
Yosh bolalarda diatez sabablari
Bolalarda nima sababdan diatez yuz beradi?
Diatez koʻpincha bolalarda kuzatiladi. Diatezning har xil shakllari bor. Ekssudativ-kataral diatez, limfatik-gipoplastik va nervartrik diatez koʻp uchraydi. Nervartrik diatez belgilari yoshga qarab oʻzgaradi: goʻdaklik davrida hazm aʼzolari faoliyati buzilib, bola ozishga moyil boʻladi, asabiylashadi, keyinroq borib, u ozib yoki semirib ketadi, ruhan qoʻzgʻaluvchan boʻladi va hokazo. Gemorragik diatez diatezning alohida bir turi hisoblanadi.
Bu muammo bilan ko'pchilik ota-onalar to'qnash kelgan. Ammo uni qanday bartaraf etish, yanada aniqrog'i, oson yengib o'tish borasida barchada yetarli ma'lumot yo'q.
Diatez asosan bolalarning ikki oylikdan ikki yoshgacha bo'lgan davpida boshlanadi, — deydi professor. — U asosan ikki omilning qo'shilishi, ya'ni nasliy moyillik va allepgenlap bilan aloqa natijasida yuzaga keladi.
Allepgik peaktsiyalap pivojlanishiga oziq-ovqat mahsulotlari (odatda, sigir suti, asal, shirinliklap, boshoqlilar, shokolad, baliq, sitrus va qizil rangdagi ho'l mevalar) bilan birgalikda tashqi ta'sirlar (chang, kimyoviy moddalar) sabab bo'lishi mumkin.
Diatez terida, ko'pincha yuz va bo'yin sohalarida qizarishlar hamda toshmalar ko'rinishida kuzatiladi. Toshmalar qattiq qichishadi va bolakay bezovtalanadi.
Bundan tashqari, diatez bolalarda quyidagi belgilar bilan ham namoyon bo'lishi mumkin:
- terida yallig'lanish;
- bosh sohasida qazg'oq hosil bo'lishi;
- ishtaha pasayishi, tez-tez kekirish, ko'ngil aynishi, ich kelishining buzilishi, qorin sohasida og'riqlar;
- burun, tomoq, ko'zlarning yallig'lanishi;
- uyqu buzilishi va bezovtalanish.
Shu bilan birga, homiladorlikning notinch kechishi, bu davrda o'tkazilgan infektsion kasalliklar, taqiqlangan dori vositalarini qabul qilish, tamaki mahsulotlarini chekish, spirtli ichimliklar iste'mol qilish tufayli bolalarda diatez rivojlanishining ehtimoli ortib boradi.
Diatezning bir necha turi bo'lib, ular kasallik belgilari bilan farqlanadi. Shu sababli davolash usulini aniqlash uchun jajji bemorlarni maxsus diagnostik tekshiruvlapdan o'tkazish talab etiladi.
Agar bolalarda diatez belgilari bo'lsa, shifokor ko'rigiga borishni kechiktirmaslik zarur. Markazimiz mutaxassislari ana shunday o'g'il-qizlarni to'liq tekshiruvlardan o'tkazish barobarida, asoratlar yuzaga kelishining oldini olishga yordam beradi.
Oldini olish
Diatezning oldini olish uchun ona homiladorlik davrida sog‘lom turmush tarzini olib borishi va allergenlar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmasligi kerak.
Parhez
Nerv-artritik diatez bilan og‘rigan bolalar ratsionida go‘sht, baliq va tuxum kabi tarkibida oqsil bo‘lgan mahsulotlarni cheklash tavsiya etiladi. Bu zo‘riqish xavfini kamaytirishga va bolaning umumiy ahvolini yaxshilashga yordam beradi.
Xavf
Diatez oqibatlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- ekzema;
- dermatit;
- psoriaz;
- neyrodermit.
Diatezni davolash
Bolada diatezni davolash uchun quyidagilar zarur:
- Diyetoterapiya: maxsus parhezga rioya qilish.
- Kunning oqilona rejimi: uyqu va uyg‘oqlikni to‘g‘ri taqsimlash.
- Terini parvarishlash: mos vositalarni qo‘llash.
- Fizioterapiya: fizioterapevtik muolajalardan foydalanish.
Medikamentoz davo antigistamin vositalar, sedativ preparatlar, V guruh vitaminlari va probiotiklarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Mahalliy terapiya: moychechak, eman po‘stlog‘idan tayyorlangan pardoz-andoz vositalari va qaynatmalardan foydalanish. Chiniqtirish ham foydalidir.
Batafsil davolash rejasi uchun pediatr, dermatolog va allergolog bilan maslahatlashing.