
Novvot oq qand va shakarning xususiyatlari
Novvot
Novvot — shakar qiyomidan tayyorlanadigan yaltiroq, qattiq, rangsiz yoki sargʻish tusli shirinlik. Yirik qand kristallaridan iborat. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarkibida 99,75% saharoza (shakar moddasi) mavjud. Namligi 1% dan oshmaydi.
Novvot tayyorlash texnologiyasi: qozonga 2 ulush shakar vah 1 ulush suv (Mas, 10 kg shakarga 5 l suv) solib, miltillatib qaynatish yoʻli bilan sharbat hosil qilinadi. Sharbatni yaxshilab aralashtirib, koʻpik hosil boʻlguncha qaynatiladi, koʻpikni olib tashlab, qaynatish toʻxtatiladi. Sharbatga tuxum (80— 100 kg shakarga 1 l suvga chaqilgan 1 dona tuxum) qoʻshiladi. Sharbatni yana qaynatib, koʻpigi olib turiladi. Soʻngra maxsus qozonga 3—4 qator oq ip pa-rallel tortiladi. Iplarning uchini birlashtirib, yelim bilan yopishtirib qoʻyiladi. Boshqa qozonda qaynab turgan sharbat ip tortilgan qozonga quyiladi, 1 soatcha turgandan keyin sharbat sirtida parda hosil boʻladi. Qozonni maxsus qopqoq bilan yopib, uch sut-ka shu holicha qoldiriladi. Bu davrda iplar atrofida kristallar hosil boʻlib, oʻsa boshlaydi. Uch sutkadan keyin qopqoqni ochib, qozonda qolgan sharbat boshqa idishga quyib olinadi. Undan qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi. Qozon tagiga yopishib qolgan novvot ham isteʼmol qilinadi. Kristallar yopishgan iplarni qozondan olib, stolda quritiladi. Novvot shu ipi bilan sotishga chiqariladi. Bu novvot duri deyiladi (65% cha dur chiqadi). Novvotni kundalik shirinlik sifatida isteʼmol qilish mumkin.
Oʻrta Osiyo va Eron shirinligi, mahalliy anʼanaviy qandli qand navi. Navot ― shakar siropi va uzum sharbatidan tayyorlanadigan yirik kristallar shaklidagi kristalli shakar. Navat turli xil ranglarda boʻlishi mumkin: oqdan jigarranggacha
Anʼanaviy texnologiya boʻyicha ishlab chiqarilgan novot ayniqsa Oʻrta Osiyo respublikalarida keng tarqalgan boʻlib, uni mahalliy bozorlarda osongina topish mumkin. Novot odatda choy bilan dasturxonga xizmat qilinadi va oddiy shakar hamda shirin tamaddi funktsiyalarini birlashtiradi.
Novotni diabet bilan ogʻrigan odamlar, shuningdek, tish kasalliklari, xususan, karies bilan ogʻrigan odamlar juda ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qilishlari kerak. Koʻp miqdorda, bu shakar, boshqa har qanday shakar kabi, metabolizmga salbiy taʼsir koʻrsatishi va ortiqcha vaznga olib kelishi mumkin.
Shakar ko'p istemol qilish zararlimi?
Shakarni ishlab chiqarish dastlab Hindistonda boshlangan. Keyinchalik Arabiston orqali Rim imperiyasiga olib kelingan, XI asrda shakarni Rusiyaga keltirishgan. Bizning ajdodlarimiz shakarqamish shakarini ilk bor tatib ko‘rishganiga 150 yildan oshdi. Eng avvalo shakar shakarqamish sharbatidan olingan, keyinchalik esa uni qand lavlagidan tayyorlaydigan bo‘lishdi. Hazirgi kunga kelib jahonda shakarning 40 foizi qand lavlagidan va 60 foizi shakarqamishdan olinmoqda.
Xo‘sh, shakarning organizmga qanday foydalari bor? Bu mahsulot energiya manbai, u organizmda glyukozaga aylanib energiya uchun sarflanadi. Jismoniy zo‘riqishlarda, ayniqsa kunning issiq yoki sovuq kunlarida dalada og‘ir mehnat qilish, sport bilan shug‘ullanishda shakar iste’mol qilinsa energiyaga bo‘lgan ehtiyoj tezda bartaraf etiladi. Aqliy mehnat bilan mashg‘ul kishilarda ham bosh miyaning uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoji ortadi va bunday vaqtda shakar iste’mol qilish orqali uni qondirish mumkin. Shakar kayfiyatni ko‘taruvchi gormon (serotonin) ishlab chiqilishini rag‘batlantiradi va bosh miya hujayralarning oziqlanishini ta’minlaydi. Shakarning foydasi bilan birgalikda organizmga zarari ham anchagina. Shu haqda to‘xtalamiz.
Yog‘ to‘planishiga olib keladi
Doimiy ravishda me’yordan ortiq shakar qabul qilish organizmda glikogen zahirasini oshiradi, u yog‘ to‘qimasiga aylanadi, qorinda va oyoqlarda to‘plana boshlaydi, shundan so‘ng semirishga (ayniqsa bolalarda) olib keladi.
Soxta ochlik hissini uyg‘otadi
Shakar iste’mol qilinganda qonga tez so‘rilib, glyukoza miqdorini birdan oshiradi, bunga javoban oshqozon osti bezi qo‘shimcha ravishda insulin ishlab chiqara boshlaydi va glyukoza miqdorini tezda tushiradi, bu o‘z navbatida bosh miyada ishtahani ochuvchi hujayralarni qo‘zg‘atadi. Oqibatda ishtaha oshadi va soxta ochlik hissi paydo qiladi, kishi ko‘p miqdorda ovqat yeyishi va shirinliklar iste’mol qilishi doimiy tus oladi. Oqibatda qonda doimiy insulin miqdorining oshishi surunkali qandli diabet kasalligini yoki yurak miokardi infarktini kelib chiqishiga zamin yaratadi.
Shakar tez qarishga olib keladi
Ko‘p miqdorda va uzoq muddat shakar iste’mol qilish terida ajinlar paydo bo‘lishini tezlashtiradi. Chunki shakar teri qoplamasining kollageniga ta’sir qilib uning elastikligini pasaytiradi. Ikkinchidan, shakar erkin radikallar chaqirishi oqibatida organizmning ichki hujayralari nobud bo‘ladi.
Yurak ishiga ta’sir qiladi
Shakar yurak mushaklariga nojo‘ya ta’sir o‘tkazadi, tiamin miqdorining kamayishi yurak mushaklarida distrofik o‘zgarishlarga hamda tomirdan tashqari suyuqlik to‘planishiga olib keladi.
Immunitetni pasaytiradi
Qonda shakar miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, immunitet shunchalik past bo‘ladi. Nima sababdan qandli diabet kasalligida asoratlar ko‘p bo‘ladi, chunki uning asosida shakar miqdorining oshishi yotadi. Shakar ayrim hollarda venoz qon tomirlar varikoz kengayishini keltirib chiqaradi, ko‘z ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi, o‘t pufagida tosh hosil bo‘lishi va homiladorlarda toksikozga olib keladi, shuningdek endokrin, asab, buyrak, hazm, suyak va bo‘g‘im a’zolariga salbiy ta’sir ko‘rsatib ko‘pgina kasalliklar kelab chiqishini tezlashtiradi.
Bakteriyalar ko‘payishi uchun sharoit yaratadi
Shakardan tayyorlangan suniy shirinliklarni bolalar xush ko‘rishadi va ko‘p iste’mol qilishlari tufayli og‘iz bo‘shlig‘ida bakteriyalar ko‘payadi, natijada bodomcha bezlar tez-tez yallig‘lanadi. Bakteriyalarning ko‘payishi og‘iz bo‘shlig‘ida kislotalik muhitini oshiradi, bu esa tish emalini buzilishiga, ya’ni tish kariyesi rivojlanishiga olib keladi. Shakar ko‘p iste’mol qiladigan bolalarda tishlari kasallanib va to‘kilib ketishi juda ko‘p uchraydigan holat.