
Tiqilib qolganda orqaga urish nega xavfli?
Bo'lim: Taomlanish
🔻Tomog'iga biron narsa tiqilgan odam tik turganda orqasiga urish mumkin emas. Aks holda, tiqilib qolgan yot jism tashqariga chiqmay, ichkariroqqa siljishi mumkin.
🔺 Agar odam tiqilib qolsa, uni engashtirib, ikki kuragining o'rtasiga bir necha bor qattiqroq urish lozim. Bu yo'tal turishiga sabab bo'lib, yot jismni tashqariga itarib chiqaradi.
🔺 Agar shunga qaramay, odam rangi ko'karib, nafas olishga qiynalayotgan bo'lsa, uni orqadan quchib, biroz engashtiring va bir qo'lning mushtumi jabrlanuvchining epigastral, ya'ni taxminan to'sh osti sohasiga, boshqa qo'l kafti esa mushtum ustiga qo'yiladi. Shu holatda mushtum 5 marta keskin harakat bilan ichkari va yuqoriga itariladi.
Bu usul nafas yo'llarida turib qolgan yot jism yuqoriga, tashqariga ko'tarilishiga yordam beradi.
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: