
Do'lananing foydali va zararli xususiyatlari
Do'lana
O‘lkamizda do‘lananing uch turi iste’mol qilinadi. Farmatsevtika sanoatida asosan qizil, sariq rangli do‘lanadan foydalaniladi. Do‘lana mevalari turiga qarab, qizil, sariq va qora rangli bo‘ladi. Uning bargi, gullari va mevalari shifobaxshdir.
Do‘lananing bir hovuchi iste’mol etilsa, kun bo‘yi kishining nafaqat tashnalik balki ochlikda ham asqotib, unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, do‘lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.
vitaminlar
Do‘lana mevalarining tarkibida 20 foiz qand, 8 foiz yog‘, flavonoidlar, xolin, atsetilxolin, oshlovchi moddalar, karotin, S vitamini, organik kislotalar kabi moddalar mavjud. O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan do‘lananing ba’zi turlarida V1, V2, RR, S, Ye vitaminlari borligi aniqlangan.
Kichkina olmaga o‘xshash do‘lana mevali o‘simligini hamma biladi. Qadim zamonlardan beri bu sehrli o‘simlikning mevalari va gullaridan damlamalar barcha kasalliklar uchun universal vosita bo‘lib kelgan.
Tabiat insoniyatga do‘lana shaklida ajoyib sovg‘a qildi. Turli xil tashxislar uchun nafaqat an’anaviy tibbiyot, balki zamonaviy ilm-fan ham o‘simlikning foydali xususiyatlaridan foydalanadi. Mevalar, gullar va hatto barglar sog‘lig‘imizni saqlaydi.
Biz do‘lanadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘tamiz.
Yurak faoliyatini yaxshilashda
U yurak yetishmovchiligini davolashda qo‘llaniladi: mevalar ham taxikardiya, ham bradikardiyani yo‘q qiladi. Yurak ritmini tiklaydi.
Immunitet uchun
Do‘lana organizmdagi toksinlarni chiqarib yuboradi. Tarkibidagi S vitamini leykotsitlar ni faollashtiradi va immun tizimini yaxshilaydi.
Mevaning nojo‘ya ta’siri ham mavjud bo‘lib, quyidagi hollarda do‘lanani iste’mol qilib bo‘lmaydi.
- Yurak kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan dorilar bilan birga qo‘llash.
- Jarrohlik amaliyotidan oldin va keyin.
- Do‘lanani och qoringa iste’mol qilish mumkin emas. Chunki, u ichakni spazm qilib qayt qildiradi.
- Bu mevani yegandan keyin ustidan sovuq suv ichish ham zararli, aks holda u me’da-ichak sanchig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
- Uni ortiqcha iste’mol qilish buyrakka zarar bo‘lib, me’da-ichakni zaiflashtirib, qulanj (kolit) xastaligi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi.
Do‘lana - kuchli antioksidant
Tanaga zarar etkazadigan erkin radikallar deb ataladigan beqaror molekulalarni zararsizlantirishga yordam beradi. Antioksidant faolligi tufayli polifenollar ayrim saraton, 2-toifa diabet va astma xavfini kamaytiradi.
xitoy tabobatida do‘lana yuqori qon bosimini davolash uchun
Do'lana tavsiya etilgan oziq-ovqatlardan biridir. O‘simlik tomir kengaytirish ta’sirga ega. Xolesterin darajasini pasaytiradi. Xolesterin darajasi aterosklerozning sababi bo‘lishi mumkin va shunga mos ravishda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi mumkin.
Do‘lona fitopreparatlar koronar arteriyalarning patologiyalarini bartaraf etish yoki kamaytirishga, kapillyar qon oqimining buzilishini normallashtirishga va to‘qimalarning gipoksiya ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi.
Do‘lona oshqozon-ichak traktida
Xususan, hazmsizlikni davolash uchun ham foydalidir. Do‘lana mevasi tarkibida prebiyotik vazifasini bajarib, hazm qilishga yordam beruvchi tola mavjud.
Do‘lona nerv tizimiga foydali, tez-tez bosh og‘rig‘iga qarshi kurashadi, uyquni normallantiradi va nevrozni yo‘q qiladi, tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Asossiz xavotir olish alomatlarini kamaytirishga yordam beradigan sedativ ta’sirga ega. Hozirgi vaqtda do‘lana tashvish va depressiya kabi markaziy asab tizimining kasalliklarini davolash uchun potensial vosita sifatida o‘rganilmoqda.
Ayollar salomatligida
Muammolarini davolashda do‘lana bilan o‘simlik preparatlari faol qo‘llaniladi. Choy, damlamalar, infuziyalar to‘qimalarning gipoksiyasini bartaraf etishga, migrenning og‘irligini kamaytirishga va jinsiy gormonlar darajasini moslashtirishga yordam beradi.
Shuningdek, qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi va terining yoshligini saqlaydi. Do‘lana bilan choy shishishni yo‘q qiladi va metabolik jarayonlarni kuchaytiradi.
Taqiqlar va ogohlantirishlar
Do‘lonadan foydalanishda ehtiyot bo‘ling va meyorga amal qiling. Do‘lona yangi mevalari miqdori kuniga bir stakandan oshmasligi kerak. Dozani oshirib yuborish bosimning kuchli pasayishiga tahdid solishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bu qon bosimi past bo‘lgan odamlar uchun ayniqsa muhimdir.
Yangi mevalardan tashqari, do‘lana jele, kompot shaklida iste’mol qilinishi mumkin. Dozaj bir xil - bir stakan, kuniga maksimal bir yarim.
Shifokorlar bo‘lajak onalarga ham do‘lana iste’mol qilishni mutlaq taqiqlaydi. Bu erta tug‘ish yoki qon ketish xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Asosiy taqiqlar orasida och qoringa damlamalar yoki infuziyalardan foydalanish ham bor - do‘lana ovqat hazm qilish traktining shilliq qavatini bezovta qiladi va surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi, ichak spazmlarini qo‘zg‘atishi mumkin.
Shuningdek, sedatsiya va uyquchanlikka olib kelishi mumkin, bu esa avtomobil haydash paytida xavflidir.