#Non

Non yemasa sochlar to‘kiladimi?

Salomatlik

Non yemasa sochlar to‘kiladimi?

Non yeyishdan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?Soch to‘kilishiga sabablar ko‘p, shu sabablar ichida sochlar uchun kerakli bo‘lgan moddalar yetishmasligi ko‘proq yetakchilik qiladi.Hozirda turli ozdiruvchi kurs va marafonlar ko‘payib ketdi va aksariyati asossiz ravishda turli yeguliklarni cheklab tashlayapti, jumladan nonni ham. Bu esa organizmda umumiy ko‘rinishda vitamin va minerallar yetishmasligiga va natijada tashqi ko‘rinishga, jumladan soch va tirnoqlarga o‘zini salbiy taʼsirini ko‘rsatmoqda. Aslida cheklash emas, balki non tarkibiga ko‘ra turini o‘zgartirishni o‘rgatish kerak. Sababi, biz “nonxo‘r” xalqmiz, nonsiz dasturxonimizni tasavvur qila olmaymiz. Cheklangani bilan baribir yeymiz.Bug‘doy ichki (un) va tashqi qobiq (kepak) qismdan iborat. Soch va tirnoqlar uchun kerakli bo‘lgan E, V guruh, RR vitaminlari, sink, magniy, temir va boshqa elementlar aynan qobiq qismida yuqori miqdorda bo‘ladi. Lekin biz foydasiz (ichki) qismini o‘zimiz yeb, foydali qismini hayvonlarga beramiz.Avvallari ota-bobolarimiz bunday muammoga duch kelishmaganini sababi, ular bug‘doydan kepagini ajratmay, boricha maydalab, non qilishgan. Lekin biz eng oliy navidan foydalanamiz, bizga tashqi ko‘rinishi chiroyli, oppoq bo‘lsa bo‘ldi. Bu to‘g‘ri emas!Hulosa qilib aytganda yuqori navli oq nondan voz kechib, o‘rniga foydali nonlar isteʼmol qiling, shunda soch va tirnoqlar uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallar tanqisligi kuzatilmaydi.Foydali nonlar:1–o‘rin: javdar (qora bug‘doy) noni (rus: rjanoy xleb).2–o‘rin: butun donli non (selnozernovoy xleb).3–o‘rin: kepakli non (otrubnoy xleb)4–o‘rin: qora non (chyorniy xleb)5–o‘rin: grechka unidan non (grechnevoy xleb)📌 Agar un olib, uyda non qiladigan bo‘lsangiz imkon qadar past navlisidan oling va alohida isteʼmol kepagidan ham olib, ¼ nisbatda qo‘shib non qilsangiz bo‘ladi.Salomatlik uchun berilgan aksariyat tavsiyalarda xamirturush, shakar qorishmasidan tashkil topgan uglevod va kaloriya manbayi bo‘lgan nonni ratsiondan qisqartirish kerakligi ta’kidlanadi. Aslida ham shundaymi? Non yemaslik qanday oqibatlarga olib kelish mumkin? Quyida ushbu savolga javob beramiz.Vazn tashlashNon uglevod va kaloriyaning koni hisoblanadi. Birgina nonning o‘zi to‘ydirmagani bilan suyuq sho‘rva yoki sabzavotli taomga qo‘shib iste’mol qilinsa, sezilarli darajada kaloriya qo‘shiladi. Nonni yemaslikda eng birinchi vazn tashlash kuzatiladi.Energiya yetishmaydiUn mahsulotlari — kletchatka va uglevodga boy bo‘lib, organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Non iste’mol qilmaslik esa holsizlik va charchoqni his qilishga sabab bo‘ladi. Agar bir vaqtni o‘zida shakarni ham ratsioningizdan chiqarib tashlasangiz, unda tushkunlikka tushib qolish, kayfiyatingiz yomonlashishiga moyillik ortadi.Bundan tashqari, non yemaslik soch to‘kilishiga ham olib kelishini unutmaslik kerak. Shifokorlar umuman non iste’mol qilmaslikni tavsiya qilmaydi. To‘g‘ri ovqatlanish bu nondan butkul voz kechish degani emas, shunchaki uning me’yorida va foydali mahsulotlar qo‘shib tayyorlanganini iste’mol qilish kerak. Murabbo, sariyog‘, yog‘li kolbasa qo‘shib yemasdan, sabzavotlar bilan birga yoki avokadodan buterbrod qilib yeyish tavsiya qilinadi.Nima uchun soch to‘kiladi? Sabablar va yechimlarSoch to‘kilishi – bu har kuni har kim bilan ro‘y beradigan hodisa. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi kuniga o‘rtacha 80 tola soch yo‘qotarkan. Eng qizig‘i, bu insonga umuman sezilmaydi. Ammo soch  ko‘proq to‘kilayotgan bo‘lsa, demak, buning jiddiy sababi bo‘lishi mumkin.Ushbu muammo ayollar orasida ham ancha kengaygan, ularning aksariyati soch to‘kilishi hamda siyraklashishidan norozi. Lekin bu borada ortiqcha tashvishlanishning keragi yo‘q. Ba’zan barcha yo‘qotilgan narsalar o‘rnini yangisi egallaydi. Faqatgina talab etiladigan jihati shuki, siz muammoning sababi va yechimi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz zarur.Irsiyat bilan bog‘liqAgar sochlarning siyrakligi, hajm jihatdan kamligi irsiyatga ko‘ra bo‘lsa, vaqt o‘tib borgan sari bu yaqqol sezilib qoladi. Gohida ayrim soch tuxumdonlari erkaklik gormonlariga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham ingichka va qisqa tolali sochlar o‘sishni boshlaydi.Reaktiv sabablarInson organizmida gormonal nomutanosiblik, vitamin yetishmasligi, tushkunlik, betartib ovqatlanish kabi hollarda ham soch bilan bog‘liq muammolar ko‘payib boraveradi.Sochning o‘sish jarayonida asosan gormonlar muhim rol o‘ynaydi. Estrogenlar (ayol gormoni) sochni tez va yaxshi o‘sishiga yordam bersa, androgenlar (erkak gormoni) o‘sish siklini qisqartiradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, endokrin kasallik tufayli androgenlarning ortishi yuz beradi.Tushkunlik, asabiylik erkak gormonlarining darajasini oshiradi. Shuningdek, ovqatlanish jarayoni va unda yo‘l qo‘yadigan xatolar ham bularning yana bir sababidir.Anemiya – temir moddasining tanqisligi ayniqsa sochlar uchun yaxshi emas, sababi ushbu modda ularning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan oqsillarni ishab chiqaradi.Qalqonsimon bezdagi muammolar tabiiyki, modda almashinuvi va gormonal o‘zgarishlarga olib keladi. Natijada u soch tuxumdonlariga zarar yetkazadi.Organizmdan B12 vitaminining yetishmasligi tanada kislorodni olib yuradigan qizil qon tanachalariga ta’sir o‘tkazadi. Ushbu elementning yetishmasligi ham sochlarda aks etadi.Sochlarni tiklash uchun nima qilish kerak?Eng avvalo, sochdagi muammo organizmning qaysi a’zosi bilan bog‘liq ekanini aniqlash kerak. Bir tola sochning hayot sikli uch oyni tashkil etadi. Demak, ularning to‘kilishi to‘satdan boshlanmaydi va to‘xtab ham qolmaydi. Agar uch oy mobaynida ham vaziyat yaxshilanmasa, trixolog ko‘rigidan o‘tish lozim.Ovqatlanish rejimi ham sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Kundalik ratsionga oqsilga boy bo‘lgan ozuqalarni kiritish ham foyda beradi. Sababi, oqsil sochning zaruriy moddasi hisoblanadi. Tarkibi ugevodga boy bo‘lgan mahsulotar ham soch o‘sishi uchun quvvat beradi. Soch tolalarini mustahkamlashga temir, B12, C, D3 vitaminlari, L-lizin va L-metionin aminokislotalari yordam beradi.Unutmang, dastlab soch yaxshi parvarish qilinsa, yuqoridagi muammolar kelib chiqmaydi. Soch sun’iy usullar bilan turmaklanganda, quritgich, dazmol va shunga o‘xshash vositalardn foydalanilganda ham tez to‘kiladi hamda hajm jihatdan kamayib boraveradi.

Ko'proq o'qish