
Limonning xususiyatlari
Limonning foydalari
Limon deyarli butunlay suvdan iborat bo‘lib, u inson tanasi uchun foydali bo‘lgan ko‘plab moddalarga boy. Meva tarkibida askorbin kislotasi (0,085 foizgacha), shuningdek, A, E, D, R vitaminlari va B guruhi vitaminlari mavjud. Limon tarkibida temir, mis, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, rux, bor, flavonoidlar, fitonsidlar, glikozidlar, pektin bor.
Ikki osh qoshiq limon sharbati odamning C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojining yarmini qoplaydi, bu o‘z navbatida immunitet tizimini mustahkamlaydi, organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi, yaralarni davolashni tezlashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, gormonlar sintezida ishtirok etadi, qon bosimini pasaytiradi.
Shuningdek, limon odamni tetiklashtiradi, charchoq va uyquchanlikni ketkazadi, ko‘ngil aynishiga qarshi kurashadi, ichak harakatini yaxshilaydi, yoshartiradi, vitamin yetishmovchiligida yordam beradi. Teriga kosmetik oqartirish effekti beradi va yog‘ bezlarini boshqaradi.
Limonning potensial foydalari quyidagilar: insult xavfini kamaytirish; saraton rivojlanishining oldini olish; teri rangini yaxshilash; astmaning oldini oladi.
limon vabo va bezgak kabi kasalliklardan saqlashi mumkin.
Bularning barchasiga sabab - limonning tabiiy qon tozalovchi vosita ekanligidadir!
Limonni kundalik iste'mol qilish qarish belgilarini bartaraf etadi.
Bu mahsulot S, A, Ye vitaminlari, xrom, kaliy, magniy va temirga boy.
Limondan "tabiiy tetiklashtiruvchi" vosita sifatida foydalaning.
Limonni shunchaki ikkiga bo‘lib, yotoqxonada qoldiring.
Limon hidi
o‘pka bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilib, doim toza havodan nafas olishga imkon beradi.
Agar sizni astma, shamollash va allergiya bezovta qilsa, oddiygina limon hidi sizning tomog‘ingiz va yuqori nafas yo‘llaringizni tozalashga qodir!
Limonning zararlari
Ushbu mevalar kuchli allergenlardir. Limonning zarari shundaki, u dermatitni keltirib chiqarishi va ko‘p miqdordagi kislotalar tufayli tish emaliga zarar yetkazishi mumkin. Shakar miqdori yuqori bo‘lgani sababli mahsulot diabet va oshqozon yarasi bilan og‘rigan odamlarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, u oshqozon osti bezi ishiga ham aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Limonning foydali xususiyatlariga ehtiyoj sezilgan taqdirda ham uni me’yorida iste’mol qilish kerak.
Limonni to’g’ri qo’llash
Shamollash vaqtida ham haddan ziyod limon iste’mol qilish mumkin emas. U oshqozon shilliq qavati va tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatishi sabab ham uni och qoringa iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Limon solingan bir stakan suv bu ovqatdan keyin ichsa bo’ladigan yaxshi ichimlikdir.
Limonlar yuqori haroratda foydali xususiyatlarini yo’qotadi, shu sabab ham qaynoq choyga limon solmaslik kerak, biroz sovigandan so’ng solish kerak.
Bir kunda bir necha bo’lak limondan iste’mol qilish mumkin, faqat limonni o’zini yegandan so’ng tish emaliga zarar keltirmasligi uchun og’izni chayish kerak.
Pazandachilikda limonnig o’rni
Limonlardan go’shtlarni marinadlashda, jele, shirinliklar, ichimlik va pishiriqlar tayyorlashda foydalanishadi. O’zimizning limondan tayyorlaniladigan sevimli retseptlarimizni sizlarga ham eslatamiz:
- limon va apelsindan tayyorlangan «bir zumlik» murabbo juda mazali ta’mda chiqadi;
- limonli pechenyelar retsepti esa allaqachon ko’pchilikning ko’nglidan joy egalladi;
- limonli glyutensiz keks juda mayin va limon ta’miga to’yintirilgan bo’lib, salomatligiga e’tibor beruvchilar uchun ajoyib yegulik bo’la oladi.
bizlarning eng sevimli keksimiz bu albatta limon va makli keksdir.
limon va zaytun mevasi qo’shib pishirilgan tovuqli taom ham o’zgacha ta’mi bilan ajralib turadi.