Isiriqning xususiyatlari

Isiriqning xususiyatlari

Bo'lim: Salomatlik

Isiriq

Isiriq o'simligi (dalda ham, bog'da ham yerda o'sadigan) ko'plab foydali xususiyatlarga ega bo'lgan bir o'simlikdir. Isiriq o'simligi asosan Eyropada, Osiyoda va Amerikada keng tarqalgan. U ko'plab navlarga ega bo'lib, har bir turi o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Osimlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bolsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig`lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan.

  • Isiriq o'tini kuydirib, biroz hidlansa bosh ogrigi yoqoladi;
  • Isiriq urug'i qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zigir urugi  bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo boladi;
  • Isiriqning shonalash davrida olinadigan oti va uruglari davolashda ancha samarali hisoblanadi;
  • Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qollash mumkin. Bu xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi;
  • Osimlikning shirasi – katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan yuz yuviladi);
  • Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qoyish mumkin;
  • Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi;
  • Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urugi, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, zafaron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qoshilib kuniga bir mahal ichiladi;
  • Ich dam bolganda isiriqga, petrushka urugini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo`ladi;


Isiriq peshob haydovchi, tish ogrigi, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud!

Isiriq ming dardga davo bunga shubha yo'q. Ammo mutaxassislar undan homiladorlik va emizikli davrda foydalanmaslik yoki juda kam miqdorda foydalanishni tavsiya qilishadi.

Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" asarida isiriqdan homiladorlar va emizikli ayollar aslo foydalanmasliklari haqida alohida ta'kidlagan.

Unga ko'ra, yuqori dozadagi isiriq xavflidir. Chunki u yuqori toksiklik darajasiga ega. Isiriq tarkibidagi moddalarning haddan tashqari yuqori dozasi o'limga olib kelishi mumkin.

Ogohlantirishlar:

Isiriq o‘ti ba’zi odamlar uchun allergik reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar teriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri surtilsa, ehtiyotkorlik kerak, chunki bu allergik teri reaktsiyalariga olib kelishi mumkin.

U ham dorilar bilan o‘zaro ta’sir qilish ehtimoli bor, shuning uchun isiriq o‘ti ekstraktlarini yoki preparatlarini ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Isiriq o‘ti ba’zan oshqozon yoki ichak tizimini too‘qima sifatida qo‘llanilganda, ayrim kishilarda noxush holatlar keltirib chiqarishi mumkin.

O'xshash maqolalar