#Issiq havo

ISSIQ HAVODA OVQATLANISHNING ASOSIY QOIDALARI

Taomlanish

ISSIQ HAVODA OVQATLANISHNING ASOSIY QOIDALARI

Issiq havoda qanday ovqatlanish kerak?Yoz oyida ovqat hazm qilish jarayoni sekinlashadi. Issiqlik taʼsirida organizm oʻzini sovutib, tana haroratini normal ushlab turishga katta energiya sarflaydi. Natijada hazm qilish tizimini qon bilan taʼminlanishi susayadi, ishtaha pasayadi, soʻlak ajralishi kamayadi, ichaklar xarakati sustlashib, moddalar almashinuvi sekinlashadi. Bu esa yurak qon tomir tizimini yuklama bilan ishlashiga olib keladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib yozgi ratsion tuzishda quyidagilarni inobatga olish kerak:— Koʻp miqdorda suv ichish(Organizm uchun kunlik suyuqlik normasi 1 kg / 30 ml. Kerakli miqdorda iching, haddan tashqari koʻp suyuqlik ichish shishlarni keltirib chiqaradi)— Vitamin va minerallarga boyitish(Meva, sabzavot va ko'katlar)— "Sovituvchi" energiya berish— Qon aylanishini yaxshilash— Qon quyuqlashishini oldini olish• Koʻkatlar;• Meva va reza mevalar: qovun, tarvuz, malina, qulupnay, shaftoli, olxoʻri, limon va h.k.• Yormalar: jigarrang guruch, perlovka, grechka.• Oʻsimlik oqsili: grechka, chechevitsa, qoʻziqorin, urugʻ va yongʻoqlar.• Xayvon oqsili: qizil va oq baliq, dengiz mahsulotlari, oq goʻsht (tovuq, indeyka), tuxum.• Ichimliklar: mevalardan sharbatlar, moxito, oʻtli choylar, soklar.– Yangi chiqarilgan soklar– Qizdiradigan maxsulotlar– Qizil goʻsht– Qovurilgan ovqatlar– Oq un, shakar va kremli shirinliklar."Isituvchi" energiyani qanday qilib "sovituvchi" energiyaga almashtirish kerak? Asosiy qoida shuki barcha toʻq rangli/qizil — "isituvchi", och rangli/yashil — "sovituvchi"dir.Yozgi menyuda boʻlishi kerak:Isteʼmol qilmagan yaxshi:Minimal darajaga tushirish kerak:Albatta yoz kunlari ishtaha pasayishi sababli koʻproq hoʻl mevalar va xom holatdagi sabzavot hamda ulardan tayyorlangan salatlarni xush koʻrib isteʼmol qilamiz, — deydi G.Shayxova. — Chunki bu mahsulotlarning koʻpchiligi chanqoqni qondiradi hamda organizmni kerakli mineral moddalar va vitaminlar bilan toʻyintirib boradi. Lekin ularning kaloriyasi kam va kuni bilan sarf qilingan quvvatning oʻrnini bosa olmaydi. Organizmga esa doim oqsil moddalari zarur.Buning uchun goʻsht va uning oʻrnini bosuvchi baʼzi (dukkakli) mahsulotlar kunlik taomnomaga kiritilishi kerak. Ammo, unutmaslik kerakki, qovurilgan, yogʻli mahsulotlarning hazm boʻlishi ancha qiyin. Shuning uchun goʻsht mahsulotlari qaynatilgan holatda boʻlishi va umuman yengil hazm boʻladigan goʻshtli ovqatlarni isteʼmol qilishni tavsiya qilamiz. Moshxoʻrda, mastava, qaynatma shoʻrva (yogʻsiz), manpar va shunga oʻxshash yengil hazm boʻladigan taomlarni yeyish kerak.Albatta, kabob (shashlik)dan hech kim voz kechmasa kerak, ammo bu taomni sabzavotdan qilingan salatlar bilan isteʼmol qilish va uksus moddasini kamroq ishlatish lozim.Bu mavsumda ovqatlanish tartibi qanday boʻlishi kerak?Yoz faslida ovqatlanish tartibini biroz oʻzgartirish lozim. Nonushta soat 7:00 da qilinish, unda oqsil, yogʻ va uglevodlar oddiy kunlardagidan nisbatan koʻpaytirilishi lozim Masalan: sut mahsulotlari (tvorog, qaymoq, sutli choy), meva, sabzavot, suvda pishirilgan goʻsht va shunga oʻxshash mahsulotlar isteʼmol qilinishi kerak.Tushlikda yengil hazm boʻladigan birinchi taom, yaʼni moshxoʻrda, mastava, manpar, suvda yoki bugʻda tayyorlangan kotletlardan iborat boʻlsa yaxshi boʻlardi.Dasturxonimizda albatta sabzavot va mevalar, ulardan tayyorlangan salatlar, bodring, pomidor, piyoz, koʻk piyoz, koʻkatlar boʻlishi kerak. Hoʻl mevalardan tayyorlangan sharbatlar tarkibida esa shakar imkon qadar umuman boʻlmasligi lozim. Yozning issiq kunlarida shoʻr baliq, dudlangan goʻsht, konserva, tuzli mahsulotlarni isteʼmol qilish umuman tavsiya etilmaydi, chunki ular chanqash holatini yana-da kuchaytiradi.Kechki ovqatdagi taomlar ham juda yengil hazm boʻladigan suyuq ovqatlardan iborat boʻlishi kerak. Buning uchun qatiq, kefir, olma, turli sabzavotlar va shunga oʻxshash uglevodlarga boy boʻlmagan mahsulotlarni isteʼmol qilish kerak. Sevimli mahsulotlarimiz boʻlmish qovun va tarvuzni esa tushlik vaqtida isteʼmol qilinsa yaxshi boʻladi, ular uglevodlarga boy, quvvat beradi va, ayniqsa, tarvuz chanqoqni bosadi.Yozda asosan chanqoq qiynaydi, uni qondirish uchun qanday tavsiyalar berasiz?                                        Jaziramada albatta chanqoqni bosish uchun suv ichish zarur. Uni har soatda 200 mldan ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, qora va koʻk choy hamda oʻtli damlamalar ham juda foydali, ular orqali organizmga mineral moddalar va vitaminlar kirib boradi. Sogʻlom insonlar uchun kunlik isteʼmol qilinadigan suvning meʼyori 3 litrgacha. Yurak qon-tomir, buyrak xastaligi bor insonlarga esa koʻp suv ichish tavsiya etilmaydi, bunday bemorlar shifokor nazorati ostida suyuq moddalarni ichishlari lozim.Yana shunday mahsulotlar borki, ular ham chanqoqni yaxshi bosadi. Bularga bodring, selderey, qovun, tarvuz, qulupnay, apelsin kiradi. Ayniqsa, yozgi taom boʻlmish okroshka ham chanqoqni bosadi hamda kerakli mikroelement va vitaminlar bilan boydir.

Ko'proq o'qish