
Jiyda mevasining foydali xususiyatlari
Foydali xususiyatlari
Jiyda tarkibida juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Masalan, uning mevasida kaliy moddasi mavjud, bu inson organizmida yurak-qon tomirlari tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘z navbatida insult, infarkt va boshqa muammoli xastaliklari kelib chiqishining oldini oladi. Xushbo‘y moddalar mavjudligi uning biriktiruvchi ta’sirchanligiga asos bo‘ladi.
Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega va uyqu dorilar bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, ularning faolligini oshiradi. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi, va g‘azablanish, asabiylashuvning oldini oladi. Jiyda tinchlantirish faolligi bilan birgalikda salomatlikni mustahkamlaydi.
Bo'y o'stirishda jiydaning ahamiyati
jiydaning 500 gramini 4 liter suv bilan usti yopiq idishda 20 minut qaynatib takror takror 2 oy 3 maxal 40 gramdan ichilsa bo'y o'sishiga yordam beradi. Bo'y o'smay qolishiga vitaminlar sabab bo'ladi.
Pazandalikda ishlatilishi
Uning yangi uzilgan mevasini turli pishiriq-desertlarga qo‘shish mumkin. Bundan tashqari undan murabbo va jemlar tayyorlash mumkin.
Jiyda mevasining foydalari va u bilan davolash
Jiyda mevasi xalq tabobatida keng ishlatiladi. Darmon dorilar tarkibida uning mevasi bilan bir qatorda guli, barglari va novda po‘stloqlari ham ishlatiladi. Masalan, mevasining damlamasidan ovqat hazm qilish muammolarini hal etishda, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan forig‘ bo‘lish maqsadida g‘arg‘ara qilib og‘izni chayish yo‘li bilan foydalanish mumkin.
Jiyda mevasining shifobaxsh barglari
Barglari revmatizm, podagra va radikulitni davolash jarayonida yaxshi yordam beradi. Barglarini yana jarohat va yaralarga bog‘lab, shamollashni olish va jarohat bitishini tezlashtirishda foydalaniladi.
Bundan tashqari jiyda mevasidan bavosirni davolashda foydalaniladi. Novdasi po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama qon ketishini to‘xtatishda yaxshi shifobaxsh vositadir. Mevasining sharbati bezgak va qon bosimini davolash jarayonida iste’mol qilinadi.
Jiyda mevasining qaynatmasi
Mevasining qaynatmasi nafas yo‘llari, bezgak va shamollash kasalliklarini davolashdayordam beradi. Bundan tashqari, bu qaynatmadan yo‘g‘on ichak, oshqozon va ichak yo‘llarini davolashda yaxshi yordam beradi, shuningdek u ichketarda ham yordam beradi.
Uning gullari va barglaridan ham shifobaxsh damlama tayyorlash mumkin. Bu damlama qon bosimida va yuqori haroratni tushiruvchi tabiiy vositadir. Shuningdek, u yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kolitdan forig‘ bo‘lishda ijobiy natija beradi.
Jiyda mevasidagi vitaminlar
Jiyda mevasining etida kaliy va fosfor tuzlari hamda B1, B2, PP, va E vitaminlar borligi aniqlangan.
Tabobatda mevasi yoki damlamasidan nafas yo‘llari shamollaganida, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Abu Ali ibn Sino qonni tozalashda, ich ketishda, ishtaha ochishda jiydani tavsiya qilgan. Kamqonlik, teri qazg‘oqlanishi, bo‘y o‘smasligi holatlarida foydasi tegadi. Shuningdek, tanada tuz-suv mutanosibligini saqlash va fikrlash qobiliyatini oshirishda ham yordam beradi.
Barglari C vitaminiga juda boy. Bahor va yoz oylarida 150-200 mg, kuz oylarida 251-330 mg.gacha C vitamin to‘planadi. Barglari terida tuzalmaydigan yaralarni, bodni davolashda qo‘llaniladi. Bargi va gullaridan tayyorlangan damlama qand kasaliga qarshi ishlatiladi.
Jiyda mevasi sanoatda
Jiyda gullaganida efir moylarini ishlab chiqaradi. Bu moylarning biologik xususiyati, birinchidan, hasharotlarni jalb etib, gullarining changlanishini tezlashtirsa, ikkinchidan, gullash paytida birorta ham chorva hayvonlari uning bargi yoki gulini emaydi. Chunki efir moylari nafaqat hayvonlar, balki inson tanasiga, xususan, asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jiydalarda efir moyi bo‘lgani uchun jiydazorlarda asalari boqiladi. Gulidan olingan asal juda sifatli va xushbo‘y bo‘ladi. Yana gulidan efir moylari olinadi. Bular tibbiyotda, qandolatchilikda va attorlikda ishlatiladi.
Mevasidan oziq-ovqat sanoatida totimli sharbatlar tayyorlanadi. Yog‘ochi mustahkam, qattiq bo‘lganidan o‘ymakor narsalar va musiqa asboblari yasaladi. Tanasi suvga chidamli bo‘lgani uchun yog‘ochidan ko‘priklar ham quriladi.
Daraxtining elimi noyob arab elimi o‘rnini bosa oladi. Undan lak, sifatli yelim, bo‘yoqlar olishda foydalaniladi.