
Taomlanishda Nabaviy tavsiyalar
✓ Poklik iymondandir;
✓ Аlloh har bir dardning davosini yaratib qo'ygan;
✓ Doim toza, pokiza ovqatlar eng;
✓ Haromda shifo yo'q;
✓ Ovqatdan oldin, keyin qo'llarni yuving;
✓ Asal eb turing, chunki u ming dardga davo;
✓ Qora sedana - o'limdan boshqa har qanday dardga davo;
✓ Behi eyish yurak xastaligini
ketkazadi;
✓ Sigir suti shifo, yog'i davo, go'shti esa kasallikdir;
✓ Sigir sutini ko'proq isteʼmol qiling, chunki u turli dorivor giyohlarni terib eydi;
✓ Taomni juda issiq yoki juda
sovuq holda emang. Unda baraka ham, shifo ham bo'lmaydi;
✓ Ovqatni yaxshilab chaynab, shoshilmasdan eng;
✓ Suvni birdan simirmasdan, ho'plab-ho'plab iching. Аks holda jigar xastaligini keltirib chiqaradi;
✓ Qorinni haddan tashqari to'yg'azib yubormang, ko'p emang;
✓ Ovqatlanish paytida ko'p suv ichmang;
✓ Qishda ko'proq yog'li, kuchli taomlar, yozda esa engilroq ovqatlar, sabzavot-ko'katlar eng;
✓ Аgar sut ichsangiz, suv bilan og'zingizni chaying, chunki sutda yog' bor;
✓ Taom bilan ichimlik o'tirib tanovul qilinadi;
✓ Charchagan vaqtingizda shirinlik imteʼmol qiling;
✓ Siniq kosada ovqat emang, suv xam ichmang;
✓ Sut maxsulotlari bilan baliq aralashtirilmaydi, chunki ular qo'shilsa qonni buzishi mumkin;
✓ Dasturxoningizdan xurmo arimasin;
✓ Ovqatlanayotgan vaqtda yaxshi kayfiyatda bo'ling;
✓ Yolg'iz ovqatlanmang;
✓ Ovqatdan keyin duo qiling, Аllohga hamdu sanolar ayting!
Taomlangandan keyin aytiladigan duo: «Аlhamdulillaahillazii atʼamanaa va saqoonaa va jaʼlanaa minal muslimiyn»
(maʼnosi: «Bizni edirgan, ichirgan va musulmonlardan qilgan Аllohga hamd bo'lsin»)
Ushbu duoni yodlab olish qiyin emas. Har birimiz ovqatdan keyin Аlloh taologa hamd aytishni kanda qilmasligimiz, farzandlarimizga, yaqinlarimizga ham o'rgatib borishimiz lozim.
Manba: “Baxtli hayot sari” "Hadis va hayot" 16-juz