
Zanjabilning foydali jihatlari (Imbir)
Zanjabil
Zanjabil — o‘tkir va ozgina qizdiradigan mahsulot bo‘lib, u qovurilgan taomlarda sharqona ta’mni ochib beradi. Sharqda mashhur bo‘lgan ziravorlar o‘zining noyob ta’mi va shifobaxsh xususiyatlari tufayli dunyoni zabt etdi — zanjabilning ta’mi va hidi nafaqat taomlarni, balki shamollash va tushkun kayfiyat bilan kurashishga yordam beradigan xushbo‘y choyni ham eslatadi.
Yangi va maydalangan zanjabil vitamin, mikroelement, efir moylari manbai bo‘lib, organizmga yallig‘lanishga qarshi va mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Askorbin kislotasi, A va B guruhi vitaminlari, rux, kalsiy, yod, tabiiy antibiotik va antimikotiklar tufayli zanjabil kuchli antioksidant bo‘lib, bir vaqtning o‘zida immunitetni mustahkamlaydi.
Bu sehrli ziravorlar shish, og‘riq (shu jumladan kuchli mashg‘ulotlardan keyin mushak og‘rig‘i) bilan kurashadi, xolesterin va qon shakar darajasini me’yorlashtiradi, to‘qimalarni yangilash jarayonlarini tezlashtiradi, erkin radikallarga qarshi turadi, toksinlarni chiqarib tashlaydi, metabolizmni tezlashtiradi va ishtahani kamaytiradi.
Taom tayyorlashda odatda quritilgan zanjabil kukuni yoki bo‘laklarga bo‘lingan yoki maydalangan yangi ildiz ishlatiladi. U muzlatkichda qopqoqli shisha yoki sopol idishda saqlanadi va kerak bo‘lganda foydalaniladi.
Zanjabil sharbatini qanday tayyorlash kerak?
Buning uchun kerak bo‘ladi:
- zanjabil ildizlari — 0,5 kg;
- sabzavotni tozalash uchun pichoq;
- blender yoki maydalagich;
- 1,5 stakan ichimlik suvi;
- suzish uchun bir parcha doka.
Zanjabil tozalanadi, bo‘laklarga bo‘lindi va blenderga joylashtiriladi. Suvni quyib, massa qalinlashguncha aralashtiriladi. Shu bilan bir qatorda, zanjabilni mayda qirg‘ichdan o‘tkazish mumkin, Olingan massaning sharbati stakanga siqib olinadi. Zanjabil qanchalik yangi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p sharbat chiqaradi.
Tetiklantiruvchi kokteyl. Bir stakanga bir qoshiq shakar yoki asal solinadi, ta’bga ko‘ra zanjabil sharbati va ozgina limon, bir necha muz bo‘laklari va yangi yalpiz barglari qo‘shiladi — zanjabil moxitosi tayyor.
Tinchlantiruvchi choy. Bir osh qoshiq zanjabil sharbati va bir choy qoshiq asal moychechak yoki qora choyga qo‘shiladi. Aytgancha, ovqatdan yarim soat oldin zanjabilli choy ichish tavsiya etiladi, shunda vazn kamaytirishni xohlaganlar kamroq taom iste’mol qiladi.
Kefir — bir choy qoshiq zanjabil sharbati, bir chimdim dolchin va qizil qalampirni kefirga qo‘shib, tunda ichish mumkin.
Sevimli retseptlar qatorida zanjabil sharbatini kamaytirmaslik kerak. Bu eliksir, ayniqsa, go‘shtli taomlar uchun yaxshi, chunki uning tarkibida oqsil tuzilishini o‘zgartiruvchi fermentlar mavjud.
Og‘riqni kamaytiradi
Olimlarning fikricha, 11 kun davomida 2 grammdan zanjabilni qabul qilgan insonlar mushaklardagi og‘riqni sezilarli darajada kamayganini ma’lum qildi. Mahsulotning boy tarkibi tufayli tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ham foydalanish mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri
Shuningdek, zanjabil ovqat hazm qilishni yaxshilashga va ichak yallig‘lanishini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, u ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi, chunki u tabiiy antibiotik hisoblanadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 11 kun davomida 2 gramm zanjabil bilan og‘riqli mushakni uqalagan va iste’mol qilgan odamlarning mushaklaridagi og‘riqlar sezilarli darajada kamaygani haqida xabar bergan. Boy tarkibi tufayli zanjabil tabiiy og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatilishi mumkin.
Qonda qand miqdorining pasaytiradi
2015 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan 41 ishtirokchi kuniga 2 gramm zanjabil iste’mol qilgandan so‘ng qondagi qand miqdori 12 foizga pasaygan. Zanjabilning diabetni nazorat qilishda samaradorligini isbotlash uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etilsa-da, dastlabki natijalar qondagi qand miqdoriga foydali ta’sir ko‘rsatadi va fan keyingi tadqiqotlar zanjabil qandli diabetga qarshi kurashda qanday yordam berishini aniqlaydi.
Ozdiradi
Dunyo bo‘ylab ko‘p odamlar vazn yo‘qotishga harakat qilmoqdalar va qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Zanjabilni iste’mol qilish vazn yo‘qotishga yordam beradi, chunki u metabolizmni rag‘batlantiradi — bu, ayniqsa, odam iste’mol qiladigan ovqat miqdorini kamaytirganda juda muhimdir.
Bundan tashqari, zanjabil o‘ziga xos ta’mga ega va ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mahsulot ishtahani kuchaytiradi.
Zanjabil boshqa mahsulotlar singari ayrim qarshi ko‘rsatmalarga ega. Masalan, gastrit, oshqozon yarasi, oshqozon-ichak trakti, jigar va yurak-qon tomir kabi tizimli kasalliklaridan aziyat chekadiganlar tomonidan iste’mol qilinmasligi kerak. Bundan tashqari, homiladorlikning so‘nggi va laktatsiya davrida zanjabildan foydalanish tavsiya etilmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan xavf guruhlaridan birida bo‘lsangiz, zanjabilni iste’mol qilish haqida shifokor maslahatiga tayaning.
Zanjabilning zararlari
Shuni yodda tutish kerakki, har qanday mahsulot singari zanjabil ham qarshi ko‘rsatmalarga ega. Shuning uchun uni gastrit, oshqozon yarasi, oshqozon-ichak trakti, jigar, yurak qon-tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar iste’mol qilmasligi kerak. Bundan tashqari, zanjabilni homiladorlik va emizikli davrda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan bir necha kasalliklardan biri bo‘lsa ham, zanjabil iste’mol qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.