#Ramazon

Iftorlikka nima yeyish kerak va muhim qoidalar

Taomlanish

Iftorlikka nima yeyish kerak va muhim qoidalar

Ogʻiz ochish uchun qilgan kichik tamaddingiz (xurmo yoki shirinlik) yoki ichilgan suv faqat roʻza ochish jarayoniga tegishli boʻlsin. Undan keyin 10-15 daqiqa sukut (pauza) qiling. Pauzadan so'ng taomlanishni boshlaysiz. Dastlab isteʼmol qilingan xurmo qonni darhol glyukoza bilan boyitadi. Bu miyadagi ochlik markazini tormozlab, ortiqcha miqdorda taom yeb qoʻyishni oldini oladi. Bularga bosh miya taxminan 20 daqiqa vaqt sarflaydi (pauzani ahamiyati). Suv ichganda bundanda oson miya reaksiya beradi, yaʼni oshqozondagi ogʻirlik hissi bosh miyaga taʼsir qilib, ishtahani pasaytiradi. Asosiy taomlanishda siz tartibga amal qiling. Ya'ni, dastlab xurmo va suv, keyin pauza, undan keyin suyuq taom, ortidan salat. Iftorlikka yogʻli ovqat isteʼmol qilmaslik yaxshiroq. Sabzavotli, goʻsht–sabzavotli yoki baliqdan tayyorlangan taomlar eng maqbuli hisoblanadi. E'tibor bergan bo'lsangiz iloji boricha oqsilli bo'lsin. Ichimliklardan yangi sharbatlar, mevali ichimliklar, kompotlar, kisel ichish mumkin. Choy (yashil yoki karkade yaxshiroq) yoki unchalik kuchli boʻlmagan kofe. Tanaga juda tez singib ketadigan, toʻlaqonli boʻlmagan oddiy uglevodlar iftorlikka yaramaydi. Ular odamni toʻydiradi, lekin foydali moddalarga to'yintirmaydi. Uzoq muddat toʻqlik hissini bermaydi ham. Ramazonda saharlik va iftorlik taomlari retseptlari, tayyorlanishi kerak bo'lsa reaksiya bildiring)

Ramazonda to'g'ri ovqalanishni 9 ta oltin qoidasi!

Taomlanish

Ramazonda to'g'ri ovqalanishni 9 ta oltin qoidasi!

Ramazon oyida to'g'ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.Uzoq soatlik ochlikdan so'ng, turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni bizning Ramazonda sog'lom ovqatlanish haqidagi orzularimizni yo'qqa chiqarishi mumkin. Ramazon oyida ro'za tutish sog'ligimizni yaxshilashi mumkin, agar u to'g'ri tutilgan bo'lsa, aks holda inson sog'lig'iga zarar etkazishi mumkin. Ramazonda to'g'ri ovqatlanish haqida bilish, ovqatni faqat yangi mahsulotlardan tayyorlash juda muhimdir!Ushbu Ramazonda sog'lom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun quyidagi maslahatlardan foydalaning:1. Taomlanishni xurmodan boshlang. Xurmo - bu ro'za paytida kun davomida energiya bilan taʼminlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy. 2. Ko'p miqdorda suv iching.Ramazon bu yil ham kunlarning issiq paytiga to'g'ri keladi, shuning uchun issiq havoda tanangizni suv bilan taʼminlash uchun etarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun og'iz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin etarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning.Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan yong'oqlar, bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Ko'proq meva va sabzavotlarni isteʼmol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va to'ldiradi. 4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling. Uzoq muddatli ochlikdan so'ng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Mo'ʼtadil bo'lishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin sho'rva, salat eyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt o'tgach, asosiy taomga o'ting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.Iftorni iliq sho'rva bilan boshlash ro'za tutgandan keyin eng yaxshi ovqat bo'lib, organizmning ozuqaviy moddalarini to'ldiradi va tanani og'irroq ovqatlar uchun tayyorlaydi. 5. Taomingizda barcha kerakli moddalar guruhlari mavjudligiga ishonch hosil qiling. Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yog'lar kabi ovqatlar bo'lishi kerak.6. Sog'lom ovqatlarni tanlang.Raцioningizda don, yormalar, tovuq go'shti, yog'siz go'sht, baliq, zaytun moyi va mevalar bo'lishi kerak. Qovurilgan, sho'r va yog'li ovqatlardan saqlaning. Go'sht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni isteʼmol qilishingiz kerak. 7. Shirinliklardan saqlaning.Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz to'planishiga sabab bo'ladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga bo'lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga – xurmo, quritilgan mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling.Ramazon oyida bosh og'rig'i va uyqusizlikka yo'l qo'ymaslik uchun kofe isteʼmol qilishni kamaytirishga harakat qiling. 9. Kuniga uch marta ovqatlanish. Ramazon oyida ham kuniga uch mahal ovqatlanish muhim ahamiyatga ega, bunda iftorlik, saharlik va ular orasida engil tamaddi qilib olish kerak. Аsosiy ovqatlanishingizni uch qismga bo'ling. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yog'siz go'sht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot. Bu sog'lom muvozanatli ovqatlanish bo'ladi.

Ko'proq o'qish