#Oshqovoq urug`i

Oshqovoq urug`i foydalari

Salomatlik

Oshqovoq urug`i foydalari

Qovoq urug'ining foydali xususiyatlariNafaqat qovoqning o‘zi, balki uning urug‘lari ham sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. Barcha uchun birdek zarur bo‘lgan qovoq urug‘lari to‘yimli hamda vitamin va minerallarga boydir. Qovoq urug‘ining insonlar uchun eng muhim bo‘lgan xususiyati shundaki, uning tarkibida magniy va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, qovoq urug‘i yog‘i marganets, mis, temir va ruhning manbayi hisoblanadi.Qovoq urugʼining insonlar uchun eng muhim boʼlgan xususiyati shundaki, uning tarkibida magniy va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, qovoq urugʼi yogʼi marganets, mis, temir va ruhning manbasi hisoblanadi. Magniy yaxshi kayfiyat va mustahkam uyquni taʼminlasa, marganets − kollagen sintezi, biriktiruvchi toʼqima va suyaklarning sogʼligʼi uchun juda muhimdir. Temir tanada kislorod aylanishini, sink − immunitetni, mis esa energiya ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi. Bular qovoq urugʼining organizm uchun foydali xususiyatlarining faqat bir qismidir.Аsal bilan qovoq urugʼi anchadan buyon bolalar va vazni kam boʼlgan kattalar uchun ozuqaviy qoʼshimcha sifatida ishlatiladi. Qovoq urugʼining xususiyatlaridan biri − uning tarkibida foydali yogʼlarning koʼpligi bilan bogʼliq. Ushbu mahsulot omega-3 kislotalarining eng yaxshi manbasi hisoblanadi, shuningdek, alfa-linolenik kislota ham mavjud. Tarkibdagi yogʼ kislotalari yurak, qon-tomirlarini yalligʼlanish va kasalliklardan himoya qiladi.Qonda shakar miqdorini barqarorlashtiradiQandli diabetga chalingan bemorlar uchun qovoq urugʼining eng birinchi foydasi − qondagi qand miqdorini nazorat qilish. Qovoq urugʼini har kuni isteʼmol qilish insulin ishlab chiqarishni yaxshilashga yordam beradi va kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi.Qovoq urugʼi gijjalarni yoʼqotadiQovoq urugʼidan bolalardagi gijjalarni yoʼqotishda foydalanish ajoyib gʼoya. Tarkibida kukubritin moddasi parazitlar uchun zaharli boʼlib, inson tanasiga xavf solmaydi.Qovoq urugʼlari kimlarga mumkin emasVazn masalasida jon kuydiradiganlar uchun qovoq urugʼining yagona zarari yuqori kaloriya boʼlishi mumkin. Ularga kundalik ravishda 100 grammdan koʼp boʼlmagan urugʼ isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, qovoq urugʼi meʼda shirasining yuqori kislotaliligi va boshqa oshqozon-ichak kasalliklari uchun xavfli boʼlishi mumkin. Shuning uchun ham urugʼning foyda va zararlarini taqqoslagan holda ularni ratsionga kiritish mumkin.Kimyoviy tarkibi: (100 gr)Oqsil — 33 gYogʻ — 42 gUglevod — 12Kletchatka — 18 gQuvvati — 446 kkalTarkibida koʻp miqdorda vitamin va minerallar saqlaydi.Toʻyinmagan yogʻ kislotlari va omega–3 manbai hisoblanib, yurak qon-tomir tizimi uchun judayam foydali.Tarkibida:• Vitamin D — suyaklarni mustahkamligi, ichaklardan kalsiyni soʻrilishi uchun kerak.• Rux (sink) — soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi, immunitetni koʻtaradi, erkaklar gormoni — testosteron miqdorini oshiradi.• Magniy — nerv va yurak-qon tomir tizimi uchun nihoyatda zarur element boʻlib, qon bosimini ham tushiradi.• 100 g urugʻ tarkibidagi temir, sutkalik extiyojni qondiradi.Tibbiyotda jigar kasalliklarida, boshdagi qazgʻoqlarda, soch toʻkilishida, yuzga har xil toshmalar toshganda, ichak parazitar-gelmintoz kasalliklarida, siydik haydovchi (diuretik) vosita sifatida keng qoʻllaniladi.Yogʻidan esa, sklerozda, gastritda, oshqozon yarasi va prostatit kasalliklarida foydalaniladi.Bundan tashqari:• Uyqusizlikda• Buyrak kasalliklarida• Diabetda• Qalqonsimon bez kasalliklarida • Erta qarishni oldini olishda foydalaniladi.Sutkalik me’yori:✓ Kattalarga 80-100 gramm. ✓ Bolalarga 30-40 gramm. ✓ Homilador va emizikli ayollarga ayni muddaodir, ularga 50-60 gramm.Nahorga yoki och qoringa yoki ovqatlangandan 2-3 soat oʻtib isteʼmol qilish kerak!Oshqovoq urug’i vaznni yo’qotishga yordam beradi. U vujudda yog' yoqish va mushak to'plash uchun juda samaralidir. U sink, kaltsiy, oqsil va tolaga boy. Tarkibidagi elyaf ovqat hazm qilish tizimiga yordam beradi va kun davomida ochlikni kamaytiradi. Bu sizni kun bo'yi ortiqcha ovqatlanishdan saqlaydi va semirishni oldini oladi. Sink vujuddagi yog' miqdorini yo’qotishga yordam beradi.Qovoq urug'i bu yurak uchun foydali antioksidantlar, magniy, sink va yog’ kislotalarining manbaidir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ushbu urug'dan olinadigan yog' yuqori qon bosimi va yuqori xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Bu yurak xastaligi uchun ikkita muhim xavf omilidir.Qovoq urug'i oshqozon, ko'krak, o'pka, prostata va yo'g'on ichak saratoni xavfini kamaytiradi.  Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qovoq urug'ini iste'mol qilish menopauzadan keyingi ayollarda ko'krak bezi saratoni xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, ko'krak bezi saratonini oldini olish va davolashda muhim rol o'ynashi mumkin. Shuningdek, prostata saratoni hujayralarining o'sishini sekinlashtiradigan xususiyatga ega.Siydik yo'li infeksiyasini davolash mumkinQovoq urug'i yog'i erkaklarda siydik yo'llari kasalliklarini davolashda ayniqsa foydalidir. Buni prostata kengayishi kabi muammolarni oldini olish orqali amalga oshiradi. U shuningdek, prostata bezining giperplaziyasi (BPH) alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.

Ko'proq o'qish