
Qon bosimini doimiy me'yorda ushlab turishga yordam beruvchi mahsulotlar
Qon bosimni me'yorlashtirish
Qon bosimini tushiruvchi xalqona usullar
Arterial qon bosimini normallashtirish uchun ikki hafta davomida yangi siqilgan qora mevali ryabina sharbati (25 g)ni ichish yoki kuniga 10 dona mevasini iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Qon bosimini tushirishning ko‘p xalqona usullari bor.
Qon bosimini tushirish uchun sarimsoqli damlamani qabul qilish mumkin. Uni tayyorlash uchun 2 bosh sarimsoqni maydalab, ustidan suv quyish kerak (250 ml). Shundan so‘ng 12 kunga tindirishga qo‘yiladi. Damlamani kuniga uch marta ovqatdan 15 daqiqa oldin 20 tomchidan qabul qilish kerak. Davolash kursi - 3 hafta.
Qon bosimini tushiruvchi mevalar haqida gap ketganda xurmo haqida unutmaslik kerak. Arterial qon bosimini tushirish uchun har kuni 3 stakan yangi siqilgan xurmo sharbatini ichish kerak.
Bundan tashqari, gipertoniyani chernika damlamasi bilan ham davolash mumkin. Uni tayyorlash uchun 4 katta qoshiq quritilgan chernika ustidan 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 8 soat tindiriladi. Tayyor damlamadan har kuni 1 stakandan ichish kerak bo‘ladi.
Gipertoniyaning o‘tkir ko‘rinishi, arterial qon bosimining keskin ko‘tarilishida tovonlarga uksusga botirilgan kichik bint bo‘laklarini qo‘yish tavsiya etiladi. Qon bosimi tushishi bilan bintlarni olib tashlash kerak, aks holda qon bosimi me'yordan pasayib ketishi mumkin. Bu - qon bosimini tushirishning favqulodda usuli.
Bugungi kunda ko‘pchilik insonlar qon bosimining ko‘tarilishidan aziyat chekadilar. Shu bois qon bosimini uy sharoitida me’yorda ushlab turishga masalasi muhimdir. Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan odamlarda qachon va qanday nonushta qilish mazkur kasallikka ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, nonushta qon bosimini nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ertalabki ovqatlanish yurak salomatligini va qon bosimini bir necha mexanizmlar orqali yaxshilaydi, deb yozadi Parade nashri. Kardiolog Cheng Han Chen so‘zlariga ko‘ra, nonushta qondagi qand miqdorini tartibga soladi va kun davomida ortiqcha ovqatlanib qo‘yishdan saqlaydi. Bu qon bosimini oshiradigan stress gormonlari ko‘payishining oldini oladi.
Kardiologlar nonushta qilinadigan vaqtning ham ta’siri katta ekanligini tushuntirdi.
Nonushta kunning qaysi soatida qilinishi muhim ahamiyatga ega, chunki u qon bosimi va metabolizmni tartibga solishga yordam beradigan tabiiy sirkad ritmlariga mos kelishi lozim
Shu sababli shifokorlar uyg‘onganidan keyin bir-ikki soat ichida nonushta qilishni tavsiya qiladilar.
Olimlar D vitamini foydali ekanini har doim bilgan, biroq uzoq vaqt davomida uning arteriyalar salomatligi bilan bog‘liqligini aniqlash qiyin bo‘lgan. Semizlikdan aziyat chekayotgan 200 nafar bemor ustida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, bu modda hattoki bunday odamlarga ham normal qon bosimini saqlab turishga yordam bergani aniqlandi.
Shu bilan birga, shifokorlar “quyosh vitamini”ning kunlik normasini qo‘shimchalarsiz ham olish mumkinligini ta’kidlaydi. Buning uchun pishloq, tvorog, sariyog‘, baliq va dengiz mahsulotlarini kunlik ratsionga kiritish kifoya. Agar bu mahsulotlar doimiy ravishda dasturxoningizda bo‘lsa, normal qon bosimini saqlash unchalik qiyin bo‘lmaydi.
Normal qon bosimini saqlash uchun har bir kunni to‘g‘ri boshlash kerak. Uyg‘onganidan keyin ikki soat ichida nonushta qilish butun kun qanday o‘tishini belgilab beradi” deydi kardiolog Bredli Server.
“Tanadagi metabolik jarayonlar ovqatlanish vaqtiga ta’sir qiladigan sirkad ritmlar orqali tartibga solinadi. Nonushta qilish vaqtidagi o‘zgarishlar kardiometabolik kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir etishi mumkin”
Yurak salomatligini yaxshilashga yordam beradigan nonushta.
Kardiologlarning maslahatiga ko‘ra, nonushta uchun magniy va kaliyga boy taomlar (meva va sabzavotlar); oqsil (tuxum); foydali yog‘lar (avokado va yong‘oq), o‘simlik tolalari (sabzavotlar) dan iborat mahsulotlarni iste’mol qilish yaxshiroqdir
Shuningdek oddiy uglevodlar (masalan, nonushta yormalari) yoki tarkibida natriy moddasi ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Amerika kasalliklari hamjamiyati maslahatiga ko‘ra, qon bosimini yaxshilash uchun kunlik tuz iste’molini 2300 mg (ideal 1500 mg)dan ortiq bo‘lmasligini nazorat qilish zarur.
Kompleks choralar
Qon bosimini tushiruvchi xalqona usullar talaygina, ularning har biri muayyan darajada samara beradi. Biroq davolash usullari yaxshi natija berishi uchun bir necha muhim qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi.
Birinchidan, agar sizda ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, uni normallashtirishning ayni vaqti.
Ikkinchidan, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, choy va qahva iste'molidan butkul voz keching.
Uchinchidan, muntazam ravishda jismoniy mashqlarni bajarib turing. Agar yarim soatdan ochiq havoda mashq qilsangiz, yanada yaxshi.
To‘rtinchidan, tuz va hayvon yog‘lari iste'molini imkon qadar kamaytiring.
Va, albatta, organizmingizdagi o‘zgarishlarni nazorat qilish va ularni tartibga solish, o‘z vaqtida dori preparatlarini qabul qilish uchun muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya qilinadi
Qon bosimini bir zumda tushiruvchi 10 ta tabiiy mahsulot
Pishirilgan kartoshka
Kartoshka magniy va kaliyga boy bo‘lib, kaliy tanadan qon bosimini ko‘taradigan ortiqcha natriyni samarali ravishda olib tashlashga yordam beradi, magniy esa sog‘lom ravishda qon oqimini rag‘batlantiradi.Sut va sut mahsulotlari
Bir stakan sut kalsiy va D vitamini tufayli qon bosimini 3—10 foizga kamaytirishga yordam beradi. Sut va sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish yurak xastaliklari xavfini 15 foizga kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, sutni muntazam ravishda iste’mol qilish kalsiy miqdorini oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu mikroelementning yetishmasligi gipertoniya xavfini oshiradi.Tuxum
Ko‘p yillar davomida tuxumni tez-tez iste’mol qilish xolesterin tufayli yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin, degan qarash mavjud edi. Ammo yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu noto‘g‘ri fikrni rad etdi va tuxum oqi qon bosimini pasaytirishga yordam berishi mumkinligini ko‘rsatdi. Aslida, tuxum oqi yuqori qon bosimini pasaytirish uchun eng ko‘p ishlatiladigan dori vositasi bilan bir xil natijani beradi.Brokkoli
Bu foydali sabzavot tarkibida qon bosimini pasaytiradigan minerallardan magniy, kalsiy va kaliy mavjud. Bundan tashqari, brokkolini ratsionga kiritish insult, yurak-qon tomir kasalliklari va gipertoniya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Brokkoli novdalarida arteriyalarning shikastlanishini kamaytiradigan ko‘plab birikmalar mavjud.
Lavlagi sharbati
Amerika yurak assotsiatsiyasining Gipertoniya bo‘yicha 2013-yilda chop etilgan tadqiqotiga ko‘ra, kuniga bir stakan lavlagi sharbati qon bosimini 10 ballga tushirishi mumkin. Bu natijaga nitrat orqali erishiladi, qon tomirlarini kengaytiradi va qon oqimiga yordam beradi.
Banan
Bu mevalar kaliy miqdori bo‘yicha chempion bo‘lib, bitta banan, taxminan, 420 milligramm yoki kunlik qiymatning 11 foizini tashkil qiladi. Kaliy esa yurak va qon tomirlari salomatligi uchun juda muhim.
Qora shokolad
Eng mazali dori — tarkibida kakao bo‘lgan shokolad. Ushbu muolajada qon tomirlarini elastikroq qiladigan ko‘plab maxsus antioksidant flavanollar mavjud. Kuniga bir necha bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish faqat foyda keltiradi!
Oq loviya
Kaliy, magniy va kalsiy miqdori yuqori bo‘lgan yana bir mahsulot. Oq loviya qon bosimini normallashtirishga yordam beradigan muhim mikroelementdir. Faqat bir porsiya loviya tarkibida kunlik 13 foiz kalsiy, 30 foiz magniy va 24 foiz kaliy mavjud.
Anor
Uch hafta davomida kuniga bir stakan anor sharbati qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Shunchaki kunni shu ichimlik bilan boshlash va gipertoniya xavfidan xavotir olmaslik mumkin.
Suli yormasi
Nonushta uchun jo‘xori uni salomatlik, shu jumladan, qon bosimini normallashtirish haqida jiddiy tashvishlanadigan har bir kishi uchun ajoyib tanlovdir. Ushbu taomda mavjud kletchatkalar sistolik va diastolik qon bosimining sog‘lom darajasini, shuningdek, tana vaznini saqlashga yordam beradi. Bu yurak va qon tomirlarining salomatligi uchun juda muhimdir.