
Ayollar uchun koʻk choydan yuz maskasi. Juda oddiy va muolajasi oson.
Ayollar uchun koʻk choydan yuz maskasi. Juda oddiy va muolajasi oson.
Choyni xoʻrillatib ichib boʻlgandan keyin, tagidagi shamasini tashlab yuborishga shoshilmang.
Dastlab yuzingizni iliq suvda yuving, ya’ni muolaja toza yuzga qilinadi. Keyin toza bint yoki dokani ikki qavat qilingda, ichiga choynak tagidagi choy shamasini soling va yuzingizni har joyiga, dekolte qismlarga ishqalamasdan, (suvi oqadigan darajada) bosib chiqing.
Bint va doka topa olmasangiz toza yupqa latta ishlatsangiz ham boʻladi. Agar paketchalik choy ishlatsangiz, shuni oʻzini yuzga bostirib chiqasiz.
Maskani turish vaqti 30-60 daqiqa. Yuvmasa ham boʻladi aslida. Buyogʻi xohishingiz. Doim, bir umr qilib yurish tavsiya qilinadi. Choy achchiq boʻlib ketgan boʻlsa uni toʻkib yubormasdan yuzni yuvsangiz ham boʻladi.
Ertalab va kechqurun qilsangiz samarasi tez bilinadi. Hech boʻlmasa kunda bir mahal qiling. Yuzni yoshartiradi, namlaydi, yogʻlanishi kamayadi, turli dogʻlarni va husnbuzarlarni ketkazadi.
Bu retsept buvilarimizdan qolgan. Falon soʻmga koʻk choyli krem, losyon va boshqalardan koʻra shu tabiiy, ham bepul usuldan foydalaningю
Ha, erkaklar qilsa ham boʻladi albatta. Faqat shamaga talashmasdan