
Qimizning foydali xususiyatlari
Qimizning foydalari, Qimiz bilan davolash
Qimiz bilan davolash - qimizni davo sifatida iqlim bilan davolash (klimatoterapiya) bilan birga qoʻllash. U sigir sutiga nisbatan yengil hazm boʻlishi va soʻrilishi bilan ajralib turadi. Qimizning tibbiy jihatdan foydali ekanligi oʻrganilgan. Darmonsizlik, kamqonlik, meʼda-ichak, asab tizimi kasalliklari, sil va boshqalarda davo maqsadida qimizdan foydalaniladi. U ishtahani ochadi, meʼda sekretsiyasini kuchaytiradi va ovqatni ichaklarda soʻrilishini yaxshilaydi, yurak muskulini mustahkamlab, uning oziqlanishini ravonlashtiradi.
Oʻzbekistondagi ayrim shifoxona va sanatoriylarida ("Paxtali koʻl", "Chimyon" da) Qimiz bilan davolashd. yoʻlga qoʻyilgan. Qimizni kuniga 6 mahal 100 ml dan (kam quvvat bemorlarga 50 ml dan) beriladi, keyinchalik 250 ml ga yetkaziladi. Uy trasida boʻlgan qimizni nahorda, nonushta va tushlikdan keyin 1,5 soat oʻtgach, hoʻplabhoʻplab ichiladi. Kechki ovqatdan keyin ichish tavsiya etilmaydi. Ichakka infeksiya tushishi va zaharlanishning oldini olish maqsadida qimiz faqat pasterizatsiya qilib tayyorlanadi.
Qimiz haqida
Biya suti – qimizning shifobaxshligi juda qadimdan ma’lum. O’zbekistonning cho’l va tog’ zonalarida Qozog’iston, Qirg’iziston, Orenburg, Boshqirdiston va kavkazda qimiz sevib iste’mol etib kelinadi.
Qimiz shifobaxsh ichimliklar bo’lib, uning tarkibida vitaminlardan A, B, C, sut kislota, qand va karbonat angidrid bor. Qimizda sut kislotasi borligi tufayli tarkibidagi oqsil , yog’ va turli qand moddalari yaxshi hazm bo’ladi, ishtaxani ochadi. Qimiz tomir urishini yaxshilaydi, qon bosimini ko’taradi. Shuningdek, qimiz qon shaklli tanachalarining yangilanishiga, me’da-ichak yo’llari faoliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Kamquvvat va kamqonlik tufayli ozib ketgan kishilarga qimiz juda foydali. Qimizni yurak porogi bor va qon bosimi baland kishilar ichmasligi kerak.
Echki, tuya va ot suti: ular qaysi kasalliklarda tengsiz shifo
Xalqimizda azaldan ma’lum bir xastaliklarda yuqoridagi jonivorlar sutidan foydalanib kelinadi. Ilgari ba’zan birgina tuya sutini topish uchun qaysidir tumanga borishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda talabdan kelib chiqib uni supermarketlarda ham topish mumkin bo‘lib qoldi.
Demak, bu sutlarning har biriga to‘xtalib o‘tamiz:
Echki suti organizmga sigir sutiga qaraganda 5 baravar tezroq so‘riladi. U meteorizmdan aziyat chekadigan va sigir suti allergiya chaqiradigan odamlar uchun ayni muddao. Echki suti tanani radionuklidlardan tozalaydi, allergiyaga davo. Kosmetikada echki suti asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar talaygina.
Echki suti tarkibida V, A, K, Ye va D darmondorilari, shuningdek mineral tuzlar va taurin kabi aminokislotalar mavjud. Ular kuchli antioksidant xususiyatga ega, yurak-qon tomir va immunitet salomatligi uchun juda ham foydali sanaladi.
Tuya suti 100 kasallikka shifo, deyiladi. Bu mahsulot, ayniqsa, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga foydali. Kasallik hali "diabet" deb nomlanmagan paytlarda ham shu kasallik alomatlari bilan og‘rigan odamlar muntazam tuya suti iste’mol qilganlaridan so‘ng salomatliklarida jiddiy yengillik his qilishgan.
Keyinchalik olimlar bu ichimlik tarkibida insulinga o‘xshash oqsilni aniqladilar. Bu oqsil oshqozonga tushib, hazm jarayonida parchalanib ketmasdan qonga so‘riladi va insulin in’yeksiyasining o‘rnini bosadi. Diabet bilan og‘rigan bemorlarga bu juda foydali. Chunki bunda organizmning insulinga bo‘lgan ehtiyoji sanchish amallari va dori vositalarisiz qondiriladi. Qoidaga ko‘ra, 1-toifa diabetga chalingan odamlar har kuni 500 ml tuya suti iste’mol qilish bilan qondagi glyukoza darajasini normallashtirib, qimmat va yoqimsiz insulin in’yeksiyalariga bo‘lgan kunlik ehtiyojni kamaytirishlari mumkin.
Tuya sutida S vitamini miqdori sigir sutiga qaraganda uch baravar yuqori. Tuya suti suyaklarni mustahkamlaydi, kalsiy yetishmovchiligi, suyak kasalliklari va osteoporozda foydali. Tuya suti bir qator jinsiy muammolarni hal qilishi bilan ham qimmatli.
Tuya sutining saraton va leykemiyani davolashdagi shifobaxsh xususiyatlari ilmiy asoslangan. Bag‘doddagi Saraton instituti tadqiqodlarida tuya suti tarkibida tanani saraton kasalligini qo‘zg‘atuvchi birikmalardan tozalaydigan faol modda aniqlangan. Tuyalar juda kuchli immunitetga ega, u nafaqat tashqi yuqumli kasallik tashuvchi va begona moddalardan, balki organizm uchun foydali unsurlarni organizmning o‘zidan ham himoya qilar ekan.
Isroillik olimlar tuya suti asosida ishlab chiqarishgan saratonga qarshi dorining laboratoriya sichqonlarida o‘tkazilgan tajribalari qon saratoni(leykemiya)ni davolashda samaradorlikni ko‘rsatgan.
Ot suti: tarkibi, ozuqa moddalari va darmondorilari
Ot suti tarkibida ozuqa moddalar miqdori juda yuqori. Uni shifobaxsh xususiyati yuqoriligida, ya’ni sog‘ilgandan uch soatdan kechiktirmasdan ichish tavsiya etiladi. Ot suti immunitetni mustahkamlaydi. Tarkibida organizm uchun shifobaxsh qirqqa yaqin biologik faol modda hamda aminokislotalar, fermentlar shuningdek, A, B1, B2, B6, B12 va S darmondorilari mavjud. Erkaklarda mijozni quvvatlantiradigan ushbu mahsulot ratsionga kiritilishi inson salomatligini sezilarli darajada yaxshilab, yoshligini uzaytirishni orzu qilganlarga ayni muddaodir.
O‘ziga xos moviysimon tusga va bir oz taxir ta’mga ega ot sutining tarkibi boshqa sutlar tarkibidan farq qiladi. Uning tarkibida sigir sutiga qaraganda bir yarim baravar kam laktoza va deyarli ikki baravar kam protein bor. Ot sutidan tayyorlangan qimiz parhezbop, shifobaxsh mahsulot. Shuningdek, qimiz virusli gepatit va shamollashning oldini oladi, qon aylanishi va ichki a’zolar faoliyatini yaxshilaydi. Xususan, jigarga foydali ta’sir etadi.
Emizikli onalarga tarkibida spirt mavjudligi sababli qimiz tavsiya etilmaydi.
Echki, tuya, ot sutining shifobaxsh xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar sizni qiziqtirgan bo‘lsa, shifokoringizga uchrashing va uning ko‘rsatmasi bilan iste’mol qiling.