Ortiqcha vaznga sabab bo'luvchi 6 ta asosiy odatlar

Ortiqcha vaznga sabab bo'luvchi 6 ta asosiy odatlar

Bo'lim: Salomatlik

Ortiqcha vazn nimadan kelib chiqishi


 1️⃣Yetarlicha uxlamaslik! Oʻz vaqtida va yetarlicha uxlamaslik oqibatida uglevodlarni (meva, shakarli mahsulotlar) isteʼmol qilishga xohish kuchayadi. Bu esa ortiqcha vaznga sabab boʻladi! 

2️⃣Gazli ichimliklar! Ularning tarkibida nafaqat shakar miqdori, balki organizmingiz uchun kerak boʻlmagan turli xil ximikatlar ham mavjud.

3️⃣Nonushta qilmaslik! Koʻpchilik nonushta qilmaslik vazn yoʻqolishiga olib kelishiga ishonishadi. Ammo, aynan foydali nonushta orqali organizmingiz butun kun davomida kerakli boʻlgan energiyani oladi.

4️⃣Shoshilib ovqatlanish! Juda tez ovqatlanish natijasida ovqatni yaxshilab chaynay olmaysiz. Qolaversa, oshqozon miyaga toʻyganligi haqidagi belgini berishi uchun 20 daqiqa vaqt ketadi. Shuning uchun, ovqatni asta va yaxshilab chaynab isteʼmol qilish juda muhim!

5️⃣Jismoniy harakatning kamligi evaziga tanada stress uchun javobgar gormon - kortizol - ortadi. Bu esa surunkali stressga ham olib kelishi mumkin! Har kuni hech boʻlmaganda 30 daqiqa sayr qilish sogʻligʻingiz uchun zarur.

6️⃣Turli hil noto'g'ri diyetalar organizmingiz uchun yana bir stress boʻlib xizmat qiladi. Qolaversa, diyeta vaqtida tashlagan vazningiz sizga keyinroq ikki marotaba koʻproq boʻlib qaytadi!

Hozirgi davrda ekologiyaning yomonlashib, texnologiyalarning rivojlanib ketishi insonlarga zarar keltiradigan oziq-ovqat mahsulotlarining yildan yilga ortib borayotgani organizmda yog‘ qatlami to‘planib, qalinlashishiga olib kelmoqda. Ilgari, semiz insonlarning soni bugunga nisbatan kam bo‘lgan. Bugun esa har bir oilada kamida bir nafar yuqori qon bosimi, qandli diabet kasalliklari va ortiqcha vaznga ega bo‘lgan odamni uchratasiz. Buning sababi — insonlarning ovqatlanishga
bo‘lgan munosabati, gormonal buzilishlar va kamxarakatlik hisoblanadi.

Organizmda insulin gormoni ortib borar ekan, yog‘ qatlami ham shunga yarasha ko‘payib boradi. Yuqori uglevodli mahsulotlar (xamirli ovqatlar, shirinliklar)ni, ya’ni insulin gormonini oshiradigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilib, shunga yarasha jismoniy harakat bo‘lmagandan keyin semizlikka bo‘lgan moyillik kuchayadi. Demak, noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakatlilik ortiqcha vaznga olib keladi. Oqibatda, bu qator yondosh kasalliklarning rivojlanishiga qulay muhit yaratib beradi.


O'z-o'zidan semirib ketishning 5 sababi

1. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo

Gipoterioz vazn ortishining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Agar qalqonsimon bezdan yetarli miqdorda gormon ajralib chiqmasa, metabolizm sekinlashadi va bu vazn to‘plashga olib keladi. Shuningdek, doimiy charchoqni his qilish, haroratning o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, ayollar gipoteriozga erkaklarga nisbatan 8 marta ko‘proq chalinadi.

2. Kushing sindromi

Bunda organizmdan juda ko‘p miqdorda stress garmoni — kortizol ajralib chiqadi. Qorin, yelka, bo‘yin va yuzda yog‘ qatlamlari ko‘payib, tananing boshqa qismlari o‘sha holicha qolishi kuzatiladi. Kushing sindromining kelib chiqish sabablari steroidlarni qabul qilishi yoki organizmdagi o‘smalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

3.Preparatlar

Antidepressantlar, kontraseptik tabletkalar vazn to‘plashga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sabab ularni iste’mol qilishdan avval annotatsiyasi bilan tanishish, eng asosiysi esa shifokor maslahatisiz, o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik kerak.

4. Polikistoz

Tuxumdonlar polikistozida testosteron miqdori ko‘payadi. Bunda boshqa simptomlar singari vazn ortishi ham kuzatiladi. Ushbu kasallikni davolash uchun shifokorga murojaat qilish kerak, vazn ortishi to‘xtamasa parhez tutish va sport bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi.

5. Depressiya

Depressiyaning bir qancha simptomlari bor. Ulardan eng ko‘p uchraydigani, tushkun kayfiyatda bo‘lish hisoblanadi. Shuningdek, energiya yetishmasligi, uyquda muammolar buning oqibatida esa ichkilikka ruju qo‘yish kuzatiladi. Bularning bari esa vazn to‘plashga olib keladi. Bunday vaziyatda befarq bo‘lmaslik, mutaxassisdan tavsiyalar olish va inson sevgan ishi bilan shug‘ullanib kayfiyatini ko‘tarishi kerak bo‘ladi.


O'xshash maqolalar