Vitamin "B5" (Pantoten kislota)Asosiy vazifalari:1. Organizmda muxim vazifalarni bajaruvchi 80 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi;2. Atsetil-KoA va atsetil-oqsil tashuvchisi tarkibiga kiradi;3. Atsetillanish va piruvatni utilizatsiyasida ishtirok etadi;4. Steroidlar va lipidlar sintezida ishtirok etadi.5. Ichaklar peristaltikasini stimullaydi.6. Glyukokortikoidlarni sintezini stimullab, artrit, allergiya, kolit, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi.7. Antitelolar sintezini stimullaydi. Ichaklarda vitaminlar so'rilishini kuchaytiradi.Gipo/avitaminoz vitamin "V5" MKB-10: Ye53Asosiy belgilari:1. Pediolalgiya, eritromegaliya2. Dermatitlar, depigmentatsiya3. Soch to'kilishi, sinuvchan bo'lib qolishi4. Depressiya5. Dispepsiya6. 12 barmoq ichak yarasi7. Yurak kasalliklari8. Buyrak usti bezi, nerv tizimida kasalliklar rivojlanadi.9. Infektsion kasalliklarga tez-tez chalinish.Sutkalik extiyoj: 5-10 mgSuratda "V5" vitaminiga boy maxsulotlar keltirilgan. Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!