Endorfin-baxt gormoni organizmda baxt gormonlarini oshirish uchun nima iste'mol qilish kerak?

Endorfin-baxt gormoni organizmda baxt gormonlarini oshirish uchun nima iste'mol qilish kerak?

Bo'lim: Taomlanish

Baxt gormoni qanday nomlanadi?

Ular to‘rtta bo‘lib, har biri bevosita yoki biron-bir tarzda bizning ijobiy munosabatimiz uchun mas’uldir, lekin ayni paytda ularning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor.

Dofamin

Bu asab impulslarini uzatishda ishtirok etadi va asab tizimining normal ishlashi uchun javob beradi. Shuningdek, uning «xizmatida» ovqatlanish, intim munosabatlar va teginish aloqalaridan qoniqish hissi mavjud. Biz u (va yana oksitosin) tufayli oshiq bo‘lamiz. U onalik muhabbati va mehr tuyg‘ularini ham shakllantiradi.

Bundan tashqari, dofamin bizning motivatsiyalarimiz uchun mas’ul, chunki  ko‘pincha u zavqlanish paytida, kutish jarayonlarida ishlab chiqarilmaydi. Bu juda yoqimli narsadan oldin paydo bo‘ladigan eyforiyaning o‘zginasidir – bunda ham dofaminning ta’siri bor. U juda faoldir va harakatga chorlaydi. 

Serotonin

Bu gormon esa, aksincha, bizning asab tizimimizni susaytiradi. Ammo shu bilan birga, u ijobiy his-tuyg‘ularga ham javobgardir. Bu yerda erkak kishining eyakulyasiyasini misol keltirish mumkin.

Ekstaza va eyforiya paytida ushbu gormon darajasi doimo yuqori. Va uning yetishmasligi bilan depressiya paydo bo‘ladi. Aytgancha, tanada serotonin yetarli miqdorda ishlab chiqarilishi uchun ultrabinafsha nurlar kerak. Shuning uchun biz qishda – quyosh nurlari kam bo‘lganda tushkunlikka ko‘proq moyil bo‘lamiz.

Oksitotsin

Bu gormon ishqiy munosabatlar uchun mas’ul. Shuningdek, u qo‘rquvni, xavotir va bezovtalikni kamaytiradi, sevgi-muhabbat (jumladan, onalik mehri) va do‘stlik tuyg‘ulariga javobgardir. Oksitotsin erkaklarda odamlarga bo‘lgan ishonch darajasini oshiradi, ba’zida tanasida bu gormon haddan tashqari ko‘p bo‘lgan odam aldovni osongina kechiradi.

Va yana bir qiziq fakt: hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi ushbu gormonning yuqori dozalari alkogolga qarshi immunitet hosil qiladi. Mutaxassislarning fikricha, bu ichkilikka qaramlikni davolashda yordam beradi. 

Endorfinlar

Bunga bizning eyforiyamiz (shijoatimiz) uchun javob beradigan gormonlarning butun boshli guruhi kiradi. Aytgancha, «endorfinlar» nomi ikkita so‘zdan kelib chiqqan: «endo» – ichki va morfin. Ya’ni, bu bizning ichki morfinimiz. Ha, aynan o‘sha dori. Chunki barcha endorfinlarning ta’siri afyun guruhining stimulyatori ta’siriga juda o‘xshashdir.

Inson tanasidagi endorfinlar stressli vaziyatlarga javoban hosil bo‘ladi. Ular orgazm paytida ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuningdek, ular jismoniy yuklamalardan keyingi mushaklar og‘rig‘ini kamaytiradi.


Organizmda baxt gormonlarini oshirish uchun nima(lar) iste'mol qilish kerak?

Endorfinlar 4 ta eng asosiy baxt gormonlaridan biridir. 
Organizmda endorfinlarni miqdorini ko'paytiruvchi mahsulotlar:
— shokolad
— muzqaymoq
— banan
— qulupnay
— uzum
— qalampir
— qovun va tarvuz (mavsum boshlanishiga oz qoldi)

Endorfinlar miqdori kamaysa:
• depressiya kuchayadi
• tashvish orta boshlaydi
• tez-tez kayfiyat o'zgaradi
• og'riq va noqulayliklar kuchayadi
• uyquda muammolar paydo bo'ladi.

Sut mahsulotlari

Kalsiyga boy bo‘lgan sut, ayniqsa iliq sut, haqiqatan ham stressni yengillashtiradi, kayfiyatni barqarorlashtiradi va hatto PMS (podmenstrual sindrom) alomatlarini kamaytiradi. Sut mahsulotlari tarkibidagi minerallar, jumladan magniy, kalsiy, kaliy va fosfor asab tizimining faoliyatini normallashtiradi. Ota-onalar bolaning tanasini biroz tinchlantirish va uni uyquga tayyorlash uchun yotishdan oldin bolalarga bir stakan iliq sut berishlari bejiz emas.

Qora shokolad

Shokoladni faqatgina yomon kayfiyat uchun eng yaxshi davo o‘ylash, to‘g‘ri emas. Bir bo‘lak qora shokolad endorfinlarni chiqaradi va serotonin darajasini oshiradi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shokolad iste’mol qiladigan odamlarda stress gormonlari darajasi boshqalarga qaraganda ancha past. Kuniga ikki bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Banan

Bu mevalarda B6 vitamini bilan birgalikdaendorfin darajasini oshiradigan triptofan mavjud. Bundan tashqari, banan tarkibidagi yuqori uglevodlar organizmga energiya beradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Shunday qilib, banan uyqusizlik, tashvish va depressiyani davolashda samarali mahsulot hisoblanadi.

Yasmiq

Banan singari, yasmiq ham endorfin ishlab chiqarishga yordam beradigan uglevodlarga boy. Natijada, stress bartaraf etiladi. Ushbu mahsulot, shuningdek, qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi, kayfiyat o‘zgarishining oldini oladi. Yasmiq tarkibidagi temir esa tanaga quvvat beradi. Yarim stakan yasmiq garnir sifatida iste’mol qilish yoki sho‘rvalarga qo‘shish tavsiya etiladi. Organizm ushbu mahsulotni hazm qilishini osonlashtirish uchun pishirishdan oldin yasmiqni bir necha soat davomida suvda ivitish tavsiya etiladi.

Baliq

To‘yinmagan yog‘li kislotalar Omega 3-6 asab tizimini rag‘batlantiradi va ularning asosiy manbalaridan biri baliqdir. Bu kortizol va adrenalin darajasini pasaytirishga yordam beradi, shuningdek, vahima hujumlari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, baliq miya va asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan B vitaminlari, yod, fosfor, A va E vitaminlariga boy. Bundan tashqari, baliq tarkibidagi moddalar triptofan ishlab chiqarishni, bu esa o‘z navbatida serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar