
Iftorlikka nima yeyish kerak va muhim qoidalar
Ogʻiz ochish uchun qilgan kichik tamaddingiz (xurmo yoki shirinlik) yoki ichilgan suv faqat roʻza ochish jarayoniga tegishli boʻlsin. Undan keyin 10-15 daqiqa sukut (pauza) qiling. Pauzadan so'ng taomlanishni boshlaysiz.
Dastlab isteʼmol qilingan xurmo qonni darhol glyukoza bilan boyitadi. Bu miyadagi ochlik markazini tormozlab, ortiqcha miqdorda taom yeb qoʻyishni oldini oladi. Bularga bosh miya taxminan 20 daqiqa vaqt sarflaydi (pauzani ahamiyati).
Suv ichganda bundanda oson miya reaksiya beradi, yaʼni oshqozondagi ogʻirlik hissi bosh miyaga taʼsir qilib, ishtahani pasaytiradi.
Asosiy taomlanishda siz tartibga amal qiling. Ya'ni, dastlab xurmo va suv, keyin pauza, undan keyin suyuq taom, ortidan salat.
Iftorlikka yogʻli ovqat isteʼmol qilmaslik yaxshiroq. Sabzavotli, goʻsht–sabzavotli yoki baliqdan tayyorlangan taomlar eng maqbuli hisoblanadi. E'tibor bergan bo'lsangiz iloji boricha oqsilli bo'lsin.
Ichimliklardan yangi sharbatlar, mevali ichimliklar, kompotlar, kisel ichish mumkin. Choy (yashil yoki karkade yaxshiroq) yoki unchalik kuchli boʻlmagan kofe.
Tanaga juda tez singib ketadigan, toʻlaqonli boʻlmagan oddiy uglevodlar iftorlikka yaramaydi. Ular odamni toʻydiradi, lekin foydali moddalarga to'yintirmaydi. Uzoq muddat toʻqlik hissini bermaydi ham.
Ramazonda saharlik va iftorlik taomlari retseptlari, tayyorlanishi kerak bo'lsa reaksiya bildiring)