
Nonushtani ahamiyati
Mutaxassislar kunlik taomlanishni 25%—40% ini nonushta tashkil qilish kerakligini tavsiya qiladi.
Mevalar, sabzavotlar, to'liq donli donlar, sut mahsulotlari, tuxumlar va yog'siz go'shtlar nonushta uchun idealdir. Shuningdek, mutaxassislar konserva, yog'li, qizarib pishgan ovqatlardan voz kechishni taʼkidlaydi.
Maktab o'quvchilari, talabalar va ilmiy xodimlar miyani faollashtiruvchi glyukoza manbai bo'lgan uglevodlarga boy nonushta qilishlari kerak.
Аmmo, jismoniy yuklama bilan ishlaydigan odamlar uchun oqsilli eguliklar kuch va quvvat beradi. Sut, tuxum, go'sht raцionda muhim mahsulotlardir.
Kletchatkaga boy mahsulotlar uzoqroq vaqt davomida o'zingizni to'q his qilishingizga yordam beradi va shuning uchun barcha nonushtalarda tavsiya qilinadi.
Nonushtani yana bir qiziq xususiyati shundaki, nonushta qilmaslik tana vazni kamayishiga olib kelmaydi. Аksincha, ertalabki ovqatdan voz kechgan odamlarda metabolizm sekinlashadi.