
Olmaning foydali xususiyatlari, Olma haqida
Olmaning inson organizmi uchun eng foydali xususiyatlari ma'lum qilindi
Bir kunda kamida bir-ikkita olma iste'mol qilish kerak, shirinliklar o'rniga quritilgan olma eyish mumkin, olmali pirogni esa vaqti-vaqti bilan iste'mol qilgan ma'qul. Bu haqda Moskva sog'liqni saqlash departamenti bosh dietologi Antonina Starodubova aytib o'tdi.
Dietologning aytishicha, olma nafaqat xushta'mi, yaxshi holatda uzoq muddat saqlanishi, balki odam organizmi uchun zarur bo'lagan foydali vitaminlar, minerallar, antioksidantlar va kletchatkalar manbi ekani bilan ham ajralib turadi.
“Olma tarkibida V1, V2 vitaminlari, foliy kislota, karotinoidlar hamda S vitamini mavjud. Karotinoidlar (A vitamini), S vitamini, shuningdek, asosan olma po'stlog'ida mavjud bo'lgan bioflavonoidlar odam hujayralari membranasini zararlanishdan himoya qiladi”, deydi A.Starodubova.
Olmadagi kletchatka, shuningdek, oziq-ovqat tolalarini ko'p saqlaydigan po'stlog'i ichaklar mikroflorasini muvozanatda ushlash, lipid almashinuvni me'yorlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Organik kislotalar ovqat hazmini yaxshilaydi.
SHifokor olmaga nisbatan allegriyasi bor odamlarga uni iste'mol qilmaslikni tavsiya qildi.
Har kuni ertalab bir dona yashil olma yeyishning 7 foydasi
Har kuni olma iste’mol qilgan inson shifokor qabuliga bormaydi”, degan ibora bor. Yashil olma tanamiz uchun eng foydali mevalardan biri hisoblanadi, chunki uning tarkibida ko‘plab vitaminlar va xlorofill immunitetni kuchaytiradi, bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi, organizmdan toksinlarni haydaydi.
Yashil olmani iste’mol qilish uchun eng yaxshi vaqt ertalabki nonushta paytidir. Kubanskie novosti ma’lumot berishicha, yashil olmaning quyidagi foydali xususiyatlari mavjud:
1.Yashil olma ozish jarayonini tezlashtiradi. Olma tarkibidagi kletchatkalar uzoq vaqt davomida ochlik hissi bo‘lmasligini ta’minlaydi, ovqat hazm qilish tizimi yaxshiroq ishlashiga yordam beradi;
2.Olma qandli diabetning oldini oladi. Ertalab bir dona yashil olma iste’mol qilsangiz, butun kun davomida shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirasiz;
3.Yurak-qon tomir tizimini normallashtiradi. Nordon olma tarkibida yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan moddalar mavjud. Ular qon tomirlarida xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi;
4.Metabolizmni ishga tushiradi. Har kuni ertalab muntazam ravishda yashil olma yeyish orqali siz metabolizmni tezlashtirishingiz va qabziyatdan xalos bo‘lishingiz mumkin;
5.Bosh miya salomatligi. Yashil olma keksayganda aqliy zaiflikka olib keladigan turli kasalliklarning oldini oladi. U qon aylanish tizimini rag‘batlantiradi, natijada miya hujayralari kislorod bilan to‘yinadi;
6.Yuz terisining tiniq va chiroyli bo‘lishiga yordam beradi. Tarkibidagi antioksidantlar tufayli yashil olma terini erta qarishdan va mimik ajinlar paydo bo‘lishidan himoya qiladi;
7.Og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hidni bartaraf etadi. Yashil olmadagi mikroelementlar tishlar va og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi.
Har kuni olma iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
Olma sog‘liq uchun zarur bo‘lgan moddalarga boy bo‘lishi bilan birga, har bir inson uchun mutlaqo sevimli mevadir.
Olma tarkibida juda ko‘p miqdorda C vitamini (100 gramm mahsulotda kunlik ehtiyojning taxminan 10 foizi) va ozroq miqdorda — B1, B5, B6, K1 va PP vitaminlari mavjud. Ichakdagi K1 vitaminidan mikrobiota ta’sirida kalsiyni suyak to‘qimalariga kiritish uchun zarur bo‘lgan mashhur K2 vitamini sintezlanadi. B vitaminlari oqsil sintezida ishtirok etadi. C va PP vitaminlari esa qon tomirlarining devorlari va immunitet funksiyasini mustahkamlaydi.
Olma tarkibida ko‘p miqdorda kaliy, kobalt, mis, ozroq miqdorda kremniy, marganets, molibden va xrom mavjud. Bular salomatlik uchun juda muhim elementlardir. Kaliy mushak va yurak hujayralarida impulslarni uzatishda ishtirok etadigan ion bo‘lib, ichakning normal ishlashi uchun zarurdir.
Kobalt metabolizmda ishtirok etadi. Kremniy kollagen sintezini va ichak faoliyatini rag‘batlantiradi. Mis ko‘p miqdordagi fermentlarning bir qismidir, gematopoez jarayonlarida ishtirok etadi, organizmni erkin radikallardan himoya qiladi.
Marganets suyak va biriktiruvchi to‘qimalarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi hamda metabolizmda ishtirok etadi. Molibden aminokislotalar va boshqa moddalar almashinuvini tartibga soluvchi ko‘plab fermentlarning bir qismidir.
Organizmning antioksidlanishi
Olmalarda ko‘p miqdorda biologik faol fitokimyoviy moddalar mavjud: bular polifenol, o‘simlik sterollari (fitosterollar), triterpenlar va organik kislotalardir. Ushbu komponentlar kuchli antioksidantlardir (yallig‘lanish, kanserogenez, aterosklerozdan himoya qilishga yordam beradigan moddalar). Olma tarkibidagi C vitamini ham kuchli antioksidantdir.
Saratonning oldini oladi
Triterpenlar, antioksidant ta’siridan tashqari, o‘simtaga qarshi potentsialga ega: ular onkologiyada potentsial profilaktika sifatida faol o‘rganiladi. Bundan tashqari, skuamoz hujayrali teri saratoni va bachadon bo‘yni saratonining oldini olishda fitosterollarning ishtiroki haqida dalillar mavjud.
Olma ham kletchatka va tolaga boy. Ular suvni o‘zlashtiradi va turli xil zaharli moddalarni, shu jumladan radioaktiv, og‘ir metallarni, ortiqcha shakar va xolesterinni organizmdan chiqarib tashlashga qodir bo‘lgan gel hosil qiladi.
Olma pektinlari meva tarkibidagi boshqa biologik faol moddalar bilan birga yo‘g‘on ichak saratoni va boshqa ba’zi saraton turlarining oldini olishda ishtirok etadi.
Go‘zallikni saqlash va sport bilan shug‘ullanishda yordam beradi
Olma tarkibida mavjud bo‘lgan ursolik kislota kabi triterpenlarning xilma-xilligi skelet mushaklariga sezilarli ta’sir ko'rsatadi, erta qarishning oldini olish va sport samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Fitosterollar jarohatni davolashni tezlashtiradi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarning massasini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, ular teridagi namlik muvozanatini saqlaydi, uni yumshatadi va teri kasalliklari xavfini kamaytiradi. C vitamini sog‘lom teri, soch va suyaklar uchun zarur bo‘lgan kollagen sintezini rag‘batlantiradi.
Tish salomatligi
Shuningdek, fitosterollar og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralar, periodontitni davolashga yordam beradi. Olma tarkibidagi kletchatka ovqatni chaynashda bakteriyalarni tishlarga kirib qolmasligiga yordam beradi.
Ishtahaning pasayishi va shakarga bo‘lgan ehtiyoj
Olmada mavjud bo‘lgan tola oshqozon-ichak traktida shishib, oziq-ovqat o‘rnini bosadi, shu bilan tezda to‘qlik hissi paydo bo‘lishiga yordam beradi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.
Xrom uglevod almashinuvini tartibga solishni ta’minlaydi, insulinga rezistantlikni rag‘batlantiradi va shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu parhezda muhim ahamiyatga ega.
Oshqozon-ichak trakti va jigar salomatligiga ijobiy ta’siri
Kletchatka ichaklar harakatini rag‘batlantiradi. Ular prebiyotiklar, ya’ni foydali mikrobiotalarning ko‘payishiga yordam beruvchi moddalar vazifasini bajaradigan mikroflora uchun juda muhimdir.
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi
Kuniga 100 dan 150 grammgacha to‘liq olma iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini, qon bosimi, yomon xolesterin, yallig‘lanishni kamaytirish va qon tomir endotelial funksiyasini yaxshilash bilan bog‘liq.
Demensiya va boshqa neyrodegenerativ kasalliklarning oldini oladi
Asosan olma po‘stida bo‘lgan antosiyaninlar oksidlovchi stress bilan bog‘liq kasalliklar, shu jumladan neyrodegenerativ kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi
Kvarsetinning yuqori miqdori tufayli olma iste’mol qilish diabet rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin. Olma tarkibida mavjud bo‘lgan fenolik birikmalar, shuningdek, insulin sinteziga, qondagi glyukoza darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va ichaklarda ishlab chiqarilgan gormonlar orqali glyukoza so‘rilishini kamaytirishi aniqlangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, olma iste’mol qilish ikkinchi toifa diabet rivojlanish xavfini 18 foizga kamaytiradi.
Shunday qilib, kuniga bir yoki bir nechta olma iste’mol qilish ko‘plab kasalliklarning oldini olishga, terini yosh saqlashga, ichak faoliyatini yaxshilashga, yaxshi kayfiyat va salomatlikni saqlashga yordam beradi.