
Sholg'omning foydali va zararli xususiyatlari
sholg'om
Sholg’om — karamdoshlar oilasiga mansub o’simlik. Uning ildizmevasi vazni 10 kg`ga yetishi mumkin. Sholg’omning barcha navlari juda ertapishar bo’lib, hosil 40 — 60 kun ichida pishib yetiladi.
Sholg‘om bir qator xastaliklarda shifo hisoblanadi. Uning tarkibida qand, mineral tuzlar, V1, V2, V6, RR, karotin kabi vitaminlar, pantoten kislotasi, oqsil, karbon suvlari bor. Shuningdek, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, natriy kabi moddalar ham mavjud.
Ushbu sabzavot ham piyoz, sarimsoqpiyoz, turp kabi tabiiy antibiotik hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida fitonsidlar mavjud. Bu modda viruslarga qiron keltiradi hamda gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)ga qarshi kurashda ijobiy ta’sirga ega.
- Qaynatib pishirilgan sholg‘om shamollashga qarshi yaxshi vosita.
- Uni go‘sht bilan pishirib, iste’mol qilinsa, ko‘krak va tomoq yumshashiga erishish mumkin.
- Sholg‘omning bargi peshob haydash xususiyatiga ega. Buning uchun sholg‘omning 10 gramm bargi 100 gramm suvda damlanadi.
- Sholg‘omdan universal dori tayyorlash uchun 2 osh qoshiq maydalangan sholg‘om ustiga 1 stakan qaynoq suv solib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Undan har kuni chorak stakandan ichib turiladi. Bunday qaynatmaning 1 stakani uyqu oldidan iste’mol qilinsa, tinchlantiruvchi dori vazifasini o‘taydi. U bilan og‘iz g‘arg‘ara qilinsa, tomoq va tish og‘rig‘idan xalos bo‘lish mumkin.
- Sholg‘om pishirilib yoxud xomligicha iste’mol qilinsa, ko‘zga foyda, nafas yo‘lini yaxshilaydi, yurak bezovtaligida ajoyib malham bo‘la oladi.
Sholg'omning foydalari
Sholg’om tarkibida 9% gacha shakar va ko’p miqdorda C vitamini (boshqa ildizmevalarga nisbatan ikki baravar ko’p), B guruhidagi vitaminlar mavjud. Sariq sholg’om tarkibida yuqori konsentratsiyada provitamin A saqlanadi. Organizm uchun zarur bo’lgan mikroelementlardan mis, temir, marganes, rux, yod va boshqalar aniqlangan. Oltingugurt miqdori jihatidan, bu boshqa sabzavotlar orasida birinchi o’rinni egallaydi, fosfor miqdori bo’yicha esa turp va rediskani ortda qoldiradi.
Ushbu past kaloriyali sabzavot tarkibida oson hazm bo’ladigan polisaxaridlar, shuningdek ichak peristaltikasini rag’batlantiruvchi kletchatka mavjud. Bu uni ichaklar uchun foydali bo’lgan parhezbop taomga aylantiradi.
Sabzavot tarkibida glyukorafanin — saratonga qarshi xususiyatlarga ega bo’lgan sulforofanning o’simlik asosli analogi topilgan. Ushbu element faqat sholg’om va karamda uchraydi.
Bu sabzavot pishirilganda uning shifobaxshligi yanada ortadi. Chunki, sholg‘om pishirilish jarayonida undagi glyukozid moddasi xantal moyiga aylanadi. U ishtahani yaxshilaydi.
Sholg’om zamburug’larga qarshi va antibakterial xususiyatlarga ega. Unda ba’zi zamburug’lar o’sishini bostiradigan o’simlik antibiotiklari, shuningdek mikroblarga qarshi ta’sirga ega bo’lgan lizozim mavjud.
Sholg‘om jigar faoliyatini yaxshilaydi. O‘t pufagi suyuqligining ishlab chiqarilishini me’yorlashtiradi. Qovuqda toshlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Tarkibidagi sellyuloza ichaklar faoliyatini faollashtiradi. Me’da-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Uni ichak yallig‘lanishi bor insonlar iste’mol qilmagani ma’qul. Chunki, kuchli va surunkali gepatit (jigar hujayralari yallig‘langanda), xoletsistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi) va markaziy asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklarda ham uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Sholg‘omni xomligicha yeyish qabziyatda foydali. Me’da va ichaklar o‘tkir yallig‘langan paytda, gastrit va o‘n ikki barmoq yarasiga mubtalo bo‘lganlarga uni xomligicha yeyish tavsiya etilmaydi.
Sholg'omning zararlari
Qaynatilgan yoki bug’da pishirilgan shaklda sholg’om, hatto ildizmeva tavsiya etilmagan kishilarda ham nojo’ya ta’sir keltirib chiqarmaydi. Biroq uni xom shaklda iste’mol qilish barchaga ham tavsiya etilmaydi, xususan oshqozon-ichak trakti, buyrak va jigarning yallig’lanish kasalliklari bo’lgan bemorlar uchun qarshi ko’rsatiladi.
Sabzavotni xom shaklda haddan tashqari iste’mol qilish sog’lom kishilarda ham qorin dam bo’lishiga olib kelishi mumkin. Emizikli onalarga bolada allergik reaktsiyaga olib kelmaslik uchun sholg’om iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ikki yoshdan boshlab asta-sekin bu sabzavotni bolaning parheziga kiritish juda foydali bo’ladi.