Sovuq holatda va birgalikda  iste'mol qilish tavsiya etilmaydigan maxsulotlar.

Sovuq holatda va birgalikda iste'mol qilish tavsiya etilmaydigan maxsulotlar.

Bo'lim: Salomatlik

Bular.....

Ba’zida ma’lum bir oziq-ovqat kombinatsiyasi zararli bo‘lishi mumkinligini aniqlash oson. Ammo foydali bo‘lgan mahsulotlardan taom tayyorlash kera bo‘lsa-chi? Sifatlarini yo‘qotadigan va aralashish vaqtida organizmga zarar yetkazadigan tarkibiy qismlar mavjud. 

Sovigan taom o‘z ta’mini, xushbo‘yligini yo‘qotadi va ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazishi mumkin. Oziq-ovqatni belgilangan haroratda yeyish ham uning tarkibi va kaloriyasi kabi muhimdir.

yog'da qovurilgan ovqatlar


O‘simlik yog‘ida qovurilgan baliq, sabzavotlar xona haroratida bo‘lishi kerak. Sovigan yog‘ organizmda parchalanmaydi, natijada qorin bo‘shlig‘ida og‘irlik va noqulaylik hissi yuzaga keladi.

Sovuq holdagi tovuq va baliq go‘shti hazm bo‘lmaydi, lekin darhol ichakka kiradi. Oqsil hazm bo‘lmagani uchun qorin bo‘shlig‘i shishadi, og‘irlik paydo bo‘ladi. Bunday ovqatni doimiy iste’mol qilish disbakteriozning og‘ir shaklini keltirib chiqaradi.

Issiq va sovuq ovqatlar aralashmasi


Albatta, hamma ovqatlarniyam isitish shartmas, masalan, sabzavotlar, sharbatlar yoki mevalar. Ammo sovuq va issiq yegulik kombinatsiyasi to‘qlik hissini susaytiradi, kerak bo‘lgandan ko‘proq ovqatlanganingizni bilmay qolasiz. Haroratning keskin o‘zgarishi tish emaliga ham yomon ta’sir qiladi. Sovitkichdagi mahsulot optimal haroratda isiguncha kutgan ma’qul.

Shifokorlar ovqatni yeyishdan oldin isitishni, sovuq ichimliklar, sabzavot va mevalarni esa gazak sifatida nonushta, tushlik va kechki ovqat oralig‘ida iste’mol qilishni maslahat berishadi.

yog'li qizil go'sht


Qo‘y go‘shtini hazm qilish uchun, hatto issiq holda bo‘lsa ham, 3-4 soat kerak. Sovigan go‘sht esa umuman hazm bo‘lmaydi. Sovib qolgan steyk darhol kletchatkalarni qayta ishlashni sekinlashtiradigan va ovqat hazm qilish sistemasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bakteriyalar bilan birga ingichka ichakka kiradi. Natijada hazm bo‘lmagan ovqat organizmning o‘zida ayniy boshlaydi.

sho'rva


Sho‘rvalar go‘shtli bulon asosida tayyorlanadi. Yog‘siz sho‘rva bo‘lsa ham, baribir unda qovurilgan sabzavotlar bo‘ladi. Sovuq borsh yoki tovuq sho‘rvali lapsha hazm bo‘lishi qiyin ovqatlar sirasiga kiradi. Sovuq ovqat iste’mol qilganda yog‘ to‘qimalari birikib, xolesterin to‘planadi.

Mavsumiy bo‘lmagan mahsulotlar

Mavsumiy meva va sabzavotlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Qishda ularni muzlatilganlari bilan almashtirish mumkin. Misol uchun, sovuq mavsumda yangi uzilgan qorag‘atlarni topish qiyin, ammo muzlatilganlari foydali xususiyatlarini va ta’mini saqlab qoladi. Yoki karamning barcha turlari: oq va qizil karam, brokkoli, gulkaram va Bryussel karamlari muzlatilgan holatda ham foydali xususiyatlarini mukammal darajada saqlaydi.

Birgalikda iste'mol qilish mumkin bo'lmagan mahsulotlar

suv va ovqat

Suv kuch manbai va kundalik ratsionning ajralmas qismidir, lekin uni ovqatdan tashqari istalgan vaqtda ichish mumkinligini unutmaslik lozim. Gap shundaki, suv oshqozon kislotasini suyultiradi, ularsiz ovqat hazm qilish jarayoni amalga oshmaydi. Shu sababli ozuqa moddalarining parchalanishi sekinlashadi va uzoqroq davom etadi, bundan tashqari, qorinni shishiradi. Agar ko‘p miqdorda suv ichilsa, unda oshqozonning kislotaliligi o‘zgaradi. Sog‘lom oshqozon-ichak tizimida barcha oziq-ovqat parchalanadi va ozuqa moddalari so‘riladi. Mutaxassislar ovqatdan yarim soat oldin suv ichishni maslahat beradi, bu hazm jarayoniga xalaqit bermaydi, qolaversa, ortiqcha ovqatlanishdan qochishga yordam beradi.

Asosiy taomdan keyin mevalar

Ovqat hazm qilish tizimidagi eng yomon xatolardan biri bu taomni meva bilan yakunlashdir, ayniqsa shaftoli yoki banan bilan. Gap shundaki, mevalar oddiy shakarni o‘z ichiga oladi va oqsil, yog‘ va kraxmallarga qaraganda tezroq so‘riladi. Shuning uchun fruktoza oshqozonga joylashishi va bir zumda hazm bo‘lishi mumkin emas, bu organizmda noqulaylik tug‘diradi.

Banan va sut

Ko‘pchilik bolaligidanoq bananli kokteylni ichishni yaxshi ko‘radi, ammo, afsuski, bu organizmga umuman foyda keltirmaydi. Bu kombinatsiya eng ko‘p zaharli moddalardan biridir, shuning uchun u noqulaylik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi, miya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo bananni sut bilan birlashtirish xavfi ma’lum bo‘lsa, aralashmaga yashil kardamon, dolchin kukuni yoki muskat yong‘og‘i qo‘shilsa, noxush oqibatlar xavfini kamaytirish va ovqat hazm qilishni me’yorlashtirishga yordam beradi.

Tuxum va qovurilgan go'sht

Ko‘pchilik sevadigan nonushtani ovqat hazm qilish tizimi uchun yaxshi kombinatsiya deb atab bo‘lmaydi. Har qanday qovurilgan go‘sht va tuxum yuqori oqsilli tarkibga ega bo‘lgan kombinatsiyadir, shuning uchun organizmga bunday og‘ir taomni hazm qilish uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Shunchaki mahsulotlardan birini sabzavot yoki yengil mahsulot bilan almashtirish tavsiya etiladi. Yoki birinchi navbatda, tuxum, bir muncha vaqt o‘tgach go‘sht iste’mol qilish mumkin.

Mevali yogurt

Ko‘pincha to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qilayotganlar gazakni yanada to‘yimli qilish uchun yogurtga meva qo‘shadi. Ammo sog‘lom kombinatsiya kabi ko‘rinadigan mazali ichimlik aslida butunlay boshqacha bo‘lib chiqadi. Oqsilga boy yogurt fruktoza bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda, organizmga zararli ta’sir ko‘rsatadi: u ichakdagi sog‘lom bakteriyalarni yo‘q qiladi, toksinlarning ko‘p ishlab chiqarilishiga va hatto allergiyaga olib keladi. Shuning uchun uni ba’zida faqat asal, dolchin yoki mayiz bilan birlashtirish to‘g‘riroqdir.

Sharbat va donli mahsulot

Kun bo‘yi energiya beradigan mazkur aralashmani tayyorlashdan ko‘ra osonroq narsa yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, bu kombinatsiya foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi va noqulaylik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Sharbatning kislotaliligi uglevodlarni parchalaydigan ferment faolligini pasaytiradi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi.

O'xshash maqolalar