
Taom issiq bo'lsa, uning sovushini kutib turish taomlanish odoblaridandir.
Bo'lim: Taomlanish
Taom issiq bo'lsa, uning sovushini kutib turish taomlanish odoblaridandir.Taom issiq yoki juda sovuq holda eyilmaydi, unga puflanmaydi, hidlab ko'rilmaydi, xo'rillatib yoki chapillatib iste'mol qilinmaydi.
Asmo bintu Abu Bakr roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«U kishiga sariyd (taom) keltirilsa, hovuri bosilguncha ustini yopib qo'yishga buyurar va:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Shunda katta baraka bor», deyayotganlarini eshitganman», der edi».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Taomni puflamaslik yuksak islomiy odobdandir.
Taom ustida nafas olinmaydi, agar u issiq bo'lsa, puflab sovutilmaydi. Luqmani olib borayotganda og'iz katta ochilmaydi. Taom eyilayotgan qo'l kosa yoki tovoqqa, dasturxonga silkitilmaydi.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom va sharobga puflashdan qaytardilar».
Ahmad rivoyat qilgan.
Manba: "Ijtimoiy odoblar" Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: