
#Saharlik uchun foydali taom - murabbo yoki djemli sirnik
Bo'lim: Taomlanish
#Saharlik uchun foydali taom
Murabbo yoki djemli sirnik
Kechga xamirini tayyorlab qo'yib, saharlikka duxovkaga solib pishirib olish mumkin bo'lgan, tez pishar pishiriq.
Masalliqlar:
Tvorog (yog'siz) — 300 g
Tuxum — 2 dona
Un yoki manniy yormasi — 50 g
Shakar — tabga ko'ra
Murabbo yoki djem – 100 g
Tayyorlanishi:
Idishga tvorog, tuxum, shakar solib aralashtiramiz. Ustidan oz - ozdan un solib aralashtiramiz. Tayyor bo'lgan xamir massasidan kichik idishchalarni yarmigacha xamir solamiz, ustidan murabbo solib, yana ustidan idishcha to'lguncha xamir solamiz. Shu tartibda idishchalarga solib chiqamiz. 180⁰ S gacha qizib turgan duxovkaga 20–25 daqiqaga qo'yamiz. Oqsilga boy va kechgacha to'q tutadigan sirnik tayyor! Yoqimli ishtaha!
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: