
Bir kunda qancha suv ichish kerak
Kuniga qancha suv ichish kerak
Odatda bir kunda qancha suv ichish kerakligini koʻpincha umumiy tarzda belgilar edik. Masalan, kattalar uchun 3-3,5 litr. Qarangki, bu oʻlchovni vaznimiz bilan bogʻlab aniqlasak, hammada turlicha miqdor kelib chiqar ekan.
Koʻpchiligimiz salomatligimizni saqlash biz uchun arzimasdek tuyuladigan jihatlarga chambarchas bogʻliq ekanini his qilavermaymiz. Jumladan, oddiy suv ichishda ham bir necha qoidalarga amal qilishimizga toʻgʻri kelar ekan. Avvalo, miqdor masalasi. Kishi kuniga oʻrtacha bir yarim litr suv ichishi kerak. Agar aniq miqdorni bilmoqchi boʻlsangiz, quyidagi formulaga eʼtibor bering: ayollar uchun har bir kilo vazn uchun 31 millilitr, erkaklar uchun 35 mililitr.
Keyin esa vaqt. Suvni kun davomida teng miqdorda ichish lozim. Semirishga moyil boʻlganlar kechqurunda ertalab va tushdagiga nisbatan kamroq suv ichganlari maʼqul. Birinchi stakanni uygʻongandan keyin darhol ichish lozim — suv yordamida tana uygʻonadi, organizmdagi barcha jarayonlar oʻz ishini boshlaydi.
Uchinchidan, organizmga faqat suvning oʻzigina uning kunlik rejasini bajarishga xizmat qiladi. Negaki, aksariyatimiz suyuqlik ichyapmanku, deya Choy, qahva, sharbat va boshqa ichimliklar suv oʻrnini bosolmaydi.
Ko‘p odamlar kuniga yetarli miqdorda suv ichish borasida qiynalishadi. Bu borada kun bo‘yi to‘g‘ri suv ichishni odat qilib olishga va gidratsiya darajasini muvozanatda ushlab turishga yordam beruvchi ayrim maslahatlarni keltiramiz:
— ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng darhol och qoringa bir stakan iliq suv (250 ml) iching;
— ichadigan suvingizni quyidagicha taqsimlab oling: tushlikdan oldin 500 ml, tushdan keyin kechki ovqatgacha 500 ml, ovqatlanayotganda bir stakan;
— har safar chanqaganingizda, hatto, kechasi ham (lekin yotishdan kamida 30 daqiqa oldin) suv iching.
Diyetologlar ovqatdan oldin, ovqat paytida va undan keyin muntazam tozalangan suv ichishni tavsiya qiladi. Suvni ovqatdan 15-30 daqiqa oldin ichish ideal variantdir. Bu yeyilgan ovqatning to‘liq hazm bo‘lishini taʼminlaydi.
Aslida esa har kuni ichish uchun maqbul suv miqdori bo‘yicha umumiy bitta ilmiy xulosaga kelinmagan. Bu markaziy asab tizimi va bir nechta boshqa organlarni o‘z ichiga olgan organizmdagi suvni tartibga solish tizimining murakkabligi, shuningdek, tananing individual xususiyatlari bilan izohlanadi.
Insonning suvga bo‘lgan ehtiyoji turli omillarga bog‘liq, ularning asosiylari:
jismoniy faollik darajasi;
atrof muhitdagi iqlim sharoitlari (harorat, namlik darajasi);
umumiy salomatlik holati;
vazn;
maxsus davrlar (homiladorlik va emizish).
Odamlar organizmi turlicha bo‘lgani sababli, vazn, terlash, natriy yo‘qotish va iqlim sharoitlariga qarab ehtiyojlarini aniqlab olgani foydali.
Diyetologlarning fikriga ko‘ra, o‘rtacha havo harorati va o‘rtacha jismoniy faollik sharoitida kuniga ichish kerak bo‘lgan toza suv miqdorini bir kilogramm vaznga 20-40 ml formulasi bo‘yicha hisoblash mumkin.
Shunday qilib, katta yoshli erkaklar kuniga o‘rtacha 1,75 dan 2 litrgacha, ayollar 1,4 dan 1,6 litrgacha, bolalar (yoshiga qarab) 1 dan 1,6 litrgacha, o‘smirlar esa bir oz ko‘proq suv ichishlari kerak.
Bu oziq-ovqat tarkibidagi suvdan tashqari o‘rtacha hisob bo‘lib, u har bir kishi uchun alohida tanlanishi kerak. Ekstremal sharoitlarda tanada kuniga taxminan 8000 mlgacha suv yo‘qotilishi mumkin va uni kerakli miqdorda suyuqlik va elektrolitlar (natriy, magniy, kaliy, kalsiy) bilan to‘ldirib olish zarur.
Baʼzida tanadagi suvning umumiy miqdori kamayishi yoki ko‘proq suyuqlik yo‘qotilishi natijasida suvsizlanish yuzaga keladi.
Uning umumiy belgilari:
- og‘iz bo‘shlig‘i, til va ko‘zlarning quruqligi;
- chanqash hissi;
- bosh og‘rig‘i;
- charchoq.