
Kartoshkaning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari
Kartoshkaning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari
Kartoshka aksariyat taomlarning asosidir. Quyida sevimli sabzavotning foydali xususiyatlari haqida bilib olishingiz mumkin.
Kartoshka qachon paydo bo'lgan
Kartoshka makkajo‘xori bilan birga Janubiy Amerikadagi qadimgi qabilalar orasida asosiy iste’mol mahsulot bo‘lgan. Sayohatchilarning ta’kidlashicha, u yerlarda yovvoyi ildiz navlari hali ham mavjud.
Kartoshka Yevropaga XVI asrda olib kelingan, ammo mahalliy aholi uni ocharchilik yillarida ham ovqatga qo‘shmagan. Ishonch fransuz agronomi Antoine Auguste Parmentierning bayonotlaridan keyin paydo bo‘ldi. U kartoshkani salomatlik uchun xavfsiz mahsulot deb atadi.
Kartoshkaning foydali xususiyatlari: vitaminlar
Kartoshkada organizm uchun muhim bo‘lgan antioksidant – fitonutrientlar mavjud.
Vitamin B6 – “baxt gormonlari” (dofamin, serotonin, norepinefrin) ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi, stress, yomon kayfiyat bilan kurashishga yordam beradi, miya faoliyatini yaxshilaydi.
C vitamini – antioksidant bo‘lib, organizmni erkin radikallardan xalos qiladi, immunitetni, turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Kaliy – asab tizimini, mushaklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, qon bosimini me’yorlashtiradi.
Kalsiy – suyak to‘qimasini, tish emalini mustahkamlaydi.
Kletchatka – organizmga to‘qlik hissini beradi, ichakning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Xom kartoshka asosan xalq tabobatida qo‘llaniladi. Husnbuzar, kuyishdan keyingi jarohatlar uchun kompresslar sifatida ishlatiladi. Haftasiga 3-4 marta 20-25 daqiqa davomida qo‘llaniladi. Maydalangan kartoshka oshqozon yarasida yordam beradi, yallig‘lanishni yengillashtiradi.
Kartoshka sharbati ovqat hazm qilish muammolari uchun ichiladi, kuniga 3 marta 100 ml. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘idagi periodontal kasallik yoki yaralarni davolash uchun yuvish qo‘llaniladi. Albatta, bundan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Xom sabzavot qon bosimini pasaytiradi, shuning uchun gipotonik bemorlar uchun mumkin emas. Miqdorni oshirib yuborish holatlarida ovqat hazm qilish muammolari yuzaga kelishi mumkin. Zaharlanish belgilariga quyidagilar kiradi: isitma, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish.
Kartoshka — ikkinchi non degan gap bor. Chindan ham, toyimlilik va foydalilik jihatdan u juda benazir mahsulot. Kartoshkaning 20-25 foizi uglevodlar (kraxmal), 2 foizi oqsillar va 0,3 foizi yoglardan tarkib topgan. Tarkibida ko`p miqdorda kaliy (100 gr. xom kartoshkada 568 mg), fosfor (50 mg), kalsiy va temir moddalari, shuningdek, S, V, V2, V6, V RR, D, K, E vitaminlari, foliy kislotasi, karotin va organik moddalar mavjud.
Kartoshkaning 15 shifobaxsh xususiyati
1.Tarkibida kaliy ko'p bo'lgani uchun kartoshka organizmdan ortiqcha tuz va suvni haydaydi, bu esa modda almashinuvini yaxshilaydi. Ayni sababga ko'ra, kartoshka parhez payti juda foydali, faqat meyorni unutmaslik lozim. Chunki juda kaloriyali mahsulot bolgani uchun semizlikka moyil odamlarga uni kamroq eyish tavsiya etiladi.
2.Terida allergiya sababli paydo bolgan dog'lar, kuyish jarohatlari, mayda tomirlar yorilishi oqibatida yuzaga kelgan ko'karishlarni bartaraf etish uchun osha joyni har kuni xom kartoshka bo'lagi bilan artish tavsiya etiladi.
3.Kartoshkali niqob teridagi charchoqni bartaraf etadi. Qaynatib pishirilgan kartoshkani yaxshilab ezib, quyuq bo'tqa holiga keltirasiz. Ozgina sut va bitta tuxum sarig'i qo'shasiz. Aralashtirib, iliq holda yuzga surtasiz va ustida qalinroq mato yopib, 20 daqiqa tepaga qarab yotasiz. Avval iliq, keyin qaynatib sovutilgan suv bilan yuvib tashlaysiz. Bu niqob terini oziqlantirib, ajinlarni yo'qotadi, yuzingizni tarang va silliq qiladi.
4.Kartoshka sharbatini sabzi, selderey ildizi sharbatlariga qoshib istemol qilsangiz, ovqat hazm qilish yaxshilanadi va asabiy taranglik yo'qoladi.
5.Agar go'sht va baliq mahsulotlarini taomnomangizdan chiqarib tashlab, har kuni kartoshka, sabzi, bodring va lavlagi sharbatidan umumiy hisobda 500 ml miqdorida suv bilan aralashtirgan holda istemol qilsangiz, ozish uchun tutgan parhezingiz tezroq samara beradi.
6.Yurak faoliyati izdan chiqqanda kuniga uch mahal och qoringa 100 ml kartoshka sharbatini istemol qilsangiz (uch hafta davomida), song 1 hafta tanaffus qilib, yana shu davolash kursini takrorlasangiz, kormagandek bolib ketasiz.
7.Ich qotganda ertalab och qoringa 1 stakan xom kartoshka sharbati ichish foydali. Keyin yarim soat o'rinda qimirlamay yotasiz. Bir soatdan song nonushta qilsa boladi. Muolajani 10 kun ketma-ket takrorlasangiz, ich qotishi barham topadi.
8.Agar har kuni iliq kartoshka qaynatmasiga 5 daqiqa davomida qo'llaringizni solib tursangiz, terisi silliq va mayin bo'ladi. Tirnoqlaring'iz ham mustahkamlanadi.
9.Har kuni quyuq kartoshka qaynatmasidan ichib turish orqali eng kuchli zamburug'li kasalliklarni ham engish mumkin.
10.Bronxit xuruj qilganda kartoshkani posti bilan qaynatib olib, archib, ezib, 1 osh qoshiq o'simlik moyi va 2-3 tomchi yod qo'shasiz. Aralashmani matoga yoyib, iliq holda kokrak qafasiga qoyasiz. 20 daqiqaga junko'rpa bilan orab qo'yasiz. Buni faqat tungi uyqudan oldin qilish kerak.
11.Qon bosimi oshganda gaz pechida pishirilgan kartoshkani po'sti bilan eyish kerak.
12.Bavosil (gemorroy)da xom kartoshkani qirg'ichdan chiqarib, sharbati olinadi. Tungi uyqudan oldin kichkina tibbiy purkagich (sprinsovka) yordamida huqna qilinadi. Muolajani 10 kun takrorlash kerak. Yoki xom kartoshkadan kichkina shamcha o'yib olib, tungi uyqudan oldin orqa teshikka qoyish ham yaxshi foyda beradi.
13.Kamqonlik va bo'qoqda yangi siqib olingan kartoshka sharbatidan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichish tavsiya etiladi. Davolash 2-3 hafta davom etadi.
14.So'gallarni yo'qotish uchun xom kartoshkani kesib, kesilgan tomoni bilan so'gal ishqalanadi. Yiringli yaralarni tezroq tuzatish uchun esa xom kartoshkani qirg'ichdan chiqarib surtiladi. Muolajani har 3 soatda takrorlash kerak.
15.Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasida tozalangan kartoshkani sirlangan idishda tuzsiz suvda qaynatiladi. Qaynatmani har kuni 3 mahal yarim stakan-bir stakandan ichib turish kerak.
Ehtiyot boling!
Kokarib, gullay boshlagan eski kartoshka tarkibida zaharli solanin moddasi bor. Shu sababli bunday kartoshkaning posti qalinroq artilishi kerak. Hech qachon kartoshkani sirlanmagan yoki mis idishda pishirmang, aks holda u oz tarkibidagi S vitaminini kop yoqotadi. Agar kartoshkani posti bilan qaynatsangiz, S vitamini koproq saqlanib qoladi.