Pistaning foydali xususiyatlari

Pistaning foydali xususiyatlari

Bo'lim: Salomatlik

Pistaning foydalari

Pista — qattiq qobiq ichidagi yuqori kaloriyali yashil rangli yong‘oq. Pista sog‘liq uchun foydali — ularda ko‘p miqdorda vitamin, mineral va antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular immunitetni mustahkamlaydi va ko‘plab kasalliklarning oldini oladi.
Pista insonlar tomonidan qadim zamonlardan buyon iste’mol qilib kelinadi. Dunyoda uning juda ko‘p turlari mavjud. Pista ayrim xalqlarda boylik va farovonlik ramzi ham sanaladi.
Bugungi kunga kelib pistaning foydali xususiyatlari haqida ko‘plab manbaalar yaratilgan. Tabobat, qolaversa, zamonaviy tibbiyot tomonidan pista sog‘lik va go‘zallik uchun muhim ne’mat ekanligi e’tirof etiladi.
Pista antioksidantlar, foydali yog‘lar manbaidir. Shuningdek, uning tarkibida inson organizmi uchun foydali ozuqalar, oqsil, kalsiy va fosfor, asablarni tinchlantiruvchi V hamda Ye vitaminlari mavjuddir. Ayniqsa, pistaning quyidagi foydali xususiyatlarini alohida e’tirof etish lozim.
Yurak sog‘lomligini ta’minlaydi. Pista zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shuningdek, uning antioksidantlarga boyligi, tarkibida A va Ye vitaminlarga ega ekanligi yallig‘lanishning oldini olib, qon tomirlarini himoya qiladi, shu tariqa yurak-qon tomirlari xastaliklariga chalinish xavfini kamaytiradi.
Asablarni tinchlantiradi. Pista tarkibidagi V 6 vitamini asab tizimining to‘g‘ri ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamini asab tolalari o‘rtasidagi impulslarning to‘g‘ri yetkazilishini ta’minlaydi, turli asab buzilishlari, uyqusizlik, xotira bilan bog‘liq muammolar, hattoki, ruhiy holat buzilishining oldini oladi.
Ko‘z uchun foydali. Pista lyutein va zeaksantinga ega. Ular ko‘z gavhari va to‘r pardasining markaziy qismida to‘planib, ularning himoya qobig‘ini mustahkamlaydi va ko‘z kasalliklaridan himoya qiladi.


Immun tizimini mustahkamlaydi. Pistani muntazam iste’mol qilish organizmning tashqi ta’sirlarga qarshiligini oshiradi. Unda immun tizimi faoliyati uchun muhim sanalgan foliy kislotasi, biotin, riboflavin, niatsin vitaminlari hamda fosfor, kaliy va magniy kabi minerallar mavjud.
Terini yoshartirish xususiyatiga ega. Pista Ye vitaminining boy manbasi sanaladi. Mazkur vitamin esa sog‘lom teri uchun eng muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. U terining qurishi va qarilikda paydo bo‘luvchi dog‘larning oldini oladi. Yoz oylarida uni ko‘proq iste’mol qilish zarur.
Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Pista tarkibida boshqa yong‘oq turlarida bo‘lgani kabi ko‘p yog‘ mavjud. Uni iste’mol qilishda ham me’yordan oshish yaramaydi. Ozuqaviy tolalari hisobiga pista ozishda yordam beradi. U organizmni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari esa moddalar almashinuvini tartibga soladi va organizmda ortiqcha yog‘ to‘planishining oldini oladi.
Kamqonlikda foydali. Pistaning tarkibida ko‘p miqdorda temir moddasi mavjud. Shuning uchun uni kam
qonlikda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Pista yuqori kaloriyali mahsulot. U oshqozon kasalliklarini qo‘zg‘atishi mumkin, deydi shifokor-endokrinolog Tatyana Bocharova.
“Pistaning appentitsit kasalligini keltirib chiqarishi – afsona. Ammo pistadan keyin chindan ham boshqa sabablarga ko‘ra, qorin og‘rishi mumkin. Pista tarkibida yoq moddalari ko‘p-100 gramm mahsulot uchun 50 grammdan ortiq. Agar oshqozon yarasi, gastrit bo‘lsa va muntazam pista iste’mol qilinsa, kasalliklar qo‘zg‘alishi mumkin. Bundan tashqari, pistada kaloriya yuqori: 100 gramm - 550 kaloriya, bu bir plitka shokoladga teng. Pista “oziq-ovqat mahsuloti” sifatida qabul qilinmaydi va shunchaki kilogramm ortishiga hissa qo‘shadi”,- deydi shifokor.
Pista ozuqaviy tolaga, V, A va E vitaminlariga, yurak va asab tizimining normal ishlashi uchun muhim bo‘lgan magniyga boy. Biroq, pistani xom holda iste’mol qilgan ma’qul, chunki qovurilganda kanserogen to‘planadi.
“Har kuni pista iste’mol qilish mumkin, lekin oz miqdorda - 30 grammdan oshmasligi kerak.
Pista inson organizmi uchun juda foydali mahsulot, ayniqsa, uyqu oldidan iste’mol qilinganda foydasi seziladi.
Tarkibida juda ko‘p yog‘ bo‘lishiga qaramay, foydali, ayniqsa surunkali charchoqqa qarshi 1-raqamli mahsulot.
Pista tarkibida (50 foiz yog‘dan tashqari) magniy, V6 vitamini va oqsil mavjud. Tarkibidagi shu moddalar borligi sababli ham bu mahsulot tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi hisoblanadi. Bundan tashqari bu mahsulot inson psixoemosional holatini me’yorlashtiradi.


O'xshash maqolalar