
Anemiya (kamqonlik) turlari va uni davolash
Anemiya (kamqonlik)
Anemiya – bu qondagi gemoglobin darajasini pasaytiradigan sog'liqdagi muammo. Ko'pincha qizil qon tanachalari soni parallel ravishda kamayadi. Odamlar bu patologiyani "kamqonlik"deb ham atashadi. Kam gemoglobin mustaqil kasallik emas. Bu asosiy kasallikning natijasidir, shuning uchun agar bemorda anemiya aniqlansa, shifokor unga keng qamrovli tekshiruvni buyurishi kerak.
Psevdoanemiya va yashirin anemiya tushunchalari
Psevdoanemiya-bu shish rezorbsiyasi paytida to'qima suyuqligining qon oqimiga kirishi.
Yashirin anemiya-bu suvsizlanish paytida suyuq qon tarkibining katta qismini yo'qotish natijasidir (diareya, qusish, giperhidroz tufayli yuzaga kelishi mumkin).
Anemiya yoki kamqonlik atamasi ostida qon hajmining birligida qizil qon pigmentining (gemoglobin) yoki qizil qon tanachalarining (eritrositlar) yetishmasligi tushuniladi. Anemiya quyidagi sabablarga ega bo‘lishi mumkin: o‘tkir yoki surunkali qon yo‘qotish (yara, operasiya, oshqozon-ichak sohasida qon yo‘qotish); qon hujayralarining tez nobud bo‘lishi yoki eritrositlar hayotining davomiyligining qisqarishi; bir xil, balanslashtirilmagan oziqlanish, qon uchun foydali bo‘lgan elementlarning tanqisligi (oqsil, temir, foliy kislotasi, B12 vitamini, mis); ichakda muhim elementlarning so‘rilishining buzilishi (surunkali oshqozon-ichak kasalliklari tufayli). Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu — temir moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlardagi yetishmovchiligi uning organizmdagi defisitga olib keladi. Qon tizimi yetarli darajada temir moddasini qabul qilmasa, u o‘z navbatida gemoglobinning yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda esa eritrositlar unga yetarli darajada qoniqmasdan, organizm yetarli miqdorda kislorodga erishmaydi.
Anemiya sabablari
- ko’p qon yo'qotish;
- yangi qon hujayralarining shakllanishi jarayonining buzilishi;
- qonni yo'q qilinishining patologik jarayonlarini faollashtirish.
Anemiya belgilari
- teri shilliq pardalarning oqarishi;
- migren;
- charchoqning kuchayishi;
- quloqlarda shovqin;
- ovqatlanmay qo'yish;
- doimiy uyquchanlik;
- havo etishmasligi hissi;
- bosh aylanishi;
- tezlashgan yurak urishi;
- libidoning pasayishi, erkaklarda jinsiy kuchsizlik;
- hayz siklning buzilishi;
Agar sizda shunga o'xshash alomatlar bo'lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing. Kasallikning oldini olish oqibatlarga qarshi kurashishdan ko'ra osonroqdir..
Tasnifi
Anemiya kasallik emas, balki qon tizimining birlamchi shikastlanishi yoki unga aloqasi bo’lmagan aksariyat kasallik va patologiyalar bilan bog’liq bo’lgan simptom sanaladi. Kamqonlikni tasniflash uchun amaliy maqsadga muvofiqlik tamoyilidan foydalanish qabul qilingan. Yuzaga kelgan klinik amaliyot quyidagi klassifikatsiyaga mos keladi:
- O’tkir qon yo’qotish bilan bog’liq;
- Qizil qon hujayralari ishlab chiqarilishining buzilishi bilan bog’liq: aplastik, temir tanqisligi, megaloblast, sideroblast turi, surunkali kasalliklar;
- Qizil qon hujayralarining ko’p miqdorda shikastlanishi yoxud gemolitik anemiya.
Zamonaviy klassifikatsiya anemiyani differentsial tashxislash imkonini beradigan klinik-laboratoriya xususiyatlariga asoslangan. Anemik sindromning sabablarini aniqlash jarayonida tibbiy tadqiqotlar majmuini o’tkazishda «qonning ferritin zardobi» ko’rsatkichi alohida o’rin tutadi.
Klinik belgilari
Ko’pincha kamqonlik aniq namoyon bo’lmaydi va e’tibordan chetda qoladi. Bemor salomatligidan shikoyat qilmaydi, muammo esa umumiy qon tahlili topshirishda tasodifan aniqlanadi.
Kamqonlikda qoida tariqasida, anemiya gipoksiyasi rivojlanishi oqibatida rivojlangan holatlardan shikoyat qilinadi. Yengil shakllarda bu zaiflik, charchoq, umumiy holsizlik va diqqat-e’tiborning pasayishi bilan namoyon bo’ladi. Jiddiy shakllarda bemorlarda kam yoki o’rtacha zo’riqishlarda hansirash, yurak o’ynashi, bosh og’rig’i, quloq shovqinlanishi, uyqu, ishtaha va jinsiymayl buzilishi kuzatilishi mumkin.
Juda kuchli kamqonlikda yoki hamrohlik qiluvchi kasalliklar mavjudligida yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Ko’pincha, o’rta va og’ir kamqonlikning diagnostik muhim alomati teri, shilliq qavatlarning oqimtir rangda bo’lishi sanaladi. Bundan tashqari, tashxislashda xeyloz va koylonixiya rivojlanishi, yurak impulsining kuchayishi va funktsional sistolik shovqin paydo bo’lishi kabi belgilar ham muhim ahamiyat tutadi.
Gipoksiya bilan bevosita bog’liq bo’lgan umumiy simptomlardan tashqari, etiologiya va patogenezdan kelib chiqib qarab boshqa alomatlar kuzatilishi mumkin. Misol uchun, B12 tanqisligida sezuvchanlikning buzilishi, gemolitik anemiyada sariqlik va hokazo.
Homiladorlik davrida kamqonlik
Homiladorlik davrida kamqonlikning barcha turlari ichida temir moddasi yetishmasligi bilan bog’liq turi eng ko’p kuzatiladi. Bu temirga bo’lgan sutkalik ehtiyojning 0,6 dan 3,5 mg ortishi bilan bog’liq bo’lib, ushbu ehtiyoj mikroelementning oziq-ovqatlardan so’rilish qobiliyatidan (kuniga 1,8-2 mg) ko’proqdir. Temir homila va yo’ldoshning shakllanishiga sarflanadi.
Homiladorlik davrida kamqonlik davom etaversa, u jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, xususan:
- Homilaning kislorod ochligiga duchor bo’lishi, bu normal rivojlanish uchun, ayniqsa miyaning, salbiy ta’sir ko’rsatadi;
- Og’ir anemiyali ayollar homiladorlik vaqtida o’zlarini yomonroq his qiladi;
- Muddatidan oldin tug’ish ehtimoli ortadi;
- Tug’ruqdan keyin infektsiya rivojlanish xavfi yuqoriroq bo’ladi.
Homilador ayollardagi kamqonlikni fiziologik giperplaziyadan farqlay bilish kerak. Ikkinchi holatda qon massasining 23-24% ga ko’payishi tufayli gematokrit, gemoglobin va qizil qon hujayralari miqdorining foiz ulushi kamayadi.
Kamqonlikni davolash
Anemiyani davolashning to‘liq jarayoni shifokor nazorati ostida o‘tishi kerak. Birinchidan, qizil qon tanachalari va gemoglobin miqdori xavfli past ko‘rsatkichlarga tushib qolmasligi uchun ehtiyot bo‘lish kerak. Ikkinchidan, ichki qon ketish kabi o‘ta tahlikali anemiya sababini o‘tkazib yubormaslik kerak.
Yengil anemiya temir moddasi yuqori bo‘lgan ovqatlarga va ushbu metallni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat qo‘shimchalariga asoslangan maxsus parhez bilan davolanadi. Bu va boshqasini ham uzoq vaqt davom ettirish kerak: bir necha hafta va oylar davomida, hatto qizil qon tanachalari va gemoglobin miqdori normal qiymatlarga qaytgandan keyin ham — bularning barchasi tanada temir saqlanadigan omborni yaratish uchun zarur. Aks holda, takroriy kamqonlik xavfi juda katta.
Anemiyaning og‘ir shakllari qon yoki uning shakliy elementlarini quyishni talab qiladi. Ba'zi mamlakatlarda eritropoetin ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi dorilar keng qo‘llanadi, ammo ularning xavfsizligi haqida jumboqlar mavjud.
Temirga boy ovqatlar:
- jigar;
- qizil go‘sht;
- dengiz mahsulotlari;
- quritilgan mevalar;
- yong‘oqlar;
- brokkoli va ismaloq;
- butun don mahsulotlari.
Agar bu yetarli bo‘lmasa, vitamin-mineral komplekslari va tarkibida temir moddasi saqlovchi preparatlardan foydalanish mumkin. Quyida ularni qabul qilishning bir necha qoidalari keltiriladi: