Vaksina (emlash privivka) to'g'risida

Vaksina (emlash privivka) to'g'risida

Bo'lim: Salomatlik

Vaksina

Vaksinatsiya — bu kasalliklarning oldini olish uchun inson tanasiga maxsus tayyorlangan vaksinalarni kiritish jarayoni. Vaksinalar organizmning immun tizimini mustahkamlab, kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilishga yordam beradi.

Vaksinatsiyaning ahamiyati

1️⃣ Kasalliklarning oldini oladi: Vaksinatsiya og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Masalan, poliomiyelit, qizamiq va boshqa infeksiyalarning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi.
2️⃣ Jamoaviy immunitetni shakllantiradi: Ko‘pchilik vaksina olsa, kasallik tarqalishi ehtimoli kamayadi. Bu emlanmagan insonlarni ham himoya qiladi.
3️⃣ Og‘ir asoratlardan saqlaydi: Vaksinatsiya infeksiyalarning og‘ir asoratlari (masalan, nogironlik yoki o‘lim)ning oldini oladi.
4️⃣ Moliyaviy tejamkorlik: Kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi.

Vaksinatsiya qanday amalga oshiriladi?

– Vaksinalar in’eksiya yoki og‘iz orqali kiritiladi.


Vaksinatsiyaning turlari

🟥 Rejali vaksinatsiya: Bolalar va kattalarga milliy emlash kalendariga asosan belgilangan vaqtda vaksina kiritiladi.
🟥 Favqulodda vaksinatsiya: Epidemiyalar yoki kasallik tarqalishi xavfi tug‘ilganda amalga oshiriladi.
🟢 Vaksinatsiyadan keyin nimalarga e’tibor berish kerak?
– Vaksinadan keyin kichik isitma, qichishish yoki kuchsizlik kabi normal reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Bular odatda qisqa muddatli bo‘ladi.
– Jiddiy reaksiyalar juda kam hollarda yuz beradi. Shuning uchun vaksina olgandan keyin shifokor tavsiyalariga rioya qilish lozim.

Vaksinatsiyaga qarshi ko‘p tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalar

➡️ “Vaksinalar xavfli” degan fikr noto‘g‘ri: Vaksinalar klinik sinovlardan o‘tib, xavfsizligi va samaradorligi isbotlangan.

➡️ “Kasallik bo‘lmaslik uchun yaxshi immunitet kerak”: Vaksinatsiya immunitetni kuchaytirishning eng samarali usulidir.

❗️ Xulosa: Vaksinatsiya nafaqat shaxsiy salomatlikni himoya qiladi, balki butun jamiyat sog‘lig‘ini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Har bir inson o‘zi va farzandlari uchun emlash jarayonida faol ishtirok etishi lozim.

Emlash muolajalari jadvali

Bolani emlatish — bu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon. Bunda shifokor maslahati bilan ish yuritish lozim. Lekin shuni unutmangki, emlash — bola organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchisining zaiflashtirilgan yoki faol bo‘lmagan shaklini kiritishdir. Tana u bilan kurashib, kelajakda shu kasallikka qarshi immunitet hosil qiladi.
Demak, emlatish vaqtida bir nechta preparatni qabul qilish masalasini shifokor bilan muhokama qilish lozim. Zamonaviy tibbiyotda ayrim vaksinalarni bir kunda qilish mumkinligi ilmiy asoslangan.


Qo‘shimcha muhim ma’lumotlar

◾️ Vaksina tarkibida tirik, lekin zaiflashtirilgan yoki o‘ldirilgan mikroorganizmlar bo‘ladi, ular kasallik chaqirmaydi, balki immun javob hosil qiladi.
◾️ Ba’zi vaksinalar bir necha bosqichda qilinadi (revaksinatsiya), chunki immunitetni mustahkamlash uchun qayta dozalar zarur bo‘ladi.
◾️ Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar ham emlanadi, faqat ularning holatiga qarab jadval shifokor tomonidan belgilanadi.
◾️ Agar bolada o‘tkir isitma yoki og‘ir kasallik bo‘lsa, emlash vaqtincha kechiktirilishi mumkin.◾️ Emlashdan keyin ukol qilingan joyni ishqalamaslik, bolani bir necha kun kuzatib borish tavsiya etiladi.
◾️ Emlashdan keyin ukol qilingan joyni ishqalamaslik, bolani bir necha kun kuzatib borish tavsiya etiladi.

Bolalarni emlashda qanday qoidalar mavjud???

⭕️ Qon va siydik tahlilisiz bolalarni emlashga ruxsat etilmaydi.
⭕️ Bolalar nevropatologi xulosasi shart bo‘ladi.
⭕️ Allergolog ko‘rigi ham kerak!
⭕️ Emlashdan keyin har ehtimolga qarshi isitma tushiruvchi Ibufen sirop yoki paratsetamol shamchasi bo‘lishi kerak.
⭕️ Vaksina oldidan turli xil yangi turdagi ovqat bermaslik kerak.
⭕️ Vaksinadan ikki kun oldin antigistamin preparatlar berish allergiyani oldini oladi.
⭕️ Bolalarni emlash og‘riqli bo‘ladi deb hech qachon qo‘rqitmang. Onani ham, otani ham, buvini ham.
⭕️ Bolaning eng yaxshi ko‘rgan o‘yinchog‘ini yoki biror yangi o‘yinchoqni sotib olib, emlashdan keyin tinchlanishi uchun bering.


Quyidagi holatlarda emlashdan oldin ehtiyot bo‘lib, vrachga xabar berish kerak:

➡️ Agar bolada oldin qaysidir privivkaga qattiq reaksiya bo‘lgan bo‘lsa, shu turdagi privivkani olishdan oldin vrachga bolada bo‘lib o‘tgan reaksiya haqida xabar bering;
➡️ Bolada isitma bilan bog‘liq bo‘lmagan tutqanoq (sudoroga) holati bo‘lgan bo‘lsa;
➡️ Epilepsiya kasalligi bo‘lsa;
➡️ Bola kasal bo‘lib, isitmasi chiqayotgan bo‘lsa;
➡️ Bolaga qilinayotgan privivka kasalligini yuqtirib bo‘lgan bo‘lsa;
➡️ Emlanishdan so‘ng bola boshqa mamlakatga ketayotgan bo‘lsa.

❗️ Muhim: Vaksinatsiya — ilmiy asoslangan, samarali va xavfsiz profilaktika usuli bo‘lib, jiddiy infeksion kasalliklarning oldini olishda eng kuchli himoya vositasidir.

O'xshash maqolalar