Oqsil yetishmovchiligining asosiy 7 belgisi

Oqsil yetishmovchiligining asosiy 7 belgisi

Bo'lim: Taomlanish

Oqsil etishmovchiligi haqida

1. Doimiy ochlik xissi.
Uglevodlar va yog'lar oqsildek energiya bera olmaydi.
2. Soch va tirnoqlarning noziklashishi va to'kilishi.
Ular keratindan tashkil topgan. Keratin esa oqsildan.
3. Jaroxatning juda sekin bitishi.
Oqsil organizmning asosiy qurilish materiali!
4. Tez-tez infektsion kasalliklarga chalinish.
Immun tizim elementlari oqsillardir! Oqsilsiz lizotsim va interferon ishlab chiqarilishi susayib ketadi.
5. Tanadagi shishlar.
Organizmda suv-tuz balansi buziladi, natijada to'qimalarda suv yig'iladi. (Qovoqdagi shishlar, kunni ikkinchi yarmida oyoq kiyimning siqishi)
6. Tana vaznining kamayishi.
Mushaklar oqsillardan tashkil topgan. Oqsil etishmasligi mushaklardagi oqsillarning safarbar bo'lishiga, bu esa, mushaklar atrofiyasiga olib keladi. Tez charchoq, xolsizlik belgilari kuchayadi.
7. Yomon/tushkun kayfiyat.
Oqsil neyromediator serotonin ishlab chiqarilishida asosiy modda hisoblanadi. Kayfiyatning yaxshi bo'lishi, stressga chidamlilik aynan serotoninga bog'liq.

Oqsil yetishmovchiligi: hamma ham eʼtibor bermaydigan eng xavfli belgilar

Protein yoki oqsil inson organizmi uchun eng muhim komponent hisoblanadi. Mushaklar oqsildan iborat bo‘lib, u biriktiruvchi to‘qimalar va teri uchun nihoyatda zarur element. Ferment oqsillari, antitana oqsillari mavjud, ko‘pchilik gormonlar ham oqsillardir. Kasalliklar tufayli protein almashinuvi buziladi. Ammo qatʼiy diyetalarga rioya qilganlar yoki parhezni noto‘g‘ri tuzganlar xavf ostidalar, chunki ular oziq-ovqat oqsillarini yetarli darajada isteʼmol qilishga eʼtibor bermaydilar.

Protein organizmning asosiy qurilish blokidir, shu bois protein yetishmovchiligi nozik alomatlar bilan yuzaga chiqadi. Yaʼni organizmda oqsil tanqisligining oddiy shakllari ham infeksiyalarga qarshi turish qobiliyatini pasaytiradi, tirnoq va sochlarning o‘sishini sekinlashtiradi va yuzning tashqi ko‘rinishiga taʼsir qiladi.

Oqsil yetishmovchiligini erta aniqlash sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarning oldini olishda juda muhimdir.

Kimlarda protein yetishmaydi?

Go‘sht isteʼmol qilmaydiganlar, vegetarianlar oqsil yetishmasligi xavfi ostidagilar hisoblanadi. O‘simlikka asoslangan oziq-ovqatlar yengillik hissini berishi mumkin, ular o‘zining hajmi bilan kletchatka va pektinning ko‘p miqdori tufayli oshqozonni yaxshi to‘ldira oladi. Shu bois ham protein yetishmovchiligi eʼtibordan chetda qolishi mumkin. Biroq shu yerda muhim savol tug‘iladi: agar siz hayvon go‘shtlari asosida tayyorlanadigan mahsulotlar qatʼiy cheklangan diyetaga o‘tishga qaror qilsangiz, taomnomadagi protein yetishmasligini qaysi manbalar hisobidan qoplaysiz, shuni oldindan aniqlab oling.

Shuningdek, oqsillar almashinuvida ayrim nuqsonlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar mavjud. Va bemorlar ulardan aziyat chekayotganini bilmasliklari ham mumkin — ayniqsa, kasallik balog‘at yoshida rivojlangan bo‘lsa.

Protein yetishmovchiligini aniqlash uchun analizlar

Agar jiddiy protein tanqisligi yoki uning so‘rilishi buzilganligi haqida gumonda bo‘lsangiz, shifokor quyidagi klinik tadqiqotlarni buyurishi mumkin:

  • Klinik qon tahlili (ESR);
  • Reberg-Tareev testi;
  • Kundalik peshobda karbamid;
  • Peshobda kreatinin;
  • Peshob va zardobdagi umumiy protein tarkibini tahlil qilish;

Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlaydigan yana bir nechta analiz testlar mavjud. Holatga qarab, shifokor kerakli tadqiqotni yoki ularning kombinatsiyasini tanlaydi.

O'xshash maqolalar