
Semizlik va temir taqchil anemiya o'rtasida qanday bog'liqlik bor?
Bo'lim: Taomlanish
Semizlik va temir taqchil anemiya o'rtasida qanday bog'liqlik bor?Amerikada o'tkazilgan tadqiqotlarda ortiqcha tana vazniga ega bo'lgan bolalar va o'smirlarda normal tana vazniga ega bo'lganlarga nisbatan plazmadagi temir miqdori normadan 2 barobar past bo'lgan.
Sabablari:
1. Alimentar etishmovchilik. Semizlikda ichaklarda temirni yaxshi so'rilmasligi.
2. Tana massasini ortishi, qon miqdorini oshishiga olib keladi, bu esa plazmadagi temir kontsentratsiyasini kamayishiga olib keladi.
3. Semizlikda yog' to'qimalarida ko'plab kichik yallig'lanish o'choqlari paydo bo'ladi. Yallig'lanishga javoban makrofaglarni ko'plab safarbar etilishi xam temir taqchilligiga olib keladi.
Kanalni kuzatib boring! Vitamin V12 va temir taqchil anemiya to'g'risida yana aloxida, batafsil ma'lumot beraman.
👉 👨⚕@nutritio_logos
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: