
Karamning xususiyatlari
Karamning foydalari
Barchaga bolaligidan yaxshi ma’lum bo‘lgan karam tarkibida deyarli barcha vitaminlar, hatto oshqozon uchun muhim bo‘lgan U vitamini, fitonsidlar, fermentlar hamda mineral moddalar mujassam.
Ushbu mahsulot organizmdagi deyarli barcha tizimlar salomatligi va faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan tabiiy antioksidant C vitamining koni hisoblanadi. Organizmdan toksinlarni chiqaradi, hujayralarni shikastlanishdan saqlaydi va immunitetni mustahkamlaydi.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, C vitamini organizmda terining tarangligi, sog‘lomligi va tiniqligiga javob beradigan kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi. Antioksidantlik xususiyatiga ega ekani hisobiga C vitamin organizmda yallig‘lanish jarayonining kelib chiqishi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Diqqat
Karamni qonni suyultiruvchi vositalardan foydalanadigan odamlar ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari kerak.
Uning tarkibidagi ba'zi moddalar qalqonsimon bezlarning faoliyatini sekinlashtiradi. Shu sababli, qalqonsimon bezlari kam ishlaydigan odamlar tomonidan juda ko'p iste'mol qilinmasligi kerak.
Haftada ikki marta iste’mol qilish kifoya.
ko'rish tizimini yaxshilaydi
Karam ko‘rish qobiliyatining susayishi va katarakta xavfini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan karotinoidlar — lyutein va zeaksantinning koni sanaladi. Kechasi ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi A vitamin tanqisligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tarkibidagi kaliy, kalsiy va magniy kognitiv qobiliyatni yaxshilaydi, yurak mushaklarini mustahkamlab, qon bosimini me’yorlashtiradi. Kempferol esa yallig‘lanishni bartaraf qilib, allergik reaksiyalarning oldini oladi.
Parhez mahsuloti hisoblangan karamning 100 grammida 30 kkal bo‘lgani sabab ham shifokorlar vazn tashlamoqchi bo‘lganlarga ushbu mahsulotni ratsionga kiritishni tavsiya qiladi. Bir qancha foydali xususiyatlariga qaramay, karamning xomi qorinni shishirishi mumkin. Termik ishlov berilganda esa shishishga hissa qo‘shadigan hujayralar parchalanadi.
Karamda esa organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotin bisyor bo‘ladi.
1.Immunitetni mustahkamlaydi
C vitaminiga boy bo’lgan karam organizmni infektsiyalardan himoya qiladi va immunitetni mustahkamlaydi. 100 gramm karamda kundalik C vitaminiga bo’lgan ehtiyojning 40 foizini qabul qilsa bo’ladi.
2.Xolesterolni pasaytiradi
Karam ovqat hazm qilish tizimi tomonidan so'rilishi uchun xolesterin bilan raqobatlashadigan ikkita moddani o’z ichiga oladi. Yomon xolesterolni pasaytiradi.
3.Kataraktani oldini oladi.
Karam ko‘rish qobiliyatining susayishi va katarakta xavfini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan karotinoidlar — lyutein va zeaksantinning koni sanaladi. Kechasi ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi A vitamin tanqisligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Karamda esa organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotin bisyor bo‘ladi.
4.Yallig'lanishga qarshi kurashadi.
Karam tarkibidagi antioksidantlar tufayli iste'mol qilinganda yallig'lanishga qarshi kurashadi.
5.Suyak salomatligi himoya qiladi.
K vitamini tanqisligi bilan osteoporoz kabi suyak kasalliklari va qon aylanish holatining buzilishi kabi xavf paydo bo’lishi mumkin. K vitaminiga boy bo’lgan karamning bir bo’lagida tavsiya etilgan kunlik qiymatning 85% ini olish mumkin.
6.Saraton kasalligini oldini olishga yordam beradi
Bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, karam saratonning ayrim turlarini oldini olishga yordam beradi. Bu karamning antioksidant va yallig'lanishga qarshi xususiyatlariga bog'liq. Bundan tashqari, oltingugurtni o'z ichiga olganligi uchun tanangiz saratonga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.7. Karam barglari B vitaminlarini o’zida mujassam qiladi.
Karam - tarkibida B guruhi vitaminlari yuqori bo'lgan sabzavot hisoblanadi. B guruhiga kiruvchi vitaminlar ayniqsa asab tizimi uchun foydalidir. Shuningdek, u immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. 1 porsiya karam yoki uning salatini iste'mol qilsangiz, kundalik B vitamini ehtiyojining 10 foizini qabul qilishingiz mumkin.
8.Parhez uchun karam muhim ahamiyatga ega
Parhez mahsuloti hisoblangan karamning 100 grammida 24 kkal bo‘lgani sababli ham shifokorlar vazn tashlamoqchi bo‘lganlarga ushbu mahsulotni ratsionga kiritishni tavsiya qiladi. Ayniqsa, xom iste'mol qilinganda, kaloriyasi kamroq bo'ladi. U tolaga boy bo'lgani uchun sizni uzoq vaqt to'q tutadi. Karamdan ovqatni tayyorlayotganda uning tarkibidagi vitaminlarni, ayniqsa yog'da eriydigan K va A vitaminlarini o'ziga singdirish va oshqozondan tez chiqmasdan, oshqozonni uzoq vaqt to'q tutishi uchun oz miqdorda yog' qo'shishni unutmaslik kerak.Erimaydigan tolalarga boy bo’lgan karam ovqat hazm qilish tizimingizni sog'lom saqlashga va ichak harakatini muntazam saqlashga yordam beradi.
9.Vujutda shishishni bartaraf etishga yordam beradi
Tarkibidagi tola va ba'zi moddalar bilan tanadan suvni olib tashlashga yordam beradigan bu sabzavot shu tariqa yaxshi qon aylanishini, shishning kamayishini, natriyni suv bilan birga tanadan olib tashlashni ta'minlaydi, shu bilan qon bosimini pasaytiradi. Oziq-ovqat yoki salat yuqori qon bosimi va shishgan odamlar tomonidan osongina iste'mol qilinishi mumkin. Qon bosimi yuqori bo’lgan bemorlar karamdan tayyorlangan salat va taomlarni iste’mol qilishi tavsiya etiladi.10.Karam kaltsiyning koni hisoblanadi.
Karam kaltsiyning kuchli manbai hisoblanadi. 100 gramm karam bilan kunlik kaltsiy ehtiyojining 10 foizini to'ldirishingiz mumkin. Tish va suyak to'qimalarining mustahkamligini qo'llab-quvvatlaydigan bu sabzavot xom yoki pishirilgan bo'lsin, kaltsiy tarkibiga ta'sir qilmaydi.
11.Karam ich qotishni oldini oladi.
Tarkibidagi oltingugurt birikmalari karamning ovqat hazm qilish tizimida samarali ishlashiga yordam beradi.
12. Kuchli antioksidant
Karam antioksidant xususiyati yuqori bo'lgan sabzavot, u erkin radikallarga qarshi kurashadi va saraton kasalligidan himoya qiladi. Shuningdek, u immunosupressiv kasalliklar, jigar kasalliklari, diabet va semirish kabi kasalliklardan himoya qiladi.
13. Qandli diabetning oldini olishga yordam berishi mumkin
Yaqinda o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatadiki, karamga boy parhez 2-toifa diabet ehtimolini kamaytiradi.
14. Ortiqcha vazn bilan kurashishga yordam beradi
Karam xavfsiz va sog'lom vazn yo'qotishga yordam beradi. Uning tarkibidagi tolalar hazm bo'lmaydigan yoki so'rilmaydigan uglevoddir, shuning uchun u ovqatga katta hajm qo'shadi va oshqozoningizda joy egallaydi, bu esa so'rilgan uglevodlarni qabul qilmasdan tezroq va uzoqroq to'q his qilishingizga olib keladi.