
Homiladorlik davrida taomlanish qoidalari
Energiya:
Butun homiladorlik davri uchun o'rtacha 85,000 kkal energiya sarflanadi. Аgar buni kunlarga bo'lsak, yaʼni, 85,000 kkal/280 kun=300 kkal sutkalik energiya sarfi kelib chiqadi. Bu degani, kunlik qo'shimcha 300 kkal qabul qilish kerak.
Oqsil:
Homilani yaxshi rivojlanishi uchun oqsil nixoyatda muxim. Extiyoj 1 kg tana vazniga 1,5 g oqsil qabul qilish kerak.
Yog'lar:
Xomiladorlik davrida embrionni (bolani) nerv tizimi normal rivojlanishi uchun, uzun zanjirli yog' kislotalarini isteʼmolini ko'paytirish kerak. Bularga ayniqsa III trimestrda talab ortadi.
Uzun zanjirli yog' kislotalariga boy maxsulotlar: baliq, jigar, tuxum sarig'i, soya moyi.
Uglevodlar:
Glikemik indeksi (GI) past va o'rta bo'lgan maxsulotlar isteʼmol qilish kerak. GI yuqori maxsulotlarni iloji boricha ovqat menyusidan chiqarib tashlash kerak.
Vitaminlar:
Vitaminlarni qondagi konsentraцiyasi homiladorlikning 2–yarmida kamayadi. Sabablari: qon xajmini ortishi, jigar filьtraцiyasini ortishi, vitaminlarga talabni ortishi. Bu normal xolat xisoblanadi. Lekin buni korrekцiya qilish kerak. Аsosiy etishmovchilik А, D, B6 va folaцin (folat kislota) vitaminlarida seziladi. Lekin, vitamin А ni meʼyoridan ortiq qabul qilish homilaga teratogen taʼsir ko'rsatadi. D va V6 vitaminlarini xam ortiqcha isteʼmol qilishga xojat yo'q. Folaцin (V9) ni esa isteʼmoli 2 barobarga oshiriladi. Jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti homilani nerv tizimida nuqsonlar xosil bo'lishini oldini olish uchun kuniga 400 mkg folaцin qabul qilishni tavsiya qiladi.
Minerallar:
Homilani normal rivojlanishi uchun asosan temir, kalsiiy, rux (sink) va yodni etarli miqdorda qabul qilish kerak. Kunlik extiyoj:
Temir - 20 mg
Kalьцiy - 300 mg
Цink - 5 mg
Yod - 0,03 mg
Suyuqlik:
Sutkada 2 litrdan kam emas. Kofe, tarkibida kofein saqlovchi ichimliklar, kola ichimligi, gazli va rangli ichimliklar ichish taʼqiqlanadi! Bu bolada zaxarlanish va gipoksiyaga olib keladi.
Eslatma: homiladorlarda semirishga moyillik ortib ketadi. Shu sababdan TMI = 25 dan oshirmaslikka xarakat qiling!