Vitamin B5

Vitamin B5

Bo'lim: Salomatlik

​​​​Vitamin "B5" (Pantoten kislota)

Asosiy vazifalari:
1. Organizmda muxim vazifalarni bajaruvchi 80 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi;
2. Atsetil-KoA va atsetil-oqsil tashuvchisi tarkibiga kiradi;
3. Atsetillanish va piruvatni utilizatsiyasida ishtirok etadi;
4. Steroidlar va lipidlar sintezida ishtirok etadi.
5. Ichaklar peristaltikasini stimullaydi.
6. Glyukokortikoidlarni sintezini stimullab, artrit, allergiya, kolit, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
7. Antitelolar sintezini stimullaydi. Ichaklarda vitaminlar so'rilishini kuchaytiradi.

Gipo/avitaminoz vitamin "V5" MKB-10: Ye53
Asosiy belgilari:
1. Pediolalgiya, eritromegaliya
2. Dermatitlar, depigmentatsiya
3. Soch to'kilishi, sinuvchan bo'lib qolishi
4. Depressiya
5. Dispepsiya
6. 12 barmoq ichak yarasi
7. Yurak kasalliklari
8. Buyrak usti bezi, nerv tizimida kasalliklar rivojlanadi.
9. Infektsion kasalliklarga tez-tez chalinish.

Sutkalik extiyoj: 5-10 mg

Suratda "V5" vitaminiga boy maxsulotlar keltirilgan.

 

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar