumkin.Preeklampsiya belgilari quyidagilarni o’z ichiga oladi:Yuqori qon bosimi;Protenuriya;yuz va qo'llarda shishish;suyuqlik to'planishi sababli tana vaznining ortishi;bosh og'rishi; bosh aylanishi;nafas qisishi;qorinda og'riq;ko'ngil aynishi va qusish;ko'z o'tkirligining kamayishi;yorug'likkga sezgirlikning oshishi.Onaga gipertenziya belgilarimiokard infarkti (yurak xuruji), yurak yetishmovchiligi va ishemik insult xavfi bilan bog’liqligi aniqlangan. Noto’g’ri boshqarilgan yuqori qon bosimi ayolda preeklampsiya va qandli diabet rivojlanishi xavfini keltirib chiqaradi.Yuqori qon bosimi chaqaloqning erta tug’ilishiga, uning o’lchami normaga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bo’lishiga, shuningdek, uning o’limiga olib kelishi mumkin. Onadagi yuqori qon bosimi uning qon tomirlariga ta’sir qiladi. Bu yo’ldosh orqali homilaga keladigan oziq moddalar oqimini kamayishiga olib keladi va natijada bola kam vaznga ega bo’lib tug’iladi. Gipertenziya bilan bog’liq erta tug’ish chaqaloq sog’ligi uchun qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, bolada o’pka to’liq rivojlanmagan bo’lsa, erta tug’ilgan bolada nafas olish bilan bog’liq birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga chiqarishi mumkin.BelgilariAmerika yurak assotsiatsiyasi yuqori qon bosimini “jim qotil” deb ataydi, chunki unga ega bo’lgan ko’pchilik odamlarda kasallikning alomatlari paydo bo’lmaydi. Bu shuni anglatadiki, odamda o’zi bilmagan holda yuqori qon bosimi bo’lishi mumkin. Qon bosimini nazorat qilish prenatal parvarishning muhim qismidir. Ayollarda homiladorlikdan oldin, homiladorlik davomida va homiladorlikdan keyin yuqori qon bosimi paydo bo'lishi mumkinligini yodda tutish muhim hissoblanadi.Homiladorlikda qon bosimi oshishini davolashSurunkali gipertenziya bilan og’rigan ayollar homiladorlik davri davomida antigipertenziv dori vositalarini qabul qilib turishlari kerak. Biroq, ba’zi keng tarqalgan antigipertenziv dori vositalarini homiladorlar qabul qilishlari mumkin emas, shuning uchun kardiolog va ginekolog shifokorlar qabulida bo’lish hamda nazoratda turish lozim.Homiladorlikda qon bosimi o’zgarishi Homiladorlik paytida yuqori qon bosimi xavfini kamaytirishning bir qancha usullari bor. Ular:tuzni iste’mol qilishni cheklash;namlikni saqlab qolish;kelchatkaga asoslangan (meva, sabzavotlar) oziq ovqatlarga boy va qayta ishlangan ovqatlar kam bo'lgan muvozanatli ovqatlanish;muntazam homiladorlik mashqlarini bajarish;prenatal tekshiruvlardan muntazam o’tish;chekish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik.Homilador ayollar butun homiladorlik davomida qon bosimini muntazam ravishda tekshirtirib turishlari tavsiya etiladi, ayniqsa xavf omillari mavjud bo’lsa. Bu kasallikni erta aniqlash va zaruriy chorani o’z vaqtida ko’rsatish imkonini beradi.