
Bedana tuxumning foydasi va zararlari
Bedana tuxumi tarkibi
U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Vitaminlar: A, B1, B2, B9;
- Interferon va selen;
- Kaliy va temir;
- Kalsiy va natriy;
- Magniy va glitsin;
- Aminokislotalar: lizin, arginin, triptofan.
Bedana tuxumlari kamdan-kam hollarda salmonella bilan zararlanadi, chunki bedanalar yuqori tana harorati tufyali bakteriyalarga chidamliroq hisoblanadi, tuxum qobig’i esa tovuq tuxumidan ko’ra mustahkamroqdir.
Odatda biz bedana tuxumini oddiy qabul qilamiz, sotuvda tovuq tuxumi bo‘lmaganda ularni sotib olamiz. Kamdan kam odam bedana tuxumining qanday foydali ekanligidan xabardor. Vaholanki, ularning inson salomatligi uchun foydasi tovuq tuxuminikiga qaraganda ancha ko‘proq.
Salomatlik va go‘zallik uchun bedana tuxumlari
Bedana tuxumining kasalliklar bilan muvaffaqiyatli kurashadigan bir nechta asosiy yo‘nalishlari mavjud. Albatta, dori-darmonlarni qabul qilmasdan, faqat tuxumni iste’mol qilish to‘g‘ri emas, ammo bu kasallik bilan kurashayotgan organizm uchun katta yordamdir:
- Bedana tuxumini iste’mol qiladigan xoletsistitli bemorlarda og‘izda doimiy achchiq ta’m va o‘ng tarafda og‘riq yo‘qoladi;
- Gipertoniya, qandli diabet, sil, anemiya va bronxial astmani davolashda tuxum kurs shaklida 120 dan 250 donagacha “tayinlanadi”;
- Metabolizmni normallashtirish va qon aylanishini rag‘batlantirish uchun bedana tuxumidan iste’mol qilish tavsiya etiladi: bolalar uchun yoshga qarab — 2-6 dona, kattalar uchun — kuniga 4-6 dona;
- Bedana tuxumi ayniqsa keksa odamlar uchun foydali. Muntazam ravishda bedana tuxumini iste’mol qiladigan keksa odamlarda bo‘g‘imlardagi og‘riqlar ikki oydan keyin yo‘qoladi, eshitish va ko'rish yaxshilanadi;
- Bedana tuxumlari homilador ayollarning ratsionida bo‘lishi kerak — u toksikozni yengillashtiradi va homiladorlik davrini osonlashtiradi;
- Bedana tuxumini iste’mol qilganda gastrit (oshqozon yarasi) va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, shuningdek, pankreatitni davolashda kutilgan natijalar beradi;
- Bolalar va kattalarni klinik oziqlantirishda, birinchi navbatda ekologik noqulay hududlarda bedana tuxumidan foydalanish maqsadga muvofiqdir;
- Kuniga ikkita tuxum iste’mol qiladigan bola yaxshi rivojlanadi va kamdan kam hollarda shamollaydi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi, u raxit va tishlarning noto‘g‘ri o‘sishi kabi holatlar kuzatilmaydi.
Bundan tashqari, bedana tuxumini iste’mol qilganda soch, teri va tirnoqlarning holati sezilarli darajada yaxshilanadi.
Bedana tuxumining foydalari
Qovurish va qaynatish vaqtida foydali moddalarning bir qismi parchalanib ketadi, shu sababli eng yuqori foyda xom tuxumlarga tegishli deya hisoblanadi.
Uning tarkibida bir guruh antioksidantlar mavjud bo’lib, u hujayralarni og’ir metall tuzlaridan himoya qiladi. Ular shish paydo bo’lishi xavfini ham kamaytiradi.
Homiladorlar uchun
Homilador ayol injiqlik, hafachanlik va kutilmaganliklar bilan ajralib turadi. Bunday xatti-harakatlar vaziyatni suiiste’mol qilish emas, balki B guruhi vitaminlarining yetishmasligi natijasi hisoblanadi. Bedana tuxumi B vitaminiga boy bo’lib, muntazam ravishda iste’mol qilinganda ayolning hissiy holatini me’yorlashtiradi.
Foliy kislotasi embrionning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, rivojlanayotgan organizmda a’zolarning to’g’ri joylashishiga yordam beradi. Bu homila tushishi xavfini pasaytiradi va bachadon tonusini bartaraf etadi.
Anemiya homilador ayollarda yana bir keng tarqalgan holatdir. Bedana tuxumi gemoglobin miqdorini oshiradi va bu muammolarni oldini oladi, chunki u temirga boy hisoblanadi.
Bedana tuxumining zararli xususiyatlari
Afsuski, hammaga birday mos keladigan noyob mahsulot yo‘q. Bedana tuxumi haqida ham shunday deyish mumkin. Quyidagi holatlarda bedana tuxumi tavsiya etilmaydi:
- Allergik reaksiyalar (ayniqsa, yosh bolalarda kuzatilsa);
- Jigar bilan bog‘liq muammolarda;
- Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish.
Sotib olayotganda nihoyatda ehtiyot bo‘ling! Har doim qutini ochib ko‘ring! Birinchidan, yopiq qutida siz singan, darz ketgan tuxumni sezmaysiz. Bedana tuxumining qobig‘i tovuqniki kabi mustahkam emas. Ikkinchidan, bedana tuxumi eskirgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qadoqdagi amal qilish muddatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring va qo‘llaringizda tuxumni “o‘lchashga” harakat qiling: yangi tuxum og‘irgina, taxminan kamida 12 gramm, eskirgan tuxumlar esa xasdek yengil bo‘ladi.
Immunitetni oshirishda
Agar hujayralarda erkin radikallar ta’siri ostida qaytarilmas jarayonlar boshlansa, bedananing tuxumi antigenlarni dastlabki bosqichda parchalab yuboradi.
Bolalar uchun
Har bir yapon o’quvchining nonushtasida bedona tuxumi mavjud. Mahsulot bolalar asab tizimini mustahkamlaydi va aqliy qobiliyatini oshiradi.
Ta’sirchanlikni bartaraf qilish
Mahsulotning bolalar uchun foydasi — glitsin mavjudligida. Bola organizmida hayotiy jarayonlar tufayli fenollar hosil bo’ladi. Agar bu moddalar organizmdan chiqarilmasa, ular to’planib, bola injiq bo’lib qoladi. Aminosirka kislotasi — glitsinning uchun boshqa nomlanishi, fenollarni bog’laydi va ularni organizmdan chiqaradi. Glitsin orqa miya nerv oxirlari va bosh miyaning normal ishlashi uchun zarur.
Qon tomirlarini mustahkamlashda
Dietologlar tovuq tuxumida o’rtacha 570 mg xolesterin mavjudligi tufayli uning o’rniga bedana tuxumini afzal bilishadi. Bedana tuxumida ham xolesterin mavjud va u o’rtacha 600 mg`ni tashkil etadi, biroq u lesitin bilan neytrallashtiriligan bo’ladi.
Tovuq tuxumlarida esa lesitin yo’q. Xolesterin letsitin bilan birgalikda bo’lganda yurakka zarar yetkazmaydi, balki qon tomirlarini mustahkamlaydi.
To’qimalarning yangilanishiga yordam berishda
Interferon jarohatlarning bitishi va to’qimalarning tiklanishini tezlashtiradi, shuning uchun ushbu mahsulot oshqozon-ichak traktida yaralari bo’lgan bemorlarda zararlangan to’qimalarni tiklash uchun foydalidir.
Ko’z nurini yaxshilaydi
Vitamin A ko’rish o’tkirligini oshiradi, kaltsiy suyaklarni mustahkamlaydi. Hafta davomida bir nechta tuxum iste’mol qilib turish — immunitet zaifligi va tez-tez shamollashlarga qarshi yordam beradi.
Ayollar uchun
Mahsulot soch va teri uchun zarur bo’lgan A vitaminiga boy. Ular gormonal fonni muvozanatga keltiradi, shu sababli, mioma, mastopatiya va bachadon poliplarini oldini olish uchun vositalar ro’yxatidan joy egallaydi.
Ozish uchun parhezda uni faqat och qoringa iste’mol qilish kerak. Bu holda uning foydali tomoni — past kaloriya saqlagan holda oziq moddalariga boyligi. Bitta bedana tuxumining energetik qiymati o’rtacha 15 kkal`ni tashkil etadi.
Erkaklar uchun
Bedana tuxumlari «erkaklar uchun mahsulot» guruhiga kiradi. Mahsulot normal erektil funktsiya uchun zarur bo’lgan oqsil va aminokislotalarga boy.
Tuxumlar erkaklarning chidamliligini oshiradi. Lesitin xolesteringa qon tomirlarida tiqilib qolishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun erkak jinsiy a’zolarida qon oqimi yaxshilanadi va jinsiy ehtiros tezroq uyg’onadi.
Bu mahsulotning erkaklar uchun foydasini birinchi bo’lib nemis olimlari sezishgan. Germaniyada erkaklar an’anaviy ravishda nonushta qilish uchun 3-4 ta tuxum iste’mol qilishadi. Nemislar impotentsiyadan kamroq aziyat chekadi va keksa yoshgacha jinsiy salomatlikni saqlab qolishadi.
Qanday ko'rinishda iste'mol qilgan yaxshi
Ideal holda, bedana tuxumlari xomligicha och qoringa iste’mol qilinadi, lekin kelib chiqishni shubhali bo’lsa, mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish yaxshiroq.
Bunday tuxumlar 1-2 daqiqa qaynatilganda tayyor bo’ladi, yaxshilab pishishi uchun esa 5 daqiqa. Bundan ortiq vaqt davomida pishirish tavsiya etilmaydi, aks holda foydali moddalar va aminokislotalar o’z xususiyatlarini yo’qotadi.