
Dolchinning foydalari
— Immunitet tizimiga foydasi
Аsal va dolchin aralashmasi immunitet tizimini mustahkamlaydi va organizmni bakteriya va viruslardan himoya qiladi. Аsal va dolchin aralashmasini har kuni qabul qilish kerak.
— Ozishga foydasi
Bir stakan qaynatilgan suvda asal va dolchinni aralashtiring. Ortiqcha vaznni yo'qotish uchun har kuni ertalab, nonushta qilishdan yarim soat oldin iching.
— Husnbuzarda (akne) foydasi
Аsal va dolchinni aralashtirib, pasta hosil qiling va zararlangan joylarga qo'ying (maska qiling). Maska qancha uzoq vaqt ushlansa shuncha yaxshi.
— Soch to'kilishida foydasi
1 osh qoshiq zaytun moyi, 1 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq dolchinni aralashtirib, boshingizga surting, 15–20 daqiqadan keyin yuving. Haftada 1 yoki 2 marotaba qo'llash mumkin.