Ko'p e'tibor beraman bozorlarda, do'konlarda quyosh tushib turadigan joylarga suvlarni qo'yib qo'ygan bo'ladi. Ayniqsa yozda "optom"chilarda bloklab suvlar tashqarida quyoshda turadi. Hech kim nazorat qilmaydi, hech kimga kerak ham emas. Shunchaki ustini yopib qo'ysa ham bo'ladi, lekin shuni ham qilmaydi.Quyoshda qolgan suvni 2 ta xavfli tarafi bor:1. Saraton kasalligini rivojlanish xavfini oshiradi.2. Suv haroratini ko'tarilishi undagi ichak tayoqchalarini ko'payishiga, bu esa ichak infeksiyalari rivojlanishiga olib keladi. Avvallari bu suvni "oftoba suv" deyishgan va terida turli kasalliklarni keltirib chiqarishini bilganlar hattoki yuvinish uchun ishlatishmagan.Shayx Muhammad Sodiqning "Kifoya" kitobi, tahorat bo'limida quyoshda isigan suvga tahorat qilish makruhligi yozilgan.Nafaqat zamonaviy tibbiyot, balki dinimiz ham bejizga 14 asrdan beri bunday suvlardan foydalanishdan qaytarmagan.Quyoshda qolgan oddiy, toza suvda shuncha muammo paydo bo'lsa, rangli gazli suvlarda nima bo'lar ekan?