
Sabzining xususiyatlari
Sabzining foyda va zararlari
Sabzining foydali tomonlari va bir kunda qancha miqdorda iste’mol qilish mumkinligi haqidagi quyida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etamiz.
Sabzining 90 % ini suv tashkil qiladi.Sabzi tarkibida A, B3, B4, B5, B9, C, E vitaminlari, shuningdek, kaliy, natriy, fosfor, kalsiy, magniy, temir minerallari mavjud.
Sabzi ajoyib parhezbop mahsulot bo’lib, unda ko’p vitaminlar bo’lib, 90 %ini suv tashkil qiladi va bu uning kaloriyasi juda pastligidan dalolat beradi.
Sabzining foydali xususiyatlari nimada?
Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar navjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi.
Sabzi sharbati shamollashga qarshi
Sabzi sharbati o’zida ko’pgina futonsidlarni saqlab, ular organizmga viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Yana unda ko’p miqdorda kaliy va mineral tuzlar bo’lganligi sabab ham, ular yurak va tomirlarni mustahkamlaydi.
Sabzi sharbatiga 1 stakan sut aralashtirib kuniga 4-5 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi. Aralashma ko'proq yosh bolalarda yo'tal xuruji kuchayganda tavsiya qilinadi.
Hafta mobaynida ichilgan bir necha stakan sabzi sharbati infarkt va insultni oldini olishda yaxshi profilaktika bo’la oladi.
Sabzini nima uchun ko’p iste’mol qilib bo’lmaydi?
Agarda siz to’xtovsiz har hafta sabzili sharbat ichsangiz, shunda teringizning sarg’ayayotganiga ko’zingiz tushadi. Bu sabzining nojo’ya ta’siri bo’lib, karotinli sariq kasalligi deb nomlanadi. Virusli geppatitdan farqli ravishda, bunda ko’z sarg’aymay, teri va yuzda sarg’ish dog’lar paydo bo’ladi.
Shuning uchun ham sabzini kunlik me’yori 250-300 grammni tashkil qilib, undan ortiq iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Ko'z salomatligi uchun
Sabzi eng mashhur foydasi uning ko'z salomatligiga qo'shgan hissasidir. Yoshga bog'liq makula naslining oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Bu to'r parda va linzalarni himoya qilish orqali ko'z sog'lig'ingizni yaxshilaydi. Bu tungi ko'rlik va ko'rish qobiliyatini yo'qotish kabi xavflarga qarshi yordamdir. A vitamini etishmovchiligi bolalarda ko'rlikning asosiy sabablaridan biridir.
Har kuni 1 yoki 2 ta o'rta kattalikdagi sabzi iste'mol qilish yetarli va foydalidir.
Sabzi - pishganda ozuqaviy qiymati o'zgarib turadigan sabzavot. Xom sabzi ko'proq S vitaminiga ega, pishirilgan sabzi esa ko'proq beta-karotinga ega. Boshqa tomondan, sabzi tarkibidagi A vitamini yog'da eriydigan vitamin bo'lgani uchun uni o’rta pishirish kifoya.
Agar siz ozishga harakat qilsangiz, xom sabzi iste’mol qiling. Chunki, sabzi pishganda suv va tolani yo‘qotadi.
Agar siz sabzini pishirib yemoqchi bo'lsangiz, qovurish yoki qaynatish o'rniga bug'da pishirishni afzal ko'ring. Shunday qilib, siz ko'proq vitamin va minerallarni saqlaysiz. Sabzini iste'mol qilishning eng foydali usuli - xom va bug'da pishirishdir.
Homiladorlikda sabzining foydalari
Homiladorlik davrida sabzining foydalari e'tiborni tortadi. Sabzi tarkibida kuchli beta-karotin va vitaminlar mavjud. Homilador ayollar kaltsiyga boy sabzi iste'mol qilishni kanda qilmaslik kerak. Sabzi onaning ham, chaqaloqning ham immuniteti uchun zarur bo'lgan sabzavot hisoblanadi. Homiladorlik davrida ayollarga sabzi sharbati iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, homiladorlik paytida juda zarur bo'lgan A vitaminining bir qismini sabzidan olishingiz mumkin. Bu infektsiyalarga qarshi kurashda ham, ona suti sifatini oshirishda ham samarali bo'ladi.
Shuningdek, sabzi gemoglobinni tartibga solish va homiladorlik paytida diabetni oldini olishda foydali bo'lishi mumkin. Sabzi tarkibidagi fosfor ham homiladorlik paytida tomir tortish holatini oldini olishda mushaklarning to'g'ri ishlashiga yordam beradi. Homiladorlik paytida tez-tez uchraydigan ich qotishi bilan bog'liq shikoyatlarni yengillashtirish uchun ham tolaga boy sabzini iste'mol qilishingiz mumkin.
Sabzi boshqa sabzavotlarga nisbatan yuqori shakar miqdori bilan mashhur. Bunga qaramay, sabzi diabet uchun ham foydalidir. Sabzini foydali sabzavot sifatida afzal ko'rish mumkin. Aslida, xom yoki kam pishgan sabzi pishirilgan sabzi bilan solishtirganda kamroq xavflidir. Bu gemoglobinni tartibga solish uchun muhimdir. Bundan tashqari, tolaga boy parhez diabetga qarshi yaxshi profilaktika hisoblanadi.
Vaznni nazorat qilishda ishlatiladi
Sabzi kabi kaloriyasi past, tola va suvga boy bo'lgan sabzavotlar to'yish hissini berishda juda muvaffaqiyatlidir. Sabzi tuzilishi, tolasi va tarkibidagi suv miqdori tufayli tezda to'yish hissini beradi.
Yallig'lanishga qarshi kurashadi
Yallig'lanishga qarshi kurash, ayniqsa altsgeymer, artrit va yurak salomatligi bilan bog'liq surunkali kasalliklarni davolashda ham muhim ahamiyatga ega.
Saraton kasalligiga qarshi kurash xususiyatiga ega
Antioksidantlarga boy sabzi erkin radikallarga qarshi kurashda samarali hisoblanadi.
Teri salomatligi
Teri uchun sabzi foydalari uning beta-karotin xususiyatlaridan kelib chiqadi. Beta-karotin terini quyosh ta'siridan himoya qiladi. Akne, ekzema va toshma teri kasalliklarini davolashda yordamchi rol o'ynaydi. Tarkibidagi karotin tufayli teridagi yaralar va dog'larni davolashga yordam beradi.
Miya salomatligi
Sabzi tarkibidagi ba'zi moddalar miya sog'lig'ini saqlash uchun muhimdir. Sabzi xotirangizni mustahkam qiladi.
Yurak salomatligi
Yurak-qon tomir kasalliklari va gipertenziyaga qarshi himoya rolini o'ynaydigan sabzi xolesterinni kamaytirishda ham samarali bo'lishi mumkin. Sabzi tarkibidagi kaliy organizmdagi ortiqcha natriydan xalos bo‘lishga yordam beradi.