Samolyot bortida qaysi taom va ichimliklarni iste'mol qilish xavfsiz?

Samolyot bortida qaysi taom va ichimliklarni iste'mol qilish xavfsiz?

Bo'lim: Taomlanish

Samolyot bortida qaysi taom va ichimliklarni iste'mol qilish maqsadga muvofiq

Yirik aviakompaniyalardan birining bosh oshpazi yo'lovchilarga ovqat masalasida quyidagi tavsiyalarni beradi: ichimliklardan suv va sharbat, ovqatlardan esa guruch va mol go'shtidan tayyorlangan issiq ovqat yo'lovchilar uchun eng maqbuli hisoblanadi. Guruch va mol go'shtini bir necha marta isitish mumkin va ular yomon bo'lib qolmaydi. Boshqa ovqatlar esa samolyotdagi sharoitda o'z jozibadorligi yoki foydasini yo'qotadi. Issiq ichimlik ichish ham yo'lovchilarga ko'p tavsiya etilmagan, sababi, issiq ichimlik idishlarini samolyot bortida tozalash qiyin hisoblanadi, shuning uchun bu ish juda kam qilinadi.
Biznes klassda bo'lsangiz sizga taomni shisha idishlarda va metall buyumlarda berishadi, ekonom klassda esa bir marotabalik plastmass idish va buyumlarda beradi.
Yana bir ma'lumot! Agar siz qandli diabet bilan og'risangiz, vegetarian yoki dietada bo'lsangiz bortda maxsus taom xam bo'ladi. Buning uchun ma'lumotnoma shart emas, styuardessadan so'rasangiz bo'lgani.

Parvoz vaqtida iste’mol qilinadigan natriyga boy va qayta ishlangan mahsulotlar bosh og‘rig‘i, charchoq, oshqozondagi buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun samolyotda yog‘siz va oqsilga boy mahsulotlar, sabzavot va mevalar yeyish tavsiya etiladi.

Issiq ovqatlar

Samolyotda bosim past bo‘lgani tufayli barcha taomlar ta’mi biroz o‘zgaradi, shuning uchun samolyot ovqatlariga ko‘proq tuz va ziravorlar qo‘shiladi.

Gazaklar

Bort xodimlari sho‘r, achchiq va turli gazaklar, jumladan, pishloq va zaytunni iste’mol qilmaydi, chunki bunday mahsulotlar ham suvsizlanishga olib keladi. Ular tarkibida katta miqdorda natriy bo‘lgani uchun chanqoq yuzaga keladi.

Samolyot xodimlarida keng tarqalgan kasallik — qabziyat sababi ham aynan balandlik va katta tezlikda uchishdan kelib chiqadi. Shunday ekan, tanadagi suv balansi buzilish ehtimoli yuqori bo‘lgan styuardessalar va bort kuzatuvchilari vaziyatni og‘irlashtirmaslikka harakat qiladi.

Bundan tashqari, muzlatkichda saqlanishi shart bo‘lgan har qanday mahsulot sifati va yangiligi shubha tug‘diradi. Shu sababli samolyotda taklif etiladigan kolbasa va pishloq mahsulotlaridan tiyilish lozim.

Spirtli ichimliklar

Yuqori balandlikda ichilgan spirtli mahsulotlar organizmga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatib, gipoksiyani keltirib chiqaradi. Bunda tana to‘qimalariga kislorod kam yetib boradi va organizm suvsizlanishiga olib keladi. Shuning uchun aviakompaniya xodimlari hech qachon parvoz vaqtida spirtli ichimliklar ichmaydi.

Qahva, choy va suv

Bort kuzatuvchilari ogohlantiradi: samolyotda taklif etiladigan plastik hamda shisha idishdagi suvlar xavfsiz, ularni mustaqil tekshirib ko‘rishingiz ham mumkin. Qahva va choy uchun issiq suv esa ko‘pincha vodoprovod suvidan olinadi. Salqin ichimliklarga solinadigan muz ham vodoprovod suvidan tayyorlanadi.

Zamonaviy samolyotlar resirkulyatsiyaga ega suv ta’minoti bilan jihozlangan. Parvozdan avval u yerga maishiy ehtiyojlar uchun ichimlik suvi quyiladi. Ammo bunday quvurlar qanchalik tez-tez tozalab turilishi noma’lum. Shu sababli styuardessalar parvoz vaqtida choy va qahva ichmaydi. Qolaversa, bunday ichimliklar ortiqcha suvsizlanishga olib keladi.







O'xshash maqolalar