Suv — hayot charxpalagini aylantiradi!

Suv — hayot charxpalagini aylantiradi!

Bo'lim: Taomlanish
Suv — hayot charxpalagini aylantiradi!

Ba'zida uzoq vaqt chanqoq xissi bo'lmaydi va biz sutkalik extiyojni bir vaqtda qondirishga xarakat qilamiz. Bunday qilish yaramaydi, har narsani me'yori bor!

Agar ko'p suv ichib yuborsak giponatriemiya (qonda natriy miqdorini kamayishi) yuzaga keladi, bunda ko'ngil aynish, qayt qilish, xarakat koordinatsiyasini buzilishi, charchoq xissi paydo bo'ladi. Odatda bu xolat terlash orqali ko'p miqdorda tuzlarni chiqib ketishida yuzaga keladi.

Suv balansiga doim e'tiborli bo'lish kerak. Organizm suvsizlanganda bosh og'rig'i, charchoq, tushkun kayfiyat, og'izdan yomon hid kelishi, teri quruqlashishi, qabziyatga olib keladi.

Jismoniy mashg'ulotlar va kunning issiq vaqtida suvsizlanish kuchayadi. Bunda albatta yoningizda suv bo'lishi kerak.

Quyoshda turgan suvdan ichish va yuvinish uchun foydalanmang, bu saraton kasalligiga olib kelishi mumkin!

📌Suratda suv tarkibidagi minerallarni foydali normasi keltirilgan.

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar