
Sirkaning (uksus) sog'liq uchun foydalari
Sog'lom va qandli diabetga chalingan bemorlarda o'tkazilgan tasodifiy nazorat vaqtida klinik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ovqatga ikki choy qoshiq sirka qo'shish, tanovuldan keyin ko'tariladigan qand miqdorini 20% ga kamaytirgan va qondagi qandni tartibga solish jarayonini tezlashtirgan.
Ammo kartoshkali salatlar, guruchli taomlar (yaponlar sushi taomi kabi ) non singari yuqori glikemik indeksli ovqatlarga sirka qo'shilsa ham ta'siri sezilmaydi.
Sirkaning antiglikemik ta'siri 25 yildan ortiq vaqtdan beri ma'lum, ammo olimlar hali ham ta'sir qilish mexanizmini to'liq tushunib ulgurishmagan. Dastlabki tushunchalarda sirka oshqozon faoliyatini sekinlashtiradi deb taxmin qilingan, ammo ovqatlar orasida iste'mol qilingan sirka hazm jarayoniga yaxshi ta'sir qilishi aniqlangan.
Kechasi ikki osh qoshiq olma sirkasi ichgan 2-toifa qandli diabetga chalingan bemorlarda ertalab qondagi qand miqdorini sezilarli darajada yaxshilagan.
Tuzlangan taomlarga sirka qo'shib iste'mol qilish zararli ta'sir ko'rsatmaydi. Biroq, suyultirilmagan sirkani ichmaslik kerak, u qizilo'ngachni kuydirishi mumkin va suyultirilgan sirkani ham oz miqdorda iste'mol qilish lozim.
Sirka tuxumdonlar polikistozi sindromi (TPKS) bilan og'rigan bemorlarga yordam beradi, qon tomirlar faoliyatini yaxshilaydi va yog' birikmalarini kamaytirishga yordam beradi.
Kuniga bir osh qoshiq olma sirkasini iste'mol qilgan, TPKS bilan kasallangan yetti ayoldan to'rttasida tuxumdonlar faoliyati bir necha oy davomida tiklangani aniqlangan. Bir osh qoshiq guruch sirkasi postmenopauzadan keyin ayollarda qon tomirlari faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashi tasdiqlangan.
Olimlar buning sababini aniq bilishmaydi, lekin ular sirka kislotasi tuzi azot oksidi ishlab chiqarishni yaxshilashi mumkin deb taxmin qilishadi. Nazariy jihatdan, bu ta'sir gipertoniya bilan og'rigan odamlar uchun foydali va haqiqatdan ham kuniga bir osh qoshiq sirka iste'mol qilgan odamlarda qon bosimi me'yorida bo'lishi kuzatilgan.
Sirka pedikulyozda (bosh bitlari) foydali degan fikr mavjud bo'lsada aslida unday emas. Ammo vazn yo'qotish uchun samarali. Diyetolog olimlar tomonidan tadqiqot o'tkazildi — unda ortiqcha vaznga ega insonlar har kuni sirka yoki sirka qo'shilgan ichimliklar (bir yoki ikki osh qoshiq olma sirkasi) iste'mol qilishdi. Ushbu insonlar boshqa ishtrokchilarga nisbatan sezilarli darajada ko'proq vazn yo'qotishgan.
Ta'siri oddiy bo'lsa-da, uch oy ichida taxminan ikki kilogramm ko'proq vazn yo'qotishdi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, sirkali ichimlikni iste'mol qilgan ishtirokchilarda vitseral yog'lar sezilarli darajada kamaygan (vitseral yog' — ichki organlar atrofida to'planib, surunkali kasalliklar xavfi keltirib chiqaruvchi yog'lar bilan bog'liq atama).