
KETO-diyeta nima o`zi?
KETO-diyeta nima o'zi?
Keto-diyeta — kam uglevodli diyeta bo'lib, ratsionni asosini oqsil va yog'lar tashkil qiladi. Ya'ni ratsiondagi oqsil, yog' va uglevodlarni 100% deb olsak, shundan uglevodlar 5% ni, oqsillar 25-30% ni, yog'lar 65-70% ni tashkil qiladi.
Bu diyeta turi oxirgi vaqtlarda juda mashxur bo'lgani uchun eshitmagan odam bo'lmasa kerak.
Lekin bu diyeta turi kashf qilinganiga 100 yildan oshdi. Uni Rassel Uaylder bolalardagi epilepsiyani davolash uchun ishlab chiqqan. Lekin ko'p o'tmay epilepsiyaga qarshi dorilar ishlab chiqiladi va keyinchalik klinikalarda qo'llanilmay qo'yiladi.
Hozirda modaga kirgan bu diyeta haqida turli qarashlar, fikrlar, bahslar mavjud.
Lekin o'zim doktor sifatida fikr va "otziv"larga emas balki tasdiqlangan ma'lumotlarga suyanishni afzal bilaman.
Shuning uchun eng to'g'ri yo'l — tasdiqlangan tibbiyot, o'tkazilgan keng ko'lamli (masshtabli) va klinik tadqiqotlar bu diyeta turi bo'yicha qanday xulosalarga kelganini ko'rib chiqsak. Shunda holis yondashgan bo'lamiz.
KETO-diyeta qanday ozdiradi?
Keto-diyeta organizmda ketoz jarayonini hosil qilgani uchun yoki uglevodlarni kam iste'mol qilgani uchun yoki metabolizmga "boshqacha" ta'sir qilgani uchun ozdiradi deb o'ylasangiz adashasiz!
Qiziq tomoni ham shunda. Agar sizga uglevodlarni kam yeganingiz uchun ozyapsiz desa bu asossiz gap bo'ladi.
Keto-diyetada uglevodlar kamligi uchun emas, balki taom asosini oqsillar tashkil qilgani uchun. Ya'ni oqsillar bizda uzoq vaqt to'qlik hissini beradi va odatdagidan kam yeymiz, bu esa organizmda kaloriya tanqisligi hosil bo'lishiga olib keladi. (Oqsillarni kunlik ratsionda 30% gacha ko'paytirish kunda 441 kkal energiya qabul qilishdan saqlaydi.
Bilamiz-ki kaloriya tanqisligi ozishga olib keladi.
KETO-diyetani ozishda boshqa diyetalardan afzalligi bormi?
O'tkazilgan ko'plab tadqiqotlar va tajribalardan ma'lum bo'lishicha, ozdiruvchi diyetalar ichida keto-diyeta boshqa diyetalardan hech qanday afzalligi yo'q.
Ozish intensivligi diyeta turiga emas, balki kaloriya tanqisligiga bog'liq.
Eng qizig'i, (keto-diyeta kam uglevodli) bir xil kaloriyali diyetalarni qay birida uglevodlar miqdori ko'p bo'lsa energiya sarfi sutkasiga 26 kkal.ga va yog'larni erishi sutkasiga 16 gr.ga ko'proq bo'lgan.
E'tibor bering, qaytaraman: ko'p uglevodli diyetada siz sutkasiga 26 kkal ko'proq energiya sarflaysiz va 16 gr ko'proq yog' ketkazasiz. To'g'ri, bu sezilarli darajadagi sonlar emas, lekin, harholda uglevodli diyetani ustunligini ko'rsatib beradi.
KETO-diyeta kimlarga mumkin emas?
— homilador va emizikli
— ruhiy kasal, tobelik, alkogolizm, narkomanizm
— buyrak va jigar yetishmovcholigi
— qandli diabet 1-tip
— nostabil stenokardiya, miokard infarkti, porfiriya
— qandli diabet 2-tipida betta-hujayralarni butkul ishdan chiqishi
— Na/Glu2 transpartyori ingibitorini qo'llash vaqtida
— buyrakning o'rta/og'ir surunkali kasalliklarida
— nafas olishni buzilishlarida
— insult
— yurak aritmiyasi
— infeksion kasalliklar vaqtida
— 60 yoshdan yuqoridagilarga
KETO-diyetani nojo'ya ta'sirlari
Qisqa vaqtli:
— suvsizlanish
— gipoglikemiya (qonda glyukozani kamayib ketishi)
— qisqa vaqtli letargiya (chuqur uyqu)
— hazm qilish tizimidagi muammolar: ko'ngil aynish, qayt qilish, ich ketishi yoki qabziyat
— giperurikemiya (qonda siydik kislotasini ortib ketishi)
— gipokalsiyemiya (kalsiyni qonda kamayishi) va suyaklardagi muammolar
— lipidlar (yog'lar) almashinuvini buzilishi
— siydik-tosh kasalligi
— o't-tosh kasalligi
— sochlar to'kilshi kabilar yuzaga keladi.
Uzoq vaqtli:
------------------------------------------------------
Keto-diyetani 12 haftadan ortiq qo'llash mumkin emasligini ham unutmaslik kerak.