
Qaysi tuxumni yutish mumkin?
Bedana tuxumi foydalari
Bedanalarni tana harorati o'rtacha 42⁰ S bo'ladi, shuning uchun ular infektsion kasalliklar bilan kasallanmaydi, shu bilan birga salmonellyoz (ichak infektsiyasi) bilan ham. Demak, boshqa parranda tuxumlaridan farqli ravishda bedana tuxumini homligicha iste'mol qilish mumkin!
Foydalari:
✓ homligicha iste'mol qilganda foydali ozuqa moddalari tarkibi o'zgarmasdan organizmga tushadi;
✓ tovuq tuxumidan farqli ravishda bedana tuxumida B1 va B2 vitaminlari 2,5 barobar ko'p;
✓ temir (Fe), kaliy (K) va boshqa mikroelementlar va aminokislotalar 5 barobar ko'p;
✓ bedana tuxumi po'stlog'i tarkibi inson suyagi tarkibiga juda yaqin. Uni iste'mol qilganda qon yaratuvchi a'zolarni stimullaydi, kamqonlik va raxit kasalliklarida judayam foydali hisoblanadi. Bundan tashqari bedana tuxumi po'chog'i soch va tirnoqlar uchun ham juda foydali.