Qulpinayning foydalari

Qulpinayning foydalari

Bo'lim: Salomatlik

Qulupnayni barra vaqtida isteʼmol qilish kerak, sababi issiqlik bilan ishlov berilganda yoki sovutgichda saqlanganda tarkibidagi mineral va vitaminlar sifati oʻzgaradi. Past glikemik indeksga ega boʻlganligi uchun xattoki diabetiklar ham isteʼmol qilishi mumkin. 

Qulupnay oʻzida koʻp miqdorda vitamin “C” saqlaydi, bu esa immunitetni koʻtaradi, teri, tirnoq va sochlar salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari oʻzida koʻplab kuchli antioksidantlar saqlaganligi sababli organizmdagi erkin radikallarni neytrallaydi. 

Tarkibidagi ellagova kislotasi, flavanoidlar va antotsianlar (qizil rangni aynan antotsian moddasi beradi) mikrob va viruslarga qarshi xalokatli taʼsir koʻrsatadi va yalligʻlanishni bartaraf qiladi.
100 grammi — 41 kkal
 

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar