Ichimlikni puflab ichsa ziyonmi?

Ichimlikni puflab ichsa ziyonmi?

Bo'lim: Taomlanish
Abu Sa'iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikka puflashdan qaytardilar. Bas, bir kishi: «Idishga tushib qolgan narsani ko'rsam-chi?» dedi.
«Olib tashla», dedilar u zot. «Men bir nafasda icha olmayman», dedi.
«Unday bo'lsa, qadahni og'zingdan uzoqlashtir», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Yana bir hadisda, Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz ichsa, idish ichiga nafas olmasin», dedilar».

O'xshash maqolalar