
Ko'k choyning foydali xususiyatlari
Ko‘k choyning qanday foydali xususiyatlari bor?
Ushbu tetiklantiruvchi ichimlik bir necha asrlar oldin qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, choy hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan: u tibbiy va kosmetik maqsadlarda ishlatiladi, ba’zi mamlakatlarda taomlarga ham qo‘shiladi va, albatta, o‘zining yoqimli ifori va ta’mi tufayli butun dunyo bo‘ylab odamlarning sevimli ichimligiga aylangan.
Ko‘k choy tarkibidagi yuzdan ortiq foydali elementlari bilan shifokorlar tomonidan davolovchi vosita sifatida atvsiya etiladi. Kun davomida ichilgan 1-2 piyola ko‘k choy yurak faoliyati bilan bog‘liq xastaliklarning oldini oladi
Aql uchun
Ko‘k choy kofeinning ajoyib manbai bo‘lib, u yurak-qon tomir tizimiga yengil ta’sir ko‘rsatadi va natijada taxikardiya yoki oyoq-qo‘llarning titrashiga olib kelmaydi. Shuningdek, u dam olish, baxt va xavotirni kamaytirish uchun mas’ul bo‘lgan L-teanin aminokislotalariga boy. Eng muhimi, u Alsgeymer va Parkinson kasalliklarining oldini oladi.
Organizm uchun
Birinchidan, ko‘k ichimlik metabolizm, yog‘ eritish va energiya ishlab chiqarishni tezlashtiradi. Ikkinchidan, fermentlangan choy tarkibidagi polifenollarning yuqori miqdori yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, qarishni sekinlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi, shuningdek, saraton kasalligining oldini oladi.
Go‘zallik uchun
Kuniga 1-2 stakan ko‘k choy tanadagi suv almashinuvini tezlashtiradi, bu teriga ijobiy ta’sir qiladi: u namlanadi, silliqlashadi va toshmalar yo‘qoladi. Ichimlik tarkibidagi B va E vitaminlari kollagen ishlab chiqarishni tezlashtiradi, ajinlarni kamaytiradi, shuningdek, qarish belgilarini sekinlashtiradi.
Ayollar uchun koʻk choydan yuz maskasi. Juda oddiy va muolajasi oson.
Ko'kchoyning 10 ta foydasi
Ko‘k choyning foydali ekanini hamma biladi. Qizlar parhez qilganda, litrlab ko‘k choy ichadi. Biroq ortiqcha vazndan xalos qilishi bu ajoyib ichimlikning yagona ijobiy xususiyati emas. Ko‘k choy sog‘liqqa juda foydali bo‘lib, undan ayrim kasallikning oldini olish va davolashda foydalaniladi. Ko‘k choyning aynan qanday shifobaxsh xususiyatlari borligini bilishni istasangiz, maqolaning davomini o‘qing.
1.Ko‘k choy umuman sog‘liqqa foydali.
Agar siz choyni yaxshi ko‘rsangiz, lekin asosan oq, ko‘k yoki qandaydir turini ichsangiz, ko‘k choyga e’tibor qarating. Eng yaxshi va foydali ko‘k choy — organik choy. Uni shakar qo‘shmasdan yoki asal qo‘shib ichish mumkin. Asal qo‘shilganda, ta’mi yanada yoqimli bo‘ladi. Ko‘k choy vitamin, mineral va organizmning umumiy holatini yaxshilashga yordam beradigan antioksidantlar ko‘p. Bu ichimlik miya uchun foydali, quvvat bag‘ishlaydi, hatto saratonga qarshi kurashda yordam beradi.
2.Ko‘k choy miya faoliyatini yaxshilaydi.
Ko‘k choy tetiklashtiradi, shuningdek, bizni aqlliroq qiladi. Uning eng asosiy fazilatlaridan biri miya faoliyatini yaxshilashga yordam berishidir. Bunga tarkibida kofein borligi sabab. Miyangiz muntazam ravishda bu ichimlikni ichayotganingiz uchun sizga rahmat aytadi.
3.Ko‘k choy ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.
Ortiqcha vazndan qutulishga mo‘ljallangan ko‘pgina qo‘shimchalarda ko‘k yoki uning hosilalari ekstrakti mavjud. Chunki ko‘k choy yog‘ni eritishga va moddalar almashinuvini yaxshilashga yordam beradi. Ko‘k choyni qanday ichishingizdan qat’i nazar, bir narsaga ishonchingiz komil bo‘lsin — bu ortiqcha vazndan qutulishning eng foydali yo‘llaridan biri.
4.Ko‘k choy antioksidantlarga boy.
Ko‘plab tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘k choydagi antioksidantlar saratonning ko‘p turlariga, jumladan, ko‘krak, prostata va yo‘g‘on ichak saratoniga qarshi kurashishga yordam beradi. Ko‘k choyning eng asosiy afzalliklaridan biri shuki, oksidlanish zarariga — saratonning eng asosiy omillaridan biriga qarshi kurashadi.
5.Ko‘k choy Parkinson chalinish xavfini kamaytiradi.
Ko‘k choy Parkinson singari neyrodegeneratsion kasalliklarning rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Bunga miya neyronlariga yordam beradigan kuchli himoyalash xususiyatiga ega bo‘lgan katexin sababchi.
6.Ko‘k choy tishlar salomatligini yaxshilaydi.
Ko‘k choydagi katexinlar og‘izdagi streptokokk bakteriyalarini o‘ldiradi. Aynan shu bakteriyalar tishlarning chirishiga sabab bo‘ladi. Matta choylarining asosiy fazilati shundaki, grippni qo‘zg‘atadigan viruslarni o‘ldirib, antibakteriyal xususiyatlari bilan infektsiyalarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
7.Ko‘k choy ikkinchi turdagi diabetga qarshi kurashadi.
Bu borada ayniqsa ko‘k yasminli choy foydali. U insulinga nisbatan sezuvchanlikni oshiradi, shuningdek, qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Muz solingan ko‘k choy esa qondagi qand miqdori bilan birga diabetning paydo bo‘lish xavfini ham kamaytiradi.
8.Tazo ko‘k choyining foydasi.
Ko‘k choyning bu turi yurak-tomir kasalliklari, masalan, insultning kelib chiqish xavfini kamaytirishi mumkin. U qondagi antioksidantlar miqdorini oshirib, xolesterinni kamaytirishga yordam beradi. Muntazam ravishda ko‘k choy ichadiganlar yurak kasalliklariga kamroq chalinadi.
9.Ko‘k choy semirishga qarshi.
Ko‘k choy qorin va bel sohasidagi yog‘ qatlamlari yig‘ilishiga qarshi kurashda ayniqsa yordam beradi. Albatta, hamma javobgarlikni ko‘k choyga yuklamaslik zarur, muntazam ravishda ko‘k choy iste’mol qilishdan tashqari, sport va to‘g‘ri ovqatlanishni ham unutmaslik kerak.
10.Yoshartiruvchi ta’siri.
Ko‘k choy qarish belgilari va alomatlarini kechiktiradi, bu ko‘plab tadqiqotlar davomida isbotlangan. Bunga sabab shuki, ko‘k choyda qarish jarayonini boshlaydigan erkin radikallarga qarshi kurashuvchi antioksidantlar ko‘p. Ko‘k choy hujayralarning yosharishiga yordam beradi, natijada teringiz mayinroq va jozibaliroq ko‘rinadi.
Undan tashqari, katexinlar kapillyar qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, saraton hujayralari ko‘payishini oldini oladi, skleroz kasali paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi", — deydi diyetolog.
Shu bilan birga, haddan tashqari ko‘p miqdorda ko‘k choy ichish ham organizmga foyda keltirmasligini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, bosimi past bo‘lgan kishilar, jigari va ichaklarida kasallik bor kishilar ko‘k choyni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak, dedi mutaxassis.