⏳5 SONIYA QOIDASI Tushib ketgan luqmani olib, yesa bo'ladimi?

⏳5 SONIYA QOIDASI Tushib ketgan luqmani olib, yesa bo'ladimi?

Bo'lim: Salomatlik

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangizdan bir luqma tushib ketsa, undagi zararni ketkazsin, soʻngra yesin”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar biringizning yeguligingiz yerga tushib ketsa, uni koʻtarib, sirtini begona narsalardan tozalab yesin, nasibasini shaytonga qoldirmasin”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Aston universiteti professori Entoni Xilzning olib borgan tadqiqot natijalariga koʻra, yerga tushib ketgan yegulikni besh soniya ichida yerdan olib isteʼmol qilish sogʻliq uchun xavfsiz ekan. Chunki bu vaqt ichida hech qanday mikroorganizm yegulikka tegishga yoki uni zararlashga ulgurmas ekan.

Demak, tushib ketgan yegulikni 5 soniya ichida olsak, unga zarar yetmagan bo'ladi va qo'rqmasdan yesak bo'ladi.

 

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar